Psixologiya tarixi faniga kirish


Ikkinchi turkumga kiruvchi maktablar ichida jaynizm va chorvak falsafasi diqqatga sazovordir. Jaynizm falsafiy maktabining asoschisi Vardxamana hisoblanadi


Download 82.51 Kb.
bet4/7
Sana09.01.2023
Hajmi82.51 Kb.
#1085057
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint

Ikkinchi turkumga kiruvchi maktablar ichida jaynizm va chorvak falsafasi diqqatga sazovordir. Jaynizm falsafiy maktabining asoschisi Vardxamana hisoblanadi.

  • Ikkinchi turkumga kiruvchi maktablar ichida jaynizm va chorvak falsafasi diqqatga sazovordir. Jaynizm falsafiy maktabining asoschisi Vardxamana hisoblanadi.
  • U miloddan avvalgi VI asrda yashagan bo‘lib, G‘olib Jina degan taxallus bilan mashhur bo‘lgan. Uning izdoshlari jaynichilar deb atalganlar. Jaynichilar borliqni ikkiga tirik va notirik dunyoga bo‘ladilar. Notirik tabiatga ular moddiylikni kiritadilar. Moddiy narsalarning hammasi bo‘linmas mayda zarrachalardan tashkil topgan. Notirik tabiatga jaynichilar yana makon, vaqt, harakat kabilarni ham kiritadilar. Tirik tabiatga, jaynichilar fikricha, jon kiradi. Jonning asosiy xususiyati onglilikdir. Onglilik, jaynichilar ta’limoticha, turli jonlarda turlicha darajada bo‘ladi. Jon o‘z tabiatiga ko‘ra mukammal narsa bo‘lib, uning Jonning asosiy xususiyati onglilikdir. Onglilik, jaynichilar ta’limoticha, turli jonlarda turlicha darajada bo‘ladi. Jon o‘z tabiatiga ko‘ra mukammal narsa bo‘lib, uning 33 imkoniyatlari cheksizdir. Biroq jon tana bilan bog‘langandir. U ehtiroslar, xohish-istaklar doirasiga tushib qolgan. Bu esa, uning imkoniyatlarini cheklab qo‘ygan. Shuning uchun haqiqiy bilim, jaynichilar ta’limoticha, jonni tanadan halos bo‘lishiga yordam qilishi kerak.

Qadimgi hind falsafasida chorvak maktabi alohida o‘rin tutadi. Chorvak falsafasi miloddan avvalgi VI asrlarda kelib chiqqan. Chorvak falsafasi namoyondalarining ta’limoticha, olam moddiydir. Moddiy dunyo esa to‘rt unsur -suv, havo, tuproq va o‘tdan tashkil topgan. Organik tabiat va shu jumladan inson ham ana shu moddiy unsurlarning birikmasidan iborat. Insonning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u avvalo aqlli mavjudotdir. Chorvak ta’limoticha, inson o‘z aqli va sezgi a’zolari yordamida tashqi dunyodagi narsa va hodisalarni bilishga qodir. Chorvak maktabi ko‘pgina falsafiy muammolarni o‘rtaga tashladi va ularni hal qilishga urindi. Bu qadimgi Hindistonda falsafiy fikr ancha rivojlanib kelganligidan dalolat beradi. Qadimgi Xitoy ham ijtimoiy-falsafiy fikr dastlab vujudga kelgan va taraqqiy etgan mamlakatlardan biri edi. Qadimgi Xitoyda ijtimoiy-falsafiy fikr miloddan avvalgi VII asrlarda vujudga kela boshlagan. Qadimgi Xitoydagi ijtimoiy-falsafiy fikr tarixida Konfutsiyning (551-479) qarashlari alohida o‘rin tutadi. U qadimgi Xitoydagi ijtimoiy-falsafiy fikrning rivojiga katta hissa qo‘shgan. U qadimiy yodgorliklardan hisoblangan «Qo‘shiqlar kitobi», «Bahor va kuz» kabi kitoblarni tuzishda qatnashgan. Konfutsiyning o‘zi «Aforizmlar»i bilan mashhurdir. Yaratuvchi ilohiy kuchni tan olgan Konfutsiy «kishilarning hayoti taqdirga bog‘liq, boylik va ulug‘lik esa Iloh tomonidan beriladi» deb uqdiradi. Konfutsiyning falsafiy qarashlarida axloqiy masalalar markaziy o‘rin tutadi. «Hamma odamlar o‘z tabiatiga ko‘ra bir-birlariga o‘xshaydilar, tarbiyaga qarab ular bir-birlaridan farqlanadilar», «yangini bilish uchun eskini o‘rganish kerak», «mulohazasiz ta’limot foydasizdir, ta’limotsiz mulohaza bo‘lmaydi», degan fikrlar Konfutsiyning axloq haqidagi ta’limotida asosiy o‘rin olgan. Konfutsiy qarashlarida Li degan tushuncha alohida ahamiyat kasb etadi. Li tartib, qoida degan ma’noni anglatadi. Li bo‘lmasa jamiyat ravnaq topmaydi. Tartib, qonun-qoida har qanday jamiyat rivojining omilidir.

  • Qadimgi hind falsafasida chorvak maktabi alohida o‘rin tutadi. Chorvak falsafasi miloddan avvalgi VI asrlarda kelib chiqqan. Chorvak falsafasi namoyondalarining ta’limoticha, olam moddiydir. Moddiy dunyo esa to‘rt unsur -suv, havo, tuproq va o‘tdan tashkil topgan. Organik tabiat va shu jumladan inson ham ana shu moddiy unsurlarning birikmasidan iborat. Insonning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u avvalo aqlli mavjudotdir. Chorvak ta’limoticha, inson o‘z aqli va sezgi a’zolari yordamida tashqi dunyodagi narsa va hodisalarni bilishga qodir. Chorvak maktabi ko‘pgina falsafiy muammolarni o‘rtaga tashladi va ularni hal qilishga urindi. Bu qadimgi Hindistonda falsafiy fikr ancha rivojlanib kelganligidan dalolat beradi. Qadimgi Xitoy ham ijtimoiy-falsafiy fikr dastlab vujudga kelgan va taraqqiy etgan mamlakatlardan biri edi. Qadimgi Xitoyda ijtimoiy-falsafiy fikr miloddan avvalgi VII asrlarda vujudga kela boshlagan. Qadimgi Xitoydagi ijtimoiy-falsafiy fikr tarixida Konfutsiyning (551-479) qarashlari alohida o‘rin tutadi. U qadimgi Xitoydagi ijtimoiy-falsafiy fikrning rivojiga katta hissa qo‘shgan. U qadimiy yodgorliklardan hisoblangan «Qo‘shiqlar kitobi», «Bahor va kuz» kabi kitoblarni tuzishda qatnashgan. Konfutsiyning o‘zi «Aforizmlar»i bilan mashhurdir. Yaratuvchi ilohiy kuchni tan olgan Konfutsiy «kishilarning hayoti taqdirga bog‘liq, boylik va ulug‘lik esa Iloh tomonidan beriladi» deb uqdiradi. Konfutsiyning falsafiy qarashlarida axloqiy masalalar markaziy o‘rin tutadi. «Hamma odamlar o‘z tabiatiga ko‘ra bir-birlariga o‘xshaydilar, tarbiyaga qarab ular bir-birlaridan farqlanadilar», «yangini bilish uchun eskini o‘rganish kerak», «mulohazasiz ta’limot foydasizdir, ta’limotsiz mulohaza bo‘lmaydi», degan fikrlar Konfutsiyning axloq haqidagi ta’limotida asosiy o‘rin olgan. Konfutsiy qarashlarida Li degan tushuncha alohida ahamiyat kasb etadi. Li tartib, qoida degan ma’noni anglatadi. Li bo‘lmasa jamiyat ravnaq topmaydi. Tartib, qonun-qoida har qanday jamiyat rivojining omilidir.

Download 82.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling