Psixologiya tarixi faniga kirish
Download 82.51 Kb.
|
Презентация Microsoft PowerPoint
Inson psixikasi haqidagi bilimlarning rivojlanish tarixi davomida ikki ilmiy falsafiy oqim, ya’ni idealizm va materializm o‘rtasidagi kurashni ko‘rish mumkin. Bu kurash psixologiya fanining mohiyatini turlicha tushunadi, undagi farqlar insondagi psixik va fiziologik hodisalarni o‘zaro munosabatlarini aniqlashda hamda psixologiya fani predmetini turlicha talqin qilishda namoyon bo‘ladi. Fan tarixida turlicha qarashlar va yo‘nalishlar bo‘lishiga qaramasdan, fanning predmeti, ya’ni inson va hayvonga xos bo‘lgan psixika, psixik hayot shundayligicha qolaveradi.
Bizningcha, haqiqiy ilmiy psixologiya XIX-asr oxiri, XX-asr boshlarida tan olingan bo‘lsa-da, antik davr va mumtoz qarashlar fan tarixi uchun ilk metodologik manbalar sanalishi ehtimoldan holi emas. Chunki nemis psixologi V.Vundtning psixologiya tarixida amalga oshirgan tajribalari shunchaki falsafiy g‘oya emas, aksincha sof psixologik eksperimental tadqiqot edi. Bu tadqiqot psixologiya fanining amaliy jihatdan tan olinishi hamda keyingi tadqiqotlar uchun zaruriyatning ortishiga xizmat qildi. Hozirga kelib psixologiya fani ham metodologik jihatdan, ham metodik jihatdan etuk fan sifatida jamiyatdagi fanlar tizimida o‘z o‘rniga egadir. Olib borilayotgan amaliy tadqiqotlar, fan yutuqlari ba’zi mumtoz nazariy qarashlarni inkor etib, uning zamonaviy tahlilini amalga oshirmoqda. Psixologiya fani ilmiy jihatdan tubdan yangilanmoqda. Shunday ekan, psixologiya fani tarixini bilish har bir bo‘lg‘usi psixolog, sportchi psixologlar shuningdek, oliy o‘quv yurtlarida faoliyat olib boruvchi psixolog o‘qituvchilar uchun ilmiylikning nazariy sharti sanaladi, u haqda bilmay turib psixologiya fani haqida fikr–mulohaza yuritish, ta’lim berish, shaxs haqida tadqiqotlar olib borish ehtimoldan holi sanadi.
Download 82.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling