Psixologiya nazariyasi


O’TISH DAVRI PSIXOLOGIYASI


Download 56.89 Kb.
bet3/7
Sana27.02.2023
Hajmi56.89 Kb.
#1233956
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ERKINOVA MALIKA KURS ISHI

O’TISH DAVRI PSIXOLOGIYASI
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB O`smirlarning anatomik fiziologik xususiyatlari.
1.1 Chaqaloqlik davri fiziologik va psixologik o’zgarishlar
1.2 O`smirlik davrida o`quvchilarning o`qish faoliyati va kasb tanlashi.
II BOB Insonning biologik qarishi
2.1 O’smirlarning intellektual rivojlayaishi
2.2 Qarilik davrining o’ziga xоs psixologik xususiyatlari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH

Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a’zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma’rifat, yuksak ma’naviyat kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida sharq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!” Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak deb ta’kidladilar.


2019.08.10 dagi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida PF-5847-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonida O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida: ilg‘or xorijiy tajribalarni tahlil qilish orqali oliy ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish va ushbu konsepsiyaning Oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlarida o‘quv adabiyotlari sifatini yaxshilash, zamonaviy o‘quv adabiyotlarini yaratish tartibini soddalashtirish, eng yangi xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va tarjima qilish ishlarini jadallashtirish, xorijiy adabiyotlardan qo‘shimcha yoki muqobil o‘quv adabiyotlari sifatida foydalanishni kengaytirish, kutubxonalar fondlarini muntazam ravishda yangilab borish maqsadida ushbu darslik ayni shu tamoyillar zamirida pedagogika oliy o‘quv yurtlarida psixologiya fanlarini o‘qitishning zamonaviy konsepsiyasi hamda pedagogika universitetlarining «Umumiy psixologiya» fani dasturlari asosida yaratilgan. Ma’lumki, yosh davrlari va pedagogik psixologiya kursi psixologiya fanining muhim tarmog‘i sifatida, inson psixik jarayonlarining ontogenezdagi psixologik xususiyatlarini va shaxsning ta’lim-tarbiya sharoitida psixik taraqqiyotining har bir davriga xos xususiyatlarini o‘rganuvchi sohadir. Pedagogik psixologiya ta’lim, tarbiya va taraqqiyotning o‘zaro bog‘liqligi, ta’limning tuzilishi, o‘quvchilarning o‘qish va bilish faoliyatining psixologik jihatlarini, o‘quvchi shaxsini barkamol inson sifatida shakllantirish, pedagogik qobiliyatlar kabi muhim muammolarni tadqiq etadi. Uning muhim vazifalari - talabalarda psixologik-pedagogik vaziyatlarni samarali rejalashtira olishga, aqliy va shaxsiy taraqqiyot bilimlarini samarali egallashga, turli yosh davrlarida psixik taraqqiyot qonunlarini to‘g‘ri anglab, psixologik tadqiqotlar olib borishga, o‘quvchilarga individual yondasha bilishga, bola psixikasi taraqqiyotida turli noxush holatlarning oldini ola bilishga, psixologik og’ishishlarni korreksiya qilishga, psixologik nazokatni to‘g‘ri shakllantirsh, pedagogik qobiliyatlarini rivojlantirish kabi muammolarini ijobiy hal etishga qaratilgan.
Yosh davrlari va pedagogik psixologiya fani umumiy psixologiya, falsafa, pedagogika, yosh fiziologiyasi, sotsiologiya, tibbiyot va boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqdir. Uni o‘rganish jarayonida kompyuter texnikasi, aqliy taraqqiyot testlari va boshqa usullardan keng foydalaniladi. Har tomonlama yetuk barkamol avlodni tarbiyalash, ularga ta’lim berish ishlarini o‘qituvchilar amalga oshiradilar. Bo‘lajak o‘qituvchilar har bir yosh davrining psixologik xususiyatlarini chuqur o‘rganib, bu bilimlarni kelgusi pedagogik faoliyatlarida qo‘llashlarida ushbu darslik katta yordam beradi, degan umiddam

Download 56.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling