Psixologiya predmeti haqidagi tasavvurlar rivojlanishining asosiy bosqichlari. Psixologiya yo’nalishlari


Abu Rayhon Beruniyning falsafiy va psixologik qarashlari


Download 16.17 Kb.
bet4/7
Sana13.09.2023
Hajmi16.17 Kb.
#1676909
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Psixologiya predmeti haqidagi tasavvurlar rivojlanishining asosi

Abu Rayhon Beruniyning falsafiy va psixologik qarashlari.

Abu Rayhon Beruniyning (973-1043) fikricha inson hayvondan aql bilan farq qiladi. Lekin insonning hayvondan tubdan farq qiladigan bu xususiyati qanday bo’lganligini tushuntirganda xudoga murojaat qilib, insonni xudo azaldan shunday yaratgan deydi. Beruniyning ruhiy va moddiy ehtiyojlarning roli haqidagi fikri o’sha davr uchun nihoyatda qimmatli fikr edi. U jamiyat yuzaga kelishida kishilarning moddiy ehtiyojlari rolini ko’ra oladi. Beruniyning fikricha, aql, mehnat, erkin tanlash insonning hayotini va ijtimoiy holatini belgilaydi. Inson o’z ehtiyojlarini mehnat tufayli qondiradi deydi.

Psixologiya fanining tarmoqlari va boshqa fanlar bilan aloqasi

Psixologiyaning tarmoqlari.

Psixologiyaning alohida tarmoqlarini farqlash avvalo ishlab chiqarishdagi inson faoliyati kechadigan sohalar va ularning vazifalaridan kelib chiqadi. Hozirgi davrga kelib psixologiyani inson shaxsi xaqidagi eng muhim fanlardan biri sifatidagi ahamiyatini hamma tan olmoqda. Inson shaxsining esa bevosita kirib bormagan sohasini topish qiyin. Psixologiya iqtisod, pedagogika, falsafa, mantiq, sosiologiya va boshqa ijtimoiygumanitar fanlar bilan aloqador fan hisoblanadi. Chunki hamma sohada inson shaxsi faoliyat ko’rsatar ekan, har bir sohada ishni samarali tashkil etish, olib borish uchun kishilar psixologiyasini, shaxslararo munosabatlar psixologiyasini, odamlarning turli vaziyatlardagi xulq-atvor normalarini bilish va shunga ko’ra ish olib borish muhimdir. Shuning uchun xozirgi davr mutaxassislari psixologik bilimlardan boxabar bo’lishlari lozimdir. Psixologiyaning 300 dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi hozirgi kunda psixologiyaning fanlar tizimida yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi: masalan,

umumiy psixologiya — psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va ularning o’ziga xos jihatlarini o’rganadigan maxsus sohasi;

pedagogik psixologiya — kishiga ta’lim va tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o’rganishni o’z predmeti deb biladi;


Download 16.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling