Psixologiya lotincha "psyuxe"-ruh, "logos"-fan, ta'limot so'zlardanoiingan bo'iib, psixologiya fani inson ruhi haqidagi ta'limotdir. Boshqacha qilib aytganda psixologiya ruhshunoslik,insonshunoslik haqidagi fandir
Download 25.46 Kb.
|
psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Kasblar tasniflari: Muhandislik psixologiyasi - inson va texnik tuzilmalar o‘rtasidagi informatsion aloqa vositalari va jarayonlarini o‘rganuvchi psixologiya tarmog‘idir. Muhandislik psixologiyasi psixologiyaning texnik moslamalar bilan uni boshqaruvchi kishilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishi hamda o‘zaro ta'sirini tekshirish bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi. Muhandislik psixologiyasining ilmiy vazifasi optimal konstruksiyalarni psixofiziologik jihatdan asoslash va mehnat unumdorligini orttiruvchi psixikani loyihalashda mutaxassis injenerlarga bevosita yordam berishdan iboratdir.
Yosh davrlar psixologiyasi - ontogenezda shaxs tug‘ilganligidan to umrining oxirigacha shaxsda kechadigan psixik rivojlanish va shakllanish bosqichlarini o‘rganuvchi psixologiya tarmog‘i. Yosh psixologiyasi psixologiyaning turli yosh - bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik va boshqa bosqichlaridagi psixik rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganuvchi maxsus sohasi. Pedagogik psixologiya - shaxsga ta'lim-tarbiya berishning qonuniyatlari va muammolarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi. Pedagogik psixologiya psixologiyaning yosh avlodga ta'lim va tarbiya berishning psixologik muammolarini o‘rganuvchi maxsus sohasi. Pedagogik psixologiya pedagogikaning ilmiy asoslaridan biri bo‘lib, pedagogika nazariyasi va amaliyotini tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan psixologiyaga oid fakt hamda qonuniyatlarni aniqlaydi. Mehnat psixologiyasi va kasb psixologiyasi predmetlarini farqini alohida ta'kidlash lozim. E.A.Klimov, mehnat psixologiyasiga quyidagicha tavsif beradi: mehnat psixologiyasi fan sifatida bu insonning sub'ekt sifatida faoliyat ko‘rsatishi va shakllanishi sohasidagi vazifalarni yechish usullari, yo‘llari va sharoitlarini o‘rganuvchi psixologiya yo‘nalishidir. komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga Adabiyotlar: 1. Karimov I.A. Yuqori malakali mutaxassislar-taraqqiyot omili. T.1995 2.Asomova R.Z. Kasb tanlash motivasiyasi va uning dinamikasi. 2002. 3. Davletshina M.G., G.B.Shoumarov "Psixologi - pedagogicheskie aspekti proferentasii 4. S.X.Jalilova, F.I.Xaydarov, N.I.Xalilova. “Kasbiy psixologiya” Toshkent- 2010 5. Suxova. A.N Sotsialnaya psixologiya: Uchebnoye posobiye / Pod red.. - M.: YuNITI, 2014 6. S.N.Jo'rayeva., Z.Sh.Yunusxodjayev “Kasbiy psixologiya” Toshkent- 2014.162 Download 25.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling