«psixologiya tarixi» fanidan o’quv-metodik majmua samarqand – 2016


Download 0.57 Mb.
bet10/11
Sana04.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1164039
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Psixologiya tarixi majmua

9-mavzu: Psixologik maktablar


Reja:
1. Intellektual psixologiya. Volyuntaristik psixologiya

2. Freydizm. Geshtalt psixologiya

3. Bixeviorizm. Vyursburg maktabi.


XIX va XX asrdagi psixologiya - bu asosan empirik psixologiyadir. Psixologiyada XVII asrda paydo bo’lgan bu yo’nalish XIX va XX asrrning boshlarida o’z taraqqiyotining eng yuqori cho’qqisiga erishdi. Uning yutuqlariga erishuviga sabab eksperiment metodining tatbiq qilinishi edi. Uning predmet doirasi juda kengaydi. Yuqorida aytilganday, psixologiya fanining maxsus o’z vazifalari va metodlariga ega bir qancha shaxobchalari maydonga keldi.


Empirik psixologiya bir butun narsa emas edi. Bu psixologiya-ning ichida bir qancha yo’nalish va oqimlar mavjud edi. Psixologiya tarixida bulardan ancha mashhur va muhimlari assosiasizm, intellektualizm, volyuntarizm, geshtalpsixologiya va freydizmlar edi. Assosiativ psixologiya haqida yuqorida gapirildi.
Intellektual psixologiya - bu psixikaning asosiy elementi va psixologik faoliyatning asosiy funksiyasi aql-intelektdir deb hisoblaydigan yo’nalish. Intellektualistlarning fikricha, turli-tuman psixik prosesslar, shu jumladan emosional va iroda prosesslari ham sezgi, tasavvur va tushunchalarning qo’shilishidir deb tushuntiriladi. Assosiativ psixologiyaning vakillari ham intellektualistlarga kiradi, chunki ular ham birlamchi va asosiy element tasavvurlardir deb hisoblaganlar. Psixologiya va pedagogikada intellektualizmning eng ko’zga ko’ringan vakili Gerbart hisoblanadi.
Volyuntaristik psixologiya, intellektualizmdan farq qilib psixik hayotning asosi sifatida shaxsning irodasini, aktivligini, faolligini ilgari suradi. Barcha murakkab psixik prosesslar, xusususan, tafakkur ham insonning irodaviy aktivligi deb talqin qilingan.
Volyuntaristik psixologiyaning vakillari G. Linne (1889-1941y), G.Myunsterberg (1863 -1916y.) edilar. Vilgelm Vundt ham, garchand irodaning asosi hislardir deb hisoblangan bo’lsa ham, volyuntarist edi.
Freydizm - bu o’z nomini avstriya nevropotologi va psixologi Zigmund Freyd (1856- 1939y) nomidan olgan bo’lib, psixologiya va nevropotologiyadagi alohida yo’nalishdir.
Freyd ta’limotiga ko’ra, shaxs psixologik hayotining asosi jinsiy lazzat olishga qaratilgan, tug’ma ongsiz mayl(instinkt)dir. Lekin tarixan tarkib topgan odat, ahloqiy prinsiplar tufayli, ijtimoiy «senzura»ning mavjudligi tufayli bu mayil to’g’ridan-to’g’ri to’siladi. Shuning uchun ham ba’zi kishilarda bu ongsiz tabiiy mayil bilan anglab turilgan vaziyat o’rtasida ichki ruhiy konflikt (to’qnashuv) paydo bo’ladi. bu to’qnashuvlar ba’zan barqaror asab kasalligiga (nevrozga) olib keladi.
Kishilik jamiyatida ko’pchilik kishilarning hayoti va taraqqiyoti prosessida bu tabiiy ongsiz mayil energiyasi mehnat faoliyatiga aqliy va ijodiy faoliyatga qaratiladi va sarf etiladi. Hayotning yuksak sohasiga energiyaning shu tariqa ko’chirilishini sudlimasiya deb ataladi. Freydning ayrim shogirdalari uning ta’limotiga ba’zi bir o’zgarishlar kiritganlar. Masalan, Adolf Adler (1870-1937y.) fikricha, seksual (jinsiy) mayil emas, psixik hayotning asosini, balki ustunlikka, hokimmiyatga, boshqa kishilar ustidan hukumronlik qilishga bo’lgan tabiy mayil tashkil qiladi.
Geshtalt - psixologiya, yoki boshqachasiga struktura, yaxlit psixologiya. Bu yunalishning asosiy vakillari X.Erenfels (1859-1932y.), V. Keller (1887y.), K.Kofka (1886-1941y.) lardir. Bu psixologlar barcha murakkab psixik prosesslar elementlar hodisalardan-sezgilardan tarkib topadi deb hisoblangan assosiativ psixologiyaning tanqid qilib chiqdilar. Geshtald psixologiyaning vakillari bu ta’limotga qarama-qarshi o’laroq, har bir psixik hodisaning mazmuni uning tarkibiga kirgan qism va elementlarning yg’inidisiga nisbatan mazmundorroq hamda boyroqdir. Ayrim element va qismlarning yig’indisi butunning mazmunini belgilamaydi, balki, aksincha, butun (yaxlit struktura)qism elementlarning hususiyatlarini belgilab beradi.
Bu psixik strukturaning yaxlitligi nazariyasi, avvalo idrok faktlari, asosida ishlab chiqilgan edi. Idrok - bu sezgilarning yig’indisi emas, balki yaxlit obrazdir, deb ta’kidlanardi. Psixik maxsullar va strukturalarning yaxlitligi haqidagi bu ta’limot keyinchalik xotira, tafakkur va iroda hodisalariga ham tatbiq qilingan edi.
Bu alohida-alohida yo’nalish va oqimlar, bir qancha umumiy hususiyatga ega bo’lgan holda (ayniqsa muhim momentlarda) «Empirik psixologiya» degan umumiy nom ostida birlashdilar.
Psixologiyaning predmeti va metodlari bir hilda tushunish bu barcha oqimlarning birlashuviga sababchi bo’ldi.
«Empiriklar» psixologiyani ruh haqidagi fandir, deb emas, «ruhiy hodisalar», yoki «ong hodisalari», yoki bo’lmasa faqatgina ong hakidagi fandir deb ta’kidladilar. Bu «ruxsiz» psixologiyadir (N.N.Lange), «hyech qanday metafizikasiz psixologiyadir» (A.I. Vvedenskiy).
Empirik psixologiyaning tarixiy xizmati shundan iboratki, uning vakillari ilmiy jixatdan o’rganish predmeti sifatida ruhni inkor qildi. Bu holatni psixologiyaning metafizik va idealistik qarashlardan holi bo’lish yo’lidagi katta qadam deb hisoblash mumkin.
Yuqorida aytilganiday, empirik psixologiyaning asosiy metodi kuzatish, tajribadir. Lekin tabiat fanlaridan psixologiya sohasiga ko’chirilgan bu metod ichki metod ichki tajriba sifatida boshqacha tus oladi.
Empirik psixologiya obyektiv kuzatish metodidan ham, eksperiment metodidan ham ham foydalangan: psixik hodisalar har xil maxsus asboblar yordami bilan maxsus labaratoriyalarda o’rganildi; materiallarni tekshirish va yakunlashda matematik statistika (korrelyasiya) metodlaridan foydalanildi.
Empirik psixologiyaning psixologiya fani tarixidagi ikkinchi katta xizmati tajribadan foydalanishdan, psixologik eksperiment-lar o’tkazishning metod va texnikasi ishlab chiqishdan iborat.
Psixologiya tomonidan eksperimentning tadbiq qilinishi tufayli inson psixologiyasi sohasida boy materiallar to’plangan. Bu materiallarning ko’pchilik qismi hozirgacha ham ahamiyatini yo’qotmagan (masalan, Vundt va Ebbingauzning eksperimental ishlari) Empirik psixologiya aniqlangan ma’lumotlar va ishlab chiqqan eksperimental metod va usullar amaliyotda ham, masalan, medisina va pedagogika sohalarida foydali bo’lib chiqdi.

Mustahkamlovchi savollar





  1. Z.Freyd ta’limoti

  2. Psixik strukturaning yaxlitlik nazariyasi

  3. Xulq psixologiyasi

10-mavzu: o’zbekistonda psixologiya fanining
rivojlanishi va hozirgi ahvoli


Reja:

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling