Psixologiya predmeti haqidagi tasavvurlar rivojlanishining asosiy bosqichlari. Psixologiya yo’nalishlari


Download 16.17 Kb.
bet1/7
Sana13.09.2023
Hajmi16.17 Kb.
#1676909
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Psixologiya predmeti haqidagi tasavvurlar rivojlanishining asosi


Psixologiya predmeti haqidagi tasavvurlar rivojlanishining asosiy bosqichlari. Psixologiya yo’nalishlari

Urganch Davlat Universiteti Fizika-Matematika yo’nalishi 194-guruh talabalari tomonidan “Psixologiya predmeti haqidagi tasavvurlar rivojlanishining asosiy bosqichlari. Psixologiya yo’nalishlari “ mavzusida tayyorlagan taqdimoti

Mavzu: Psixologiya predmeti haqidagi tasavvurlar rivojlanishining asosiy bosqichlari. Psixologiyaning yo’nalishlari.

Reja:


  • Psixologiya fanining predmeti

  • Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotining asosiy bosqichlari.

  • Sharq mutafakkirlarining falsafiy va psixologik qarashlari

  • Psixologiya yo’nalishlari va boshqa fanlar bilan bog’liqliklari

Psixologiya fanining predmeti


so’zi grekcha
jon,ruh va so’z, ilm so’zidan olingan bo’lib,uning ma’nosi demakdir.

Psixologiya – tabiiy va ijtimoiy fan sifatida voqealikni alohida sohasi bo’lgan psixika hayot sohasini o’rganadi.

Inson ijtimoiy zotdir, shunung uchun uning psixik xislatlari ijtimoiy hayot sharoitining hal qiluvchi ta’siri ostida tashkil topadi.Insonning psixikasi, ongi unung jamiyatdagi hayoti va faoliyati sharoiti bilan bog’liq holda taraqqiy etadi. Shuning uchun ham ijtimoiy fandir.

Psixologiya tabiy va ijtimoiy fan sifatida hayvonot dunyosida va odamlarda psixikaning payda bo’lishi, unung hususiyatlari, rivojlanishi va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadigan fandir. Demak psixika nima?

Biz tevarak atrofdagi narsa va hodisalarni sezamiz, idrok qilamiz, hotirada olib qolamiz, tasavvur va hayol qilamiz, fikr yuritamiz va h.k ularni biz bir og’iz so’z bilan
deb ataymiz.

Psixika miyaning xususiyati bo’lib, bu xususiyat tevarak atrofdagi olamni aks ettirishdan iborat, yani abektiv ravishda mavjud narsalar va hodisalarni aks ettiradi. Odam tevarak atrofdagi olamni ko’zguda aks ettirish emas, balki faol aks ettiradi, yani tevarak atrifdagi voqelikni faoliyat jarayonida,tabiat va atrofdagikarga tasir ko’rsatish jarayonida bilib oladi. Anashu jarayonda odamda sezgi, idrok sodir bo’ladi.Ular odamning sezgi azolari orqali miyasiga tasir ko’rsatib, ongida aks etgan narsa va hodisalarning, xususiyatlarning aksidir. Psixika yuksak darajada tashkil topgan miyaning xossasidir. Hayvon va odamlarga hos bo’lgan asab tizimi yuksak darajada tashkil topgan materiyadir. Psixikaning bevosita moddiy asosi odamning bosh miyasidir. Odam psixikasi, ongi bosh miya funksiyasidir. Psixika ong materuya taraqqiyotining faqat yuksak bosqichlarida payda bo’ladi. Materiya taraqqiy etib borgan sari turli hossalar, qonuniyatlar –mexanik, fizik, kimyoviy, biologik va boshqa xossalar paydo bo’ladi. Organik olam taraqqiyotining eng yuksak bosqichidagina materiyaning psixika deb ataladigan jarayonlari,yani sezgi, idrok, xotira, tafakkur deb ataladigan alohida xossalari vujudga keladi. Psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning obyektiv voqelikning aks ettirishdan iborat bo’lgan alohida xossasidir.


Download 16.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling