Psixologiya maktablari
Download 75 Kb.
|
Psixologiya maktablari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Geshtalt psixologiya,
Geshtalt psixologiya yoki boshqachasiga struktura, yaxlit psixologiya. Bu yo`nalishning asosiy vakillari X. Erenfel‘s (1859-1932 y.), V. Keller (1887 y.), K. Kofka (1886-1941 y.)lardir. Bu psixologlar barcha murakkab psixik protsesslar elementlar hodisalardan-sezgilardan tarkib topadi deb hisoblangan assotsiativ psixologiyaning tanqid qilib chikdilar. Geshtald psixologiyaning vakillari bu ta‘limotga qarama-qarshi ularoq, har bir psixik hodisaning mazmuni uning tarkibiga kirgan qism va elementlarning yg`indisiga nisbatan mazmundorroq hamda boyroqdir. Ayrim element va kismlarning yig`indisi butunning mazmunini belgilamaydi, balki, aksincha, butun (yaxlit struktura) kism elementlarning hususiyatlarini belgilab beradi. Bu psixik strukturaning yaxlitligi nazariyasi, avvalo idok faktlari, asosida ishlab chiqilgan edi. Idrok - bu sezgilarning yig`indisi emas, balki yaxlit obrazdir, deb ta‘kidlanardi. Psixik maxsullar va strukturalarning yaxlitligi haqidagi bu ta‘limot keyinchalik xotira, tafakkur va iroda hodisalariga ham tatbiq qilingan edi. Bu alohida-alohida yo`nalish va oqimlar, bir qancha umumiy hususiyatga ega bo`lgan xolda (ayniqsa muhim momentlarda) «Empirik psixologiya» degan umumiy nom ostida birlashdilar. Psixologiyaning predmeti va metodlari bir hilda tushunish bu barcha oqimlarning birlashuviga sababchi bo`di. «Empiriklar» psixologiyani ruh haqidagi fandir, deb emas, «ruhiy hodisalar», yoki «ong hodisalari», yoki bulmasa faqatgina ong hakidagi fandir deb ta‘kidladilar. Bu «ruxsiz» psixologiyadir (N.I.Lange), «hech qanday metafizikasiz psixologiyadir» (A.I. Vvedenskiy). Empirik psixologiyaning tarixiy xizmati shundan iboratki, uning vakillari ilmiy jihatdan o`rnanish predmeti sifatida ruhni inkor qildi. Bu holatni psixologiyaning metafizik va idealiatik qarashlardan holi bo`lish yo`lidagi katta qadam deb hisoblash mumkin. Yuqorida aytilganiday, empirik psixologiyaning asosiy metodi ko`zatish, tajribadir. Lekin tabiat fanlaridan psixologiya sohasiga ko`chirilgan bu metod ichki metod ichki tajriba sifatida boshqacha tus oladi. Empirik psixologiya ob‘ektiv kuzatish metodidan ham, eksperiment metodidan ham foydalangan: psixik hodisalar har xil maxsus asboblar yordami bilan mahsus labaratoriyalarda urganildi; materiallarni tekshirish va yakunlashda matematik statistika (korrelyatsiya) metodlaridan foydalanildi. Empirik psixologiyaning psixologiya fani tarixidagi ikkinichi katta xizmati tajribadan foydalanishdan, psixologik eksperimentlar utkazishning metod va texnikasi ishlab chiqishdan iborat. Psixologiya tomonidan eksperimentning tadbiq qilinishi tufayli inson psixologiyasi sohasida boy materiallar tuplangan. Bu materiallarning ko`pchilik qismi hozirgacha ham ahamiyatini yo`qotmagan (masalan, vundt va Ebbingao`zning eksperimental ishlari) Empirik psixologiya aniqlangan ma‘lumotlar va ishlab chiqqan eksperimental metod va usullar praktikada ham, masalan, meditsina va pedagogika sohalarida foydali bo`lib chiqdi. Avstriyalik mashhur faylasuf, psixolog va psixiatr Zigmund Freyd (toʻliq ismi sharifi Sigizmund Shlomo Freyd) 1856 yilning 6 may kuni oʻsha paytda Avstriya imperiyasi tarkibiga kiruvchi Moraviyaning Frayberg shaharchasida tavallud topgan. Hozir Prishibor deb nomlangan bu shaharcha Chexiya hududida joylashgan. Olim tugʻilgan Shlossergasse koʻchasiga endi uning nomi berilgan. Olimning otasi Yakob Freyd ikkinchi bor uylanganida qirq yoshda, boʻlgʻusi ona – Amaliya Natanson yigirmada edi. Ularning har ikkisi ham Germaniyadan chiqqan yahudiylar oilasidan boʻlib, Yakob Freyd vofurushlik bilan shugʻullanar, oilaning iqtisodiy ahvoli bozordagi narx-navoning koʻtarilishi va pasayishiga qarab oʻzgarib turardi. Shunga koʻra, Zigmund uch yoshga toʻlganida oila tirikchilik vajidan avval Leypsigga, bir yildan soʻng Venaga koʻchib oʻtishga majbur boʻladi. Ota-onaning oʻqish-yozishga layoqatli bu oʻgʻildan umidlari katta edi. Shuning uchun ham uning taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor berishdi. Natijada, Zigmund 9 yoshidayoq gimnaziyaga oʻqishga kiradi. Bu paytda oiladagi farzandlar 8 nafar boʻlib (ularning ikki nafari avvalgi nikohdan edi), Zigmundning oʻqishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilgandi. U, ayniqsa, adabiyot va falsafaga boshqacha qiziqish bilan qarar, Shekspir, Kant, Gegel, Shopengauer, Nitsshe asarlari mutolaasi bilan “ilm tishi” chiqqandi. Oʻspirin Freyd nemis tilini mukammal bilishi barobarida grek va lotinchani ham oʻrgangan, fransuz, ingliz, ispan, italyan tillarida esa bemalol gaplasha olgan. Shu bois u 17 yoshida gimnaziyani muvaffaqiyatli bitiradi va 1873 yilda Vena universitetining tibbiyot fakultetiga oʻqishga kiradi… Freydning tarjimai holi, ilmiy izlanishlari, hamkasblari bilan munosabatlariga oid qiziqarli maʼlumot va tafsilotlar shu qadar koʻpki, ularning hammasiga batafsil toʻxtalib oʻtishning imkoni yoʻq. Shuning uchun ham biz eʼtiborni olim ilmiy-falsafiy merosining ayrim muhim jihatlariga qaratishni maʼqul topdik. Freyd oʻzining 83 yillik umri davomida 24 jildga jo boʻlgan ilmiy asarlar yaratdi, u tibbiyot fanlari doktori, professor boʻlish bilan birga, dunyoning bir qancha nufuzli ilmiy jamiyatlari, akademiyalari, assotsiatsiyalarining faxriy aʼzosi etib saylangandi. Zigmund Freyd jahon fanida psixoanaliz yoʻnalishiga asos solgan alloma sifatida tanilgan boʻlib, uning bu kashfiyoti XX asr psixologiyasi, tibbiyoti, sotsiologiyasi, antropologiyasi, adabiyoti va sanʼati rivojiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. U tadqiq etib erishgan muhim ilmiy yangiliklar, yaʼni: inson psixikasining “U”, “Men” va “Yuksak Men” boʻlimlardan iborat uch tarkibli tuzilmani ishlab chiqqani; shaxs psixoseksual takomilining alohida bosqichlarini tahlil etib bergani; inson gʻayrishuurida makon topgan “Edip kompleksi” nazariyasini batafsil tahlil qilgani; inson psixikasidagi himoyaviy mexanizmlar muntazam ishlab turishini kashf etgani; “gʻayrishuur” (“bessoznatelnoye”) tushunchasini psixologik jihatdan talqin etgani; inson ruhiy kechinmalari transferi (bir odamdan boshqa odamga “koʻchib oʻtishi”)ning muhim tibbiy ahamiyatini koʻrsatib bergani, shuningdek, terapevtik davolashning erkin muloqot va tushlarga asoslangan usullarini joriy etgani, ayniqsa, mashhurdir. Aytilganidek, olimning ilmiy-falsafiy merosi ham hajman, ham mazmunan juda boy boʻlishi barobarida, uning shaxsi, xarakteri, ilmiy gʻoya va qarashlari haqidagi kitoblar, tadqiqotlar, bahslar salmogʻi ham chakana emas. Uning hayotligidayoq boshlangan bu munozara-mubohasalar hozirga qadar ham qizgʻin davom etmoqda. Zero, bahslashuvchilarning bir qismi, Freyd – soʻnggi asrlar ilmining buyuk dahosi sifatida eʼzozlanishi lozimligini taʼkidlashsa, boshqa bir qismi (ular orasida olim bilan birga ishlagan va, hatto, uning qoʻlida taʼlim olgan Vilgelm Fliss, Alfred Adler, Karl Gustav Yunglar ham bor) uni – XX asr fanining mohir fokuschisi sifatida istehzo bilan baholashga moyillik bildirishadi. Nima boʻlganda ham bir narsa aniqki, Freyd davri va undan keyingi palla faylasuflarining aksariyati olim qarashlarini chetlab oʻtolmaydi, uning kashfiyotlariga u yoxud bu sabab tayanishadi. Hatto Freydning ashaddiy tanqidchilaridan hisoblangan amerikalik faylasuf Erix Fromm ham uning koʻplab fundamental gʻoyalaridan kelib chiqib, ayrim biryoqlamaliklar (jumladan, inson xatti-harakatlari markaziga seksual moyillikni qoʻyish)ni inkor etgani holda, ularni yangi nuqtai nazar bilan boyitish yoʻlidan boradiki, bu holni freydizmning inkori emas, balki ilmiy-tanqidiy, ijodiy takomili, deb atash toʻgʻriroq boʻlur edi. Freyd va u asos solgan freydizm taʼlimoti inson ongini uch qismdan tarkib topgan nihoyatda murakkab qurilma sifatida tushuntiradi, bular: ONG, ONGOSTI, GʻAYRISHUUR. Bu tamoyil boʻyicha, inson hayoti davomida duch keladigan jamiki voqelik mana shu uch “qavat”ning birida, albatta, makon topadi. Odamning koʻrgani, eshitgani, kuzatgani, oʻylagani, his qilgani – hech bir narsa izsiz yoʻq boʻlib ketmaydi. Uning oʻzi “esimdan chiqardim”, “unutdim”, “xotiramdan koʻtarilibdi”, deb oʻylagani barcha narsalar uning yo ongi ostida yoxud gʻayrishuuri puchmoqlarida, albatta, saqlanadi. Adabiyotlar: Freyd Zigmund Shaxs psixologiyasi Asmolov A. G. Dеyatеlnost i ustanovka. M. Izd. MGU 1979 Lеontеv A.N. Dеyatеlnost. Soznaniе. Lichnost. M.1979. Abulxanova-Slavskaya K. A. Dеyatеlnost i psixologiya lichnosti. M.1980. Kazakov V. G.Psixologiya. M1989, 55-68 bеtlar. Nеmov R.S. Psixologiya. M.1990. 6.Umumiy psixologiya, A. V. Pеtrovskiy taxr. T.1992, 97-134 b. Download 75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling