Psixologiya
“Muammo” organayzerini to„ldiring
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya fanidan barcha jonalish 3 kurs talabalari uchun oquv-uslubij qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- o„quv topshiriq “Tushunchalar tahlili ” organayzerini to„ldiring
- Mashg„ulotni o„tkazish joyi
- Nutqning psixologik xarakteristikasi
- NUTQNING XUSUSIYATLARI
- Muloqot jarayonida idrok qilish mexanizmlari
- Muloqotnining funksiyalari
“Muammo” organayzerini to„ldiring SHaxs borasidagi hissiy holatlarga doir muammoli masalalarni echimini topishga yordam beradi va “Muammo” usuli orqali muammo hal qilinadi. Muammoning turi Muammoning kelib chiqish sabablari Muammoni echish yo„llari va sizning harakatingiz Asosiy hissiy holatlarni keltirib chiqaruvchi sababalarni ko„rsating o„quv topshiriq “Tushunchalar tahlili ” organayzerini to„ldiring Muhim muammoning echimini topishga yordam beradi va “Tushunchalar tahlili” usuli orqali muammo hal qilinadi. 1-guruh Tushunchalar Mazmuni Hissiyot Emotsiya Talabchanlik Kayfiyat Iroda 2-guruh Tushunchalar Mazmuni Affekt Stress Ehtiros Muhabbat 107 Blits savollar *Hissiyot nima ? *Affekt nima ? *Ehtiros nima? *Hissiy holatlarni aytib bering ? *Stressning lug`aviy ma`nosi qanday ? *Iroda tushunchasining mazmunini izohlang? *Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari nimalarda ko„rinadi? *Iroda nazariyalarining mohiyatiga ta‟rif bering? *Irodaviy akt va uning tuzilishini mazmunini ko„rsating? *Shaxsning irodaviy sifatlariga nimalar kiradi? *Irodaning individual xususiyatlarining mazmunini izohlang? Mavzuga oid test savollari 1. .............. tashqi olamdagi narsa va hodisalarga nisbatan bo„lgan munosabatlarimizning va bu munosabatlarimizdan hosil bo„ladigan ichki kechinmalarimizning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi. A)kayfiyat B)ehtiros *V)hissiyot G)affekt D)stress 2.Unchalik kuchli bo„lmagan lekin juda uzoq vaqt davom etadigan hissiy holat bu............... *A)kayfiyat B)ehtiros V)hissiyot G)affekt D)stress 3. ................to„satdan paydo bo„lib tez orada o„tib ketadigan nihoyatda kuchli holatdir. A)kayfiyat B)ehtiros V)hissiyot *G)affekt D)stress 4.............uzoq davom etadigan anchagina kuchli hissiy holatdir. A)kayfiyat *B)ehtiros V)hissiyot G)affekt D)stress 5................bu oddiy psixik holat bo„lib u inson organizmini umumiy holatidan yuzaga keladi va ehtiyojlarni qondirish jarayonida mavjud bo„ladi. *A)emotsiya B)kayfiyat V)stress G)hissiyot D)affekt 6.His-tuyg„u psixik holat bo„lib u qanday xususiyatlar bilan belgilanadi. 108 A)qoniqish yoki qoniqmaslik holatini mavjud bo„lishi; B)ijobiy va salbiy hislar; V)nerv keskinligini yuzaga kelishi va keskinlikni yumshatish; *G) barcha javoblar to„g„ri D) to„g„ri javob berilmagan 7.Emotsional holatlarning xususiyatlari qaysi qatorda to„g„ri ko„rsatilgan? A)shaxsni ob‟ektga ijobiy munosabati; B)salbiy munosabati; V)ikkilamchi munosabat; *G) barcha javoblar to„g„ri D) to„g„ri javob berilmagan 8.His-tuyg„uni yuzaga keltiruvchi sabab bu............... A)faollik B)qo„zg„atuvchi kuch V)kuchli ta‟sirot *G)stimul D)motivatsion doira 9.Faolligiga ko„ra hislar qanday turlarga ajratiladi? A)kuchli va kuchsiz, ijobiy va salbiy B) mimika va pantomimika V)apatiya va ekspressiya *G)astenik va stenik D)salbiy va ijobiy 10.Inson faolligini oshiruvchi uni umumiy energiyasiga asos soluvchi hislar bu................ A)astenik B)apatiya *V)stenik G)ekspressiya D)mimika 11.SHaxsdagi faollikni ortga qaytaruvchi hislar bu.............. *A)astenik B)apatiya V)stenik G)ekspressiya D)mimika 12.SHaxsdagi befarqlik,beparvolik holati bu.............. A)astenik *B)apatiya V)stenik G)ekspressiya D)mimika 13.............................. hislarning spetsifik namoyon bo„lishi bo„lib, u ovozdan mimika pantomimika yig„i, kulguda namoyon bo„ladi. A) astenik B) apatiya V) stenik *G) eksperssiya D) mimika 109 14............................insonni yuz tuzilishida ifodalanishi bo„lib bunda idrok etilayotgan narsaga nisbatan munosabat aks etadi A) astenik B) stenik V) mimika* G) pantomimika D) eksperssiya 15..........................emotsional holat bo„lib u biror bir maqsadiga intilganda yuzaga keladi A) ko„tarinkilik* B) astenik V) stenik G) pantomimika D) eksperssiya 16. Munozarada asabiylashib affektiv holatga tushgan kishini tilini og„iz bo„shlig„ida 10 marotaba aylantirishini tavsiya etadi. Mazkur fikr kaysi olim tomonidan ilgari surilgan A) L. N. Tolstoy B) I .M. Sechenov V) I. S. Turgenov G) I. P. Pavlov D) G. Sele 17.....................ular jamiyat ahloq normalariga bo„ysunishi yoki bo„ysunmaslik bilan namoyon bo„ladi A) axloqiy hislar* B) intellektual hislar V) praksis hislar G) estetik hislar D) to„g„ri javob berilmagan 18..........................inson tomonidan bilish faoliyati jarayonini his etish holatidir A) axloqiy hislar B) intellektual hislar* V) praksis hislar G) estetik hislar D) to„g„ri javob berilmagan 19. Vatanparvarlik, milliy g„urur, tilga hurmat, milliy qadriyatlarga hurmat kabilar qaysi hislar tarkibiga kiradi? A) axloqiy hislar* B) intellektual hislar V) praksis hislar G) estetik hislar D) to„g„ri javob berilmagan 20. Bu his hayrat qiziqish quvonch g„urur yangilikka intilish kabi hislar qanday hislar tarkibiga kiradi A) axloqiy hislar B) intellektual hislar* V) praksis hislar G) estetik hislar D) to„g„ri javoblar berilmagan 110 21. .................. ijobiy hislar bo„lib, go„zal predmetlar ular orasidagi munosabatni aks etish bilan ifodalanadi A) axloqiy hislar B) intellektual hislar V) estetik hislar* G) praksis xislar D) to„g„ri javob berilmagan 22...................faoliyat natijasida yuzaga kelib ish jarayonida o„zgaradi ishni muvaffaqiyati qiynchilikni tugallanganligiga bog„liq bo„ladi A) axloqiy hislar B) intellektual hislar V) estetik hislar G) praksis hislar* D) to„g„ri javob berilmagan 23. Emotsiya oraliq jarayonlari sub‟ektiv aks etish bo„lib, u ixtiyoriy harakatga qodir va organizmda yuzaga keladi deb ta‟kidlaydi Mazkur nazariyaning muallifi qaysi qatorda ko„rsatilgan. A) A. N. Luk B) Djeyms-Lange V) Kenon-Bard G) Yorks- Dodason D) I. P. Pavlov 24. « Biz yig„laganimiz uchun xafa bo„lmaymiz, qaltiraganimiz uchun qo„rqamiz, kulganimiz uchun xursand bo„lamiz » mazkur fikr asosachilari qaysi qatorda ko„rsatilgan. A) A. N. Luk B) Djeyms-Lange V) Kenon-Bard G) Yorks- Dodason D) I. P. Pavlov 25. Emotsiya signallarini qayta tiklash va uni organizmda aks etishidir, mazkur nazariya muallifi qaysi qatorda ko„rsatilgan. A) A. N. Luk B) Djeyms-Lange* V) Kenon-Bard G) Yorks- Dodason D) I. P. Pavlov 26. Emotsional qozgatuvchanlik bilan insonni ijobiy faoliyati orasida egri chiziqli qo„ng„iroqsimon bog„liqlik mavjud. Mazkur nazariya muallifi qaysi katorda ko„rsatilgan. A) A. N. Luk B) Djeyms-Lange V) Kenon-Bard G) Yorks- Dodason D) I. P. Pavlov 27. Steress tushunchasini fanga kiritgan olim qaysi qatorda ko„rsatilgan? A) A. N. Luk B) Djeyms-Lange V) Kenon-Bard G) Yorks- Dodason 111 D)Gann Sele* 28. Steress so„zining lug„aviy ma‟nosi qaysi qatorda ko„rsatilgan A) jiddiylik, keskinlik, zo„riqish* B) kuchli hissiy zo„riqish V) shiddatli jo„shqin. G) o„xshashlik. D) belgi, alomat, tuzilma 6-Mavzu: MULOQOT VA SHAXSLARARO MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASI REJA: 1.Muloqot to‟g‟risida umumiy tushuncha 2.Muloqotning psixologik va pedagogik xususiyatlari 3.Muloqot turlari 4.Muloqot va shaxslararo ziddiyatlar. Nizolar psixologiyasi 5.Ijtimoiy psixologik treninglar Asosiy tayanch tushunchalar. Muloqot madaniyati, munosabat, kommunikativ, interaktiv, pertseptiv, dialog, monolog, ekspektatsiya, identifikatsiya, refleksiya, stereotipizatsiya, empatiya, verbal, noverbal, jest, mimika, pantomimika, demokratik, avtoritar, liberal, konstruktiv, destruktiv, kommunikatsiya, konfrontatsiya, trening. Mashg„ulotni o„tkazish joyi: auditoriya Mashg„ulotning jihozlanishi: tarqatma materiallar,texnik vositalar Mashg„ulotning davomiyligi: 2 soat Mashg„ulotning maqsadi: Talabalarda umumiy psixologik tushunchalar, shaxsning o„zida kechadigan ijtimoiy-psixologik jarayonlar,shaxsni psixologik tadqiq kilish usullari haqida tushunchaga ega bolishi,psixik faoliyatning asosiy qonunini belgilash, uning rivojlanish yo‟llarini aniqlash, har bir psixik jarayonning asosida qanday mexanizm borligi, uning o‟zgarish jarayonlarini ochib berish masalalarini tushuntirish va ularda amaliy ko„nikmalarni shakllantirish. Nutq haqida tushuncha ichki va tashqi nutq,og„zaki va yozma nutq tasnifi, nutqiy qobiliyatlar haqidagi bilimlarni shakllantirish. Kutilayotgan natija: Talabalar insonning sog„lom ruhiyati uning har bir faoliyati uchun zarur ekanligini tushunib etishlari, psixologik bilimlarning o‟rni va ahamiyati haqida amaliy ko‟nikmalarga ega bo‟lishi lozim. Talabalarga muloqot,nutq haqida tushuncha ichki va tashqi nutq,og„zaki va yozma nutq tasnifi, nutqiy qobiliyatlar haqida dastlabki ma‟lumotlar zahirasini berish hamda mazkur jihatlar psixologiya sohasining o„rganish ob‟ekti ekanligini asoslab berildi. 112 Mashg„ulot mazmuni: Nazariy qism: Muloqot to‟g‟risida umumiy tushuncha. Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muloqot va uning asosiy xususiyatlari, samarali muloqotning psixologik aspektlari, muloqotga o`rgatishga oid psixologik mashqlar, samarali muloqotning psixologik vositalarini o`rganish ishbilarmonlik faoliyatida asosiy o`rinni egallamoqda. Muloqot psixologiyasi fani muloqotning yuqorida keltirilgan va boshqa jihatlarini nazariy va amaliy jihatdan chuqur o`rganishga yordam beradi. Shuningdek talabalarda muloqot psixologiyasi bo`yicha amaliy ko`nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Munosabat - odamlar o`rtasida, birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan boglanishlar rivojlanishining ko`p qirrali jarayonidir. Munosabatga kirishuvchilarning o`zaro birgalikdagi harakati nutq jarayonida faqat so`zlar bilan emas, balki xatti-harakatlar bilan xam ayirboshlashdan iborat. Muloqot - faqat insonlarga xos bo`lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir-birlariga nimanidir aytish istagi tug`iladi. Muloqot - odamlar o`rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog`lanishlar rivojlanishining ko`p qirrali jarayonidir. Muloqot birgalikda faoliyat ko`rsatuvchilar o`rtasida axborot ayirboshlashni o`z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Muloqotning quyidagi tomonlarini ko`rib chiqamiz: 1-shakl Muloqotning kommunikativ tomoni - ya‟ni muloqotga kirishuvchilar o`rtasidagi ma‟lumot va axborotlar almashinuvi jarayoni. Muloqotning kommunikativ tomoni deyilganda, uning shaxslararo axborotlar, bilimlar, g`oyalar, fikrlar almashinuvi jarayoni sifatidagi vazifalari nazarda tutiladi. Ma‟lumki, aloqa vositasi sifatida nutqning asosan ikki turi farqlanadi: og`zaki nutq; yozma nutq. Og`zaki nutqning o`zi 2 turga bo`linadi: muloqot kommunikativ interaktiv perseptiv 113 1) og`zaki nutqning eng sodda turi - dialog, ya‟ni allaqanday masalalarni birgalikda muhokama qilayotgan va hal etilayotgan hamsuxbatlar tomonidan olib boriladigan suxbat hisoblanadi. 2) og`zaki nutqning ikkinchi bir turi - monolog nutq bo`lib, uni bitta kishi boshqasiga yoki uni tinglayotgan ko`plab kishilarga qarata gapiradi: bunga o`qituvchining hikoyasi, o`quvchining javobi, doklad va shu kabilar kiradi. Nutqning psixologik xarakteristikasi NUTQNING XUSUSIYATLARI IFODALILIGI TA‟SIRCHANLIGI TUSHUNARLILIGI MAZMUNIYLIGI PAND-NASIHAT O‟GIT ILTIMOS BUYRUQ KO‟RSATMA MASLAHAT NUTQNING FUNKSIYALARI IFODALASH TA‟SIR KO‟RSATISH XABAR BERISH BELGILASH NUTQ TURLARI OG‟ZAKI YOZMA ICHKI MONOLOGIK DIALOGIK 114 Muloqot jarayonida odamlar bir-birlarini idrok qilish mexanizmlarini aniqlash borasida qator psixologik qonuniyatlar kuzatilgan. Bunday mexanizmlarga identifikatsiya, refleksiya va stereotipizatsiyalar kiradi. 2-shakl Identifikatsiya Reflektsiya Stereotipizatsiya Identifikatsiya - shunday psixologik hodisaki, bunda suxbatdoshlar bir-birlarini to`g`riroq idrok qilish uchun o`zlarini bir-birlarining o`rniga qo`yib qo`yishga harakat qiladilar. Ya‟ni, o`zidagi bilimlar, tasavvurlar, hislatlar orqali boshqa birovni tushunishga harakat qilish, o`zini birov bilan solishtirish (ongli yoki ongsiz) identifikatsiyadir. Masalan, birinchi marta dars o`tayotgan pedagogning ichki holatini uning xamkasbi yaxshi tushunishi mumkin. Refleksiya - muloqot jarayonida suxbatdoshning pozitsiyasidan turib, o`zini tasavvur qilishdir, ya‟ni refleksiya, boshqa odamning idrokiga taalluqli bo`lib, o`ziga birovning ko`zi bilan qarashga intilishdir. Stereotipizatsiya - odamlar ongida muloqotlar mobaynida shakllanib o`rnashib qolgan, ko`nikib qolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish hollaridir. Ijtimoiy stereotiplar – har bir shaxsda u yoki bu guruhli kishilar haqida shakllangan obrazlardir. Bunday stereotiplar ba‟zan muloqotni to`g`ri yo`nalganligini tahminlasa, boshqa hollarda esa undagi xatoliklarning sababi bo`lishi mumkinligini kuzatilgan. Idrok va tushunish borasidagi bunday xatoliklar kauzal atributsiya (lotinchasiga “kauza”- sabab, “atrebutsio”- bermoq, qo`shib, bo`rttirib bermoq ma‟nosini bildiradi) deb ataladi. Masalan, o`qituvchi bilan hamsuxbat bo`lib qolgan odamda suxbat boshidayoq “hozir odob-axloqdan dars berishni boshlamasmikan” degan shubha paydo bo`lishi mumkin. Bu ham stereotip. Bundan tashqari, odamlar birinchi marta ko`rgan odam to`g`risida tasavvurga ega bo`lish maqsadida uning tashqi qiyofasi bilan xarakteri o`rtasida bog`liqliklar o`rnatishga harakat qiladilar. Muloqotning turli shakllari yoki bosqichlari mavjud bo`lib, dastlabki bosqich - odamning o`z-o`zi bilan muloqotidir. Odamning o`z-o`zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining xarakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o`z-o`zi bilan hadeb muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o`zini chetga tortib, tortinib yursa, demak, u boshqalar bilan suxbatlashishda, til topishishda jiddiy Muloqot jarayonida idrok qilish mexanizmlari 115 qiyinchiliklarni boshdan kechiradi. Demak, o`zgalar bilan muloqot – muloqotning ikkinchi bosqichi va ko`rinishidir. Muloqotning hayotimizdagi shakl va ko`rinishlariga kelsak, uning har bir shaxsning hayotiy vaziyatlarga mos keladigan, o`sha vaziyatlardan kelib chiqadigan ko`rinishlari va turlari haqida gapirish mumkin. Lekin umumiy holda, har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda bo`ladi. Odamlarning bir-birlarini to`g`ri idrok qilishlari ularning pertseptiv, ya‟ni hissiy bilish (idrok, sezish) sohasiga aloqador bo`lsa, bir-birlarini tushunishi ularning tafakkur sohalariga bevosita taalluqli bo`lib, murakkab jarayondir. Boshqa odamni to`g`ri tushungan shaxs uning hissiy holatiga kira olgan hisoblanadi, boshqacha qilib aytganda, unda empatiya – birovlarning his kechinmalarini tushuna olish qobiliyati rivojlangan bo`ladi. Yuksak ongli, madaniyatli, shaxsgina boshqalarni to`g`ri tushuna olishi mumkin. Agar rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq- atvor normalaridan kelib chiqsa, masalan, rahbarning o`z qo`l ostida ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti, professorning talaba bilan muloqoti, o`qituvchining o`quvchisi bilan muomalasi va hokazo, norasmiy muloqat – bu odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o`sha suxbatdoshlarning fikr-o`ylari, niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. Ko`pgina olimlar muloqotning inson hayotidagi ahamiyatiga to`xtalib o`tar ekanlar, uning qator vazifalari hamda funktsiyalarini ajratadilar: 3-shakl Muloqot kishilar o`rtasidagi psixologik kontakt bo`lib, bunda o`zaro bir-biriga ta‟sir, axborot, yangiliklar bilan almashinuv sodir bo`ladi. Muloqot faqat axborot almashinuvigina emas, bu shaxslararo ta‟sir hamda odamlarning bir-birini tushunishi hamdir. SHunga ko`ra muloqotni verbal va noverbal vosita sifatida ko`rib chiqish mumkin. Muloqotning verbal vositasi til va nutq hisoblanadi: til - so`z belgilari sitemasi; nutq - so`z belgilari foydalanadigan tovushli, yozuvli signallar sistemasi. Verbal kommunikatsiyada inson nutqi belgilari tizimi sifatida qo`llaniladi. Nutq - inson tomonidan qo`llaniladigan tovushlar signallari yoki yozma belgilardan iborat bo`lib, ular orqali muloqotdan olingan ma‟lumot qayta ishlanadi, saqlanadi va uzatiladi. Muloqotnining funksiyalari Ma‟lumotlar almashinuvi Xulq-atvorni boshqarish Hissiyotlar almashinuvi 116 Nutq universal kommunikatsiya vositasi bo`lib, u orqali uzatilishi lozim bo`lgan ma‟lumot o`zining mantiqiy mazmunini saqlab qoladi. Muloqotning noverbal vositalari deb aft, qo`l harakati, mimika, patomimika, predmetlar bilan almashish, foto, rasm, «ko`z orqali kontakt» va hokazolarga aytiladi. Muloqotning noverbal vositalarining milliy hamda hududiy xususiyatlari borligini ham alohida tahkidlab o`tmoq lozim. Masalan, o`zbek xalqining muloqot jarayoni boy, o`zaro munosabatlarining bevosita xarakteri unda shunday vositalarning ko`proq ishlatilishi bilan bog`liq. Bolalarning o`z yig`isi bilan onasiga o`z his-kechinmalari hamda xohishlarini bildirishlari ham bolalarning yosh xususiyatlariga bog`liq. Boshqa millatlar madaniyatiga nazar tashlanadigan bo`lsa, ularda ham bahzi bir muloqot vositalarning turli millatlarda turli maqsadlarda ishlatilishining guvohi bo`lish mumkin. Bolgarlar agar biron narsa bo`yicha fikrni tasdiqlamoqchi bo`lishsa, boshlarini u yoq-bu yoqqa chayqashar, inkor qilishmoqchi bo`lsa-chi, aksincha, bosh siltashar ekan. Ma‟lumki, o`zbeklar, ruslar va bir qator boshqa millatlarda buning aksi, “yo`q” deyish yoki norozilikni bildirish uchun bosh sarak-sarak qilinadi. Noverbal muloqotda suxbatdoshlarning fazoviy joylashuvlari ham katta ahamiyatga ega. Masalan, ayollar ko`proq hissiyotlarga boy bo`lganliklari sababli, suxbatlashayotganlarida bir-birlariga yaqin turib gaplashadilar, erkaklar o`rtasida esa doimo fazoviy masofa bo`ladi. Olimlarning aniqlashlaricha, bolalarni odatdagiday orqama-ketin o`tqazib o`qitgandan ko`ra, ularni yuzma-yuz o`tqazib davra qilib o`qitgan mahqul, chunki bunday sharoitda o`quvchilarda ham javobgarlik hissi yuqoriroq bo`ladi, emotsiyalar almashinishgani uchun ham guruhdagi psixologik vaziyat ijobiy bo`ladi hamda bolalarning predmetga va bir-birlariga bo`lgan munosabatlarida samarali natijalarga erishish mumkin. Kommunikativ muloqot jarayonda o`zaro munosabatga kirshuvchilarni bir- birlarini tushunishlari juda muhimdir. Bunda nutqning quyidagi muhim xususiyatlari paydo bo`ladi: mazmundorlik, tushunarlilik, ifodalilik, ta’sirchanlik. So`zning mohiyati haqida Sahdiy (1210 – 1292): “Aqillimisan yoki ahmoq, kattamisan yo kichik, buni biron so`z aytmaganingcha bila olmaymiz” degan edi. Halqimizda shunday ibratli ibora bor: “Inson aqlu-farosati – uning nutqini aniqligida namoyon bo`ladi”. jestlar - insonning qo`l harakatlari bo`lib, u orqali insonning ichki holati, biror bir obg‟ektga munosabati va tashqi olamga yo`nalganligi ifodalanadi. U yoki bu halqlarda jestlar turlicha qabul qilinadi. Italiyaliklar va frantsuzlar o`z muloqotlarini jestlarsiz tassavur eta olmaydilar. O`zbek halqida nutqda jestlardan ko`p foydalanish yaxshi odat sifatida qabul qilinmaydi. Lekin shuni ham tahkidlash lozimki, noverbal kommunikatsiya og`zaki nutqda aytilmay qolgan fikrlarni ifoda etish imkonini beradi. mimika - inson yuz xarakatlarini bir qismi bo`lib, u orqali insonning o`ylari, xatti – xarakatlari, tasavvurlari. Xotiralashi, taajubi va h.k. namoyon bo`ladi. 117 pantomimika - inson tanasi yoki uning qismlari yordamida ifodalanadigan harakatlar tizimidir. Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, kundalik muloqot jarayonida so`zlar 7% ni, tovushlar va intonatsiya 38% ni, nutqsiz muloqot esa 55% ni tashkil etadi. Publitsiy aytganidek biz: “Ovoz bilan gapiramiz, tana bilan suxbatlashamiz”. empatiya – insonni boshqa odam tomonidan tushunilishining o`ziga xos usulidir. Bunda insonni emotsional muammolariga yondoshishi tushuniladi. Bu boshqa odam hissiyotlari va kechinmalariga hamdard bo`la olishdir. Bir tomondan obyektni tushuni, uni o`rniga o`zini qo`ya olish muhim bo`lsa, ikkinchi tomondan uning ichki hissiyotlarini tushunish unga hamdard bo`la olish ham muhimdir. uqtirish - shunday ta‟sir usulki, unda maqsadga qaratilgan ta‟sir insonga inson tomonidan amalga oshiriladi. Iymoni komillik – insonni mustaqil fikr yuritishi va bir fikrga kelishi bo`lib, bunda ma‟lumot qabul qiluvchi ma‟lumot qabul qilibgina qolmay, unga o`z fikri, qarashi va xulosalalrini kiritadi. Iymoni komillik bu aqliy ta‟sir, uqtirish esa emotsional irodaviy ta‟sirdir. Iymoni komillik azalda haqimiz orzusi, mahnaviyatining bir qismi bo`lib kelgan. Bu g`oya buyuk mutafakkirlar Abu Nasr Farobiy, Alisher Navoiy kabilarning asarlarida o`z ifodasini topgan. taqlidchanlik - insonlarni jamoadan tashqarida bir-biriga ta‟sir etish mexanizimi bo`lib, albatta bunda jamoaning roli ham inkor etilmaydi. Uni o`ziga xos xususiyati shundaki, insonlar faqat xususiyatlargagina emas, balki hatti-harakatga taqildni ham namoyon qiladilar. Taqlid bolalik davridagi xos xususiyat bo`lib, u borliqni bilish, anglash va o`zlashtirish sifatida namoyon bo`lidai. Bunda bolalarda to`g`ridan-to`g`ri nusha ko`chirish motivlashgan taqlidchanlik kuzatiladi. Ko`p hollarda kattalarda taqlidchanlik ta‟sirning boshqa usuliga o`tmagan hollarda ishlatiladi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling