Psixologiya predmeti haqidagi tasavvurlar rivojlanishining asosiy bosqichlari. Psixologiya yo’nalishlari


Download 16.17 Kb.
bet5/7
Sana13.09.2023
Hajmi16.17 Kb.
#1676909
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Psixologiya predmeti haqidagi tasavvurlar rivojlanishining asosi

yosh davrlari psixologiyasi — turli yoshdagi odamlarning tug’ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o’zaro munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o’zgarishi tamoyillarini o’rganadi;

ijtimoiy psixologiya — odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarini o’rganadi;

yuridik psixologiya — huquq sistemasining amal qilishi bilan bog’liq masalalarning psixologik asoslarini o’rganadi;

mehnat psixologiyasi — kishi mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini, qonuniyatlarini o’rganadi;

muxandislik psixologiyasi — avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari operatorining faoliyatini, odam — texnika o’rtasida funksiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyatlarini o’rganadi;

harbiy psixologiya — kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon bo’ladigan xulq-atvorini, zobitlar bilan oddiy askarlar o’rtasidagi munosabatlarning psixologik jihatlarini o’rganadi;

savdo psixologiyasi — jamiyatda tijoratning psixologik shart-sharoitlari, ehtiyojning individual, yoshga, jinsga oid xususiyatlarini, haridorga xizmat ko’rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi. Bu sohadan ajrab chiqqan, modalar psixologiyasi inson didi va uning xulqda aks etishi kabi qator masalalarini o’rganadi;

tibbiyot psixologiyasi — shifokor faoliyati psixologiyasini, bemor xulqatvorining psixologik jihatlarini o’rganadi.

Shuningdek psixologiyada etnopsixologiya, oilaviy hayot psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi, shaxs psixologiyasi, sport psixologiyasi, psixodiagnostika, siyosiy va tashkiliy psixologiya kabi boshqa ko’plab sohalari mavjudki, ularning har biri jamiyatdagi real ehtiyojlar va ularni qondirishda psixologiyaning fan sifatidagi o’rni va maqsadidan kelib chiqadi.

1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling