- 1. Psixika haqidagi bilimlar rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish, qanday qilib bir kategoriya va tushunchalar boshqasiga aylanadi, har bir iqtisodiy formatsiya mazukr davrga xos bo‘lgan psixik hayot manzarasini qanday aniqlab beradi, ana shu masalalarni hal etish.
- 2. Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqadorligini ochib berish.
- 3. Bilimlarning vujudga kelishi va idrok qilinishining jamiyat talablariga bog‘liqligini aniqlash.
- 4. Fanning vujudga kelishida shaxs va uning individual hayotiy yo‘lining tutgan rolini o‘rganish.
- Qisqacha qilib aytganda, psixologiya tarixi – bu fanning mantiqiy xotirasidir.
- Jamiyat taraqqiyoti natijasida kishilarning hayotiy faoliyatlari kengayib, aqliy zakovati ham boyib boradi. Binobarin, ularning falsafiy dunyoqarashi ham tarixiy davrning in’ikosi sifatida jamiyat taraqqiyotining muhim omiliga aylanadi. SHu sabab insoniyat taraqqiyotining turli davrlari falsafaning turli shakllari paydo bo‘lishiga olib keladi.
Ilk falsafiy fikrlar qadimgi Hindiston, Xitoy va Yunonistonda kelib chiqqan. Qadimgi Hindistondagi falsafiy maktablar asosan ikki turkumga bo‘linadi Biri Vedalardan kelib chiqqan va unga suyanuvchi maktablar, ikkinchisi Vedalarni tan olmaydigan, ularni rad etuvchi maktablar. Vedalarni tan oluvchi va ularga suyanuvchi maktablarga vedanta, mimansa, sankxya, nyaya va vaysheshika maktablari kiradi. Vedalarni tan olmaydigan falsafiy maktablarga jaynizm, buddizm va chorvak maktablari kiradi. Ularning ayrimlari bilan tanishib chiqaylik. - Ilk falsafiy fikrlar qadimgi Hindiston, Xitoy va Yunonistonda kelib chiqqan. Qadimgi Hindistondagi falsafiy maktablar asosan ikki turkumga bo‘linadi Biri Vedalardan kelib chiqqan va unga suyanuvchi maktablar, ikkinchisi Vedalarni tan olmaydigan, ularni rad etuvchi maktablar. Vedalarni tan oluvchi va ularga suyanuvchi maktablarga vedanta, mimansa, sankxya, nyaya va vaysheshika maktablari kiradi. Vedalarni tan olmaydigan falsafiy maktablarga jaynizm, buddizm va chorvak maktablari kiradi. Ularning ayrimlari bilan tanishib chiqaylik.
- Vedalar ta’limotini talqin etuvchi diniy-falsafiy maktablardan biri mimansa va vedanta hisoblanadi. Bu ikkala maktab ham Vedalarni muqaddas kitoblar deb biladi va kishilardan hayotda ularga to‘la amal qilishni talab qiladi. Biroq ularda diniy qarashlar bilan bir qatorda sof falsafiy masalalar ham ko‘tariladi. Masalan, mimansa maktabi bilish masalalariga katta e’tibor qaratgan. Unda hissiy bilish va uning manbai, mantiq masalalari ko‘tariladi. Vedanta maktabi namoyondalari jon bilan xudoni o‘zaro munosabati masalasiga e’tibor qaratadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |