Psixologiya


“Muammo” organayzerini to„ldiring


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana28.07.2020
Hajmi1.66 Mb.
#125014
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
psixologiya fanidan barcha jonalish 3 kurs talabalari uchun oquv-uslubij qollanma


“Muammo” organayzerini to„ldiring  
 
SHaxs  borasidagi  hissiy  holatlarga  doir    muammoli  masalalarni  echimini  topishga  yordam 
beradi va “Muammo” usuli orqali muammo hal qilinadi.  
 
Muammoning turi  
Muammoning kelib chiqish 
sabablari  
Muammoni echish yo„llari 
va sizning harakatingiz  
Asosiy hissiy holatlarni keltirib 
chiqaruvchi sababalarni 
ko„rsating  
 
 
 
 
                                                                                                                                           
 
                                                                o„quv topshiriq 
 “Tushunchalar tahlili ” organayzerini to„ldiring  
Muhim muammoning echimini topishga yordam beradi va  “Tushunchalar tahlili” usuli orqali 
muammo hal qilinadi.  

  1-guruh  
Tushunchalar  
Mazmuni  
Hissiyot 
 
Emotsiya 
 
Talabchanlik  
 
 Kayfiyat 
 
Iroda 
 

  2-guruh 
Tushunchalar  
Mazmuni  
Affekt 
 
Stress 
 
Ehtiros  
 
Muhabbat 
 
           
 
                                         

107 
 
                                                      Blits savollar 
*Hissiyot nima ?  
*Affekt nima ? 
*Ehtiros nima? 
*Hissiy holatlarni aytib bering ? 
*Stressning lug`aviy ma`nosi qanday ? 
*Iroda tushunchasining mazmunini izohlang?  
*Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari nimalarda ko„rinadi?  
*Iroda nazariyalarining mohiyatiga ta‟rif bering?  
*Irodaviy akt va uning tuzilishini mazmunini ko„rsating?  
*Shaxsning irodaviy sifatlariga nimalar kiradi?  
*Irodaning individual xususiyatlarining mazmunini izohlang? 
 
                                           
                                  
                                                    Mavzuga oid  test savollari  
1.  ..............  tashqi    olamdagi  narsa  va  hodisalarga  nisbatan  bo„lgan  munosabatlarimizning  va  bu 
munosabatlarimizdan  hosil  bo„ladigan  ichki  kechinmalarimizning  ongimizda  aks  ettirilishiga 
aytiladi. 
A)kayfiyat  
   B)ehtiros  
*V)hissiyot 
 G)affekt 
D)stress 
2.Unchalik kuchli bo„lmagan lekin juda uzoq vaqt davom etadigan hissiy holat bu............... 
*A)kayfiyat    
 B)ehtiros   
V)hissiyot  
G)affekt  
D)stress 
3. ................to„satdan paydo bo„lib tez orada o„tib ketadigan nihoyatda kuchli holatdir. 
A)kayfiyat   
  B)ehtiros  
V)hissiyot  
*G)affekt 
D)stress 
4.............uzoq davom etadigan anchagina kuchli hissiy holatdir. 
A)kayfiyat 
    *B)ehtiros  
V)hissiyot 
 G)affekt  
D)stress 
5................bu  oddiy  psixik  holat  bo„lib  u  inson  organizmini  umumiy  holatidan  yuzaga  keladi  va 
ehtiyojlarni qondirish  jarayonida mavjud bo„ladi. 
*A)emotsiya 
 B)kayfiyat 
V)stress 
 G)hissiyot  
D)affekt 
6.His-tuyg„u psixik holat bo„lib u qanday xususiyatlar bilan belgilanadi. 

108 
 
A)qoniqish yoki qoniqmaslik holatini mavjud bo„lishi;  
B)ijobiy va salbiy hislar;  
V)nerv keskinligini yuzaga kelishi va keskinlikni yumshatish; 
*G) barcha javoblar to„g„ri 
D) to„g„ri javob berilmagan 
7.Emotsional holatlarning xususiyatlari qaysi qatorda to„g„ri ko„rsatilgan? 
A)shaxsni ob‟ektga ijobiy munosabati; 
B)salbiy munosabati; 
V)ikkilamchi munosabat
*G) barcha javoblar to„g„ri 
D) to„g„ri javob berilmagan 
8.His-tuyg„uni yuzaga keltiruvchi sabab bu............... 
A)faollik 
 B)qo„zg„atuvchi kuch 
 V)kuchli ta‟sirot  
*G)stimul 
D)motivatsion doira 
 9.Faolligiga ko„ra hislar qanday turlarga ajratiladi? 
 A)kuchli va kuchsiz, ijobiy va salbiy  
B) mimika va pantomimika  
V)apatiya va ekspressiya 
*G)astenik va stenik 
D)salbiy va ijobiy 
10.Inson faolligini oshiruvchi uni umumiy energiyasiga asos soluvchi hislar bu................ 
A)astenik 
 B)apatiya  
*V)stenik  
G)ekspressiya 
 D)mimika  
11.SHaxsdagi faollikni ortga qaytaruvchi hislar bu.............. 
*A)astenik 
 B)apatiya 
 V)stenik 
G)ekspressiya  
D)mimika  
12.SHaxsdagi befarqlik,beparvolik holati bu.............. 
A)astenik 
 *B)apatiya 
 V)stenik  
G)ekspressiya 
 D)mimika  
13.............................. hislarning spetsifik namoyon bo„lishi                   bo„lib, u ovozdan mimika 
pantomimika yig„i, kulguda namoyon bo„ladi.  
A) astenik 
B) apatiya 
V) stenik 
*G) eksperssiya 
D) mimika 

109 
 
14............................insonni  yuz  tuzilishida  ifodalanishi  bo„lib  bunda  idrok  etilayotgan  narsaga 
nisbatan munosabat aks etadi  
A) astenik 
B) stenik 
V) mimika* 
G) pantomimika 
D) eksperssiya 
15..........................emotsional holat bo„lib u biror bir maqsadiga intilganda yuzaga keladi  
A) ko„tarinkilik* 
B) astenik 
V) stenik 
G) pantomimika 
D) eksperssiya 
16. Munozarada asabiylashib affektiv holatga tushgan kishini tilini og„iz bo„shlig„ida 10 marotaba 
aylantirishini tavsiya etadi. Mazkur fikr kaysi olim tomonidan ilgari surilgan  
A) L. N. Tolstoy 
B) I .M. Sechenov 
V) I. S. Turgenov  
G) I. P. Pavlov 
D) G. Sele 
17.....................ular  jamiyat  ahloq  normalariga  bo„ysunishi  yoki  bo„ysunmaslik  bilan  namoyon 
bo„ladi  
A) axloqiy hislar* 
B) intellektual hislar 
V) praksis hislar 
G) estetik hislar 
D) to„g„ri javob berilmagan 
18..........................inson tomonidan bilish faoliyati jarayonini his etish holatidir  
A) axloqiy hislar 
B) intellektual hislar* 
V) praksis hislar 
G) estetik hislar 
D) to„g„ri javob berilmagan 
19.  Vatanparvarlik,  milliy  g„urur,  tilga  hurmat,  milliy  qadriyatlarga  hurmat  kabilar  qaysi  hislar 
tarkibiga kiradi? 
A) axloqiy hislar* 
B) intellektual hislar 
V) praksis hislar 
G) estetik hislar 
D) to„g„ri javob berilmagan 
20.  Bu  his  hayrat  qiziqish  quvonch  g„urur  yangilikka  intilish  kabi  hislar  qanday  hislar  tarkibiga 
kiradi 
A) axloqiy hislar 
B) intellektual hislar* 
V) praksis hislar 
G) estetik hislar 
D) to„g„ri javoblar berilmagan 

110 
 
21. ..................  ijobiy  hislar bo„lib,  go„zal  predmetlar ular orasidagi  munosabatni aks  etish  bilan 
ifodalanadi 
A) axloqiy hislar 
B) intellektual hislar 
V) estetik hislar* 
G) praksis xislar 
D) to„g„ri javob berilmagan 
22...................faoliyat  natijasida  yuzaga  kelib  ish  jarayonida  o„zgaradi  ishni  muvaffaqiyati 
qiynchilikni tugallanganligiga bog„liq bo„ladi  
A) axloqiy hislar 
B) intellektual hislar 
V) estetik hislar 
G) praksis hislar* 
D) to„g„ri javob berilmagan 
23.  Emotsiya  oraliq  jarayonlari  sub‟ektiv  aks  etish  bo„lib,  u  ixtiyoriy  harakatga  qodir  va  
organizmda  yuzaga  keladi  deb  ta‟kidlaydi  Mazkur  nazariyaning  muallifi  qaysi  qatorda 
ko„rsatilgan.  
A) A. N. Luk 
B) Djeyms-Lange 
V) Kenon-Bard   
G) Yorks- Dodason 
D) I. P. Pavlov 
24.  «  Biz  yig„laganimiz  uchun  xafa  bo„lmaymiz,  qaltiraganimiz  uchun  qo„rqamiz,  kulganimiz 
uchun xursand bo„lamiz » mazkur fikr asosachilari qaysi qatorda ko„rsatilgan. 
A) A. N. Luk 
B) Djeyms-Lange 
V) Kenon-Bard 
G) Yorks- Dodason 
D) I. P. Pavlov 
25. Emotsiya signallarini qayta tiklash va uni organizmda aks etishidir, mazkur nazariya muallifi 
qaysi qatorda ko„rsatilgan.  
A) A. N. Luk 
B) Djeyms-Lange* 
V) Kenon-Bard 
G) Yorks- Dodason 
D) I. P. Pavlov 
26.  Emotsional  qozgatuvchanlik  bilan  insonni  ijobiy  faoliyati  orasida  egri  chiziqli 
qo„ng„iroqsimon bog„liqlik  mavjud. Mazkur nazariya muallifi qaysi katorda ko„rsatilgan.  
A) A. N. Luk 
B) Djeyms-Lange 
V) Kenon-Bard 
G) Yorks- Dodason 
D) I. P. Pavlov 
27. Steress tushunchasini fanga kiritgan olim qaysi qatorda ko„rsatilgan? 
A) A. N. Luk 
B) Djeyms-Lange 
V) Kenon-Bard 
G) Yorks- Dodason 

111 
 
D)Gann Sele* 
28. Steress so„zining lug„aviy ma‟nosi qaysi qatorda ko„rsatilgan  
A) jiddiylik, keskinlik, zo„riqish* 
B) kuchli hissiy zo„riqish  
V) shiddatli jo„shqin. 
G) o„xshashlik. 
D) belgi, alomat, tuzilma  
  
 
 
 
6-Mavzu: MULOQOT VA SHAXSLARARO 
MUNOSABATLAR   PSIXOLOGIYASI 
     REJA: 
1.Muloqot  to‟g‟risida umumiy tushuncha   
2.Muloqotning  psixologik va pedagogik xususiyatlari   
3.Muloqot  turlari   
4.Muloqot va shaxslararo ziddiyatlar. Nizolar psixologiyasi   
5.Ijtimoiy psixologik treninglar   
 Asosiy tayanch tushunchalar. 
Muloqot  madaniyati,  munosabat,  kommunikativ,  interaktiv,  pertseptiv, 
dialog,  monolog,  ekspektatsiya,  identifikatsiya,  refleksiya,  stereotipizatsiya, 
empatiya,  verbal,  noverbal,  jest,  mimika,  pantomimika,  demokratik,    avtoritar, 
liberal,  konstruktiv,  destruktiv,  kommunikatsiya, konfrontatsiya, trening. 
 
Mashg„ulotni o„tkazish joyi: auditoriya 
Mashg„ulotning jihozlanishi: tarqatma materiallar,texnik vositalar 
Mashg„ulotning davomiyligi: 2 soat 
Mashg„ulotning maqsadi:   Talabalarda umumiy psixologik tushunchalar,  shaxsning 
o„zida kechadigan ijtimoiy-psixologik jarayonlar,shaxsni psixologik  tadqiq  kilish usullari 
haqida tushunchaga ega bolishi,psixik faoliyatning asosiy qonunini belgilash, uning 
rivojlanish yo‟llarini aniqlash, har bir psixik  jarayonning  asosida qanday mexanizm 
borligi, uning o‟zgarish jarayonlarini ochib berish masalalarini  tushuntirish va ularda 
amaliy ko„nikmalarni shakllantirish.
 
Nutq haqida tushuncha ichki va tashqi nutq,og„zaki va 
yozma nutq tasnifi, nutqiy qobiliyatlar haqidagi bilimlarni shakllantirish. 
Kutilayotgan natija:   Talabalar  insonning  sog„lom ruhiyati uning har bir faoliyati uchun 
zarur ekanligini tushunib etishlari, psixologik  bilimlarning o‟rni va ahamiyati haqida 
amaliy ko‟nikmalarga ega bo‟lishi lozim. Talabalarga muloqot,nutq haqida tushuncha ichki 
va tashqi nutq,og„zaki va yozma nutq tasnifi, nutqiy qobiliyatlar haqida dastlabki 
ma‟lumotlar  zahirasini  berish hamda mazkur  jihatlar psixologiya sohasining o„rganish 
ob‟ekti ekanligini asoslab berildi.  
  

112 
 
Mashg„ulot mazmuni: 
Nazariy qism: 
 
 
  
            Muloqot to‟g‟risida umumiy tushuncha. 
Hozirgi  kunda  ijtimoiy  amaliyotda  muloqot  va  shaxslararo  munosabatlar 
muammosi  muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Muloqot  va  uning  asosiy  xususiyatlari, 
samarali  muloqotning  psixologik  aspektlari,  muloqotga  o`rgatishga  oid  psixologik 
mashqlar,  samarali  muloqotning  psixologik  vositalarini  o`rganish  ishbilarmonlik 
faoliyatida  asosiy  o`rinni  egallamoqda.  Muloqot  psixologiyasi  fani  muloqotning 
yuqorida  keltirilgan  va  boshqa  jihatlarini  nazariy  va  amaliy  jihatdan  chuqur 
o`rganishga  yordam  beradi.  Shuningdek  talabalarda  muloqot  psixologiyasi  bo`yicha 
amaliy ko`nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. 
Munosabat  -  odamlar  o`rtasida,  birgalikdagi  faoliyat  ehtiyojlaridan  kelib 
chiqadigan  boglanishlar  rivojlanishining  ko`p  qirrali  jarayonidir.  Munosabatga 
kirishuvchilarning  o`zaro  birgalikdagi  harakati  nutq  jarayonida  faqat  so`zlar  bilan 
emas, balki xatti-harakatlar bilan xam ayirboshlashdan iborat.  
Muloqot - faqat insonlarga xos bo`lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida 
bir-birlariga nimanidir aytish istagi tug`iladi.  Muloqot - odamlar o`rtasida birgalikdagi 
faoliyat  ehtiyojlaridan  kelib  chiqadigan  bog`lanishlar  rivojlanishining  ko`p  qirrali 
jarayonidir. 
Muloqot 
birgalikda 
faoliyat 
ko`rsatuvchilar 
o`rtasida 
axborot 
ayirboshlashni  o`z  ichiga  oladi.  Bunda  munosabatning  kommunikativ  jihati  hisobga 
olinadi. Muloqotning quyidagi tomonlarini ko`rib chiqamiz:  
 
1-shakl 
 
 
 
 
 
 
 
 
Muloqotning kommunikativ tomoni - ya‟ni muloqotga kirishuvchilar o`rtasidagi 
ma‟lumot  va  axborotlar  almashinuvi  jarayoni.  Muloqotning  kommunikativ  tomoni 
deyilganda,  uning  shaxslararo  axborotlar,  bilimlar,  g`oyalar,  fikrlar  almashinuvi 
jarayoni  sifatidagi  vazifalari  nazarda  tutiladi.  Ma‟lumki,  aloqa  vositasi  sifatida 
nutqning asosan ikki turi farqlanadi:  

  og`zaki nutq; 

  yozma nutq.  
Og`zaki nutqning o`zi 2 turga bo`linadi: 
            muloqot 
 
kommunikativ
 
 
 
     interaktiv 
 
 
      perseptiv
 
 
 

113 
 
1)  og`zaki  nutqning  eng  sodda  turi  -  dialog,  ya‟ni  allaqanday  masalalarni 
birgalikda  muhokama  qilayotgan  va  hal  etilayotgan  hamsuxbatlar  tomonidan  olib 
boriladigan suxbat hisoblanadi. 
2) og`zaki  nutqning  ikkinchi  bir  turi  -  monolog  nutq  bo`lib,  uni  bitta  kishi 
boshqasiga  yoki  uni  tinglayotgan  ko`plab  kishilarga  qarata  gapiradi:  bunga 
o`qituvchining hikoyasi, o`quvchining javobi, doklad va shu kabilar kiradi.  
                                 Nutqning psixologik xarakteristikasi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
NUTQNING 
XUSUSIYATLARI 
 
IFODALILIGI 
 
TA‟SIRCHANLIGI 
 
TUSHUNARLILIGI 
 
MAZMUNIYLIGI  
PAND-NASIHAT 
O‟GIT 
ILTIMOS 
BUYRUQ 
KO‟RSATMA  
MASLAHAT  
NUTQNING  
FUNKSIYALARI 
IFODALASH 
TA‟SIR 
KO‟RSATISH  
XABAR BERISH  
BELGILASH 
NUTQ  TURLARI  
OG‟ZAKI 
YOZMA 
ICHKI 
MONOLOGIK 
DIALOGIK 

114 
 
 
 
 
Muloqot  jarayonida  odamlar  bir-birlarini  idrok  qilish  mexanizmlarini  aniqlash 
borasida  qator  psixologik  qonuniyatlar  kuzatilgan.  Bunday  mexanizmlarga 
identifikatsiya, refleksiya va stereotipizatsiyalar kiradi.  
2-shakl 
 
 
 
 
    Identifikatsiya       
         Reflektsiya      
             Stereotipizatsiya 
Identifikatsiya  -  shunday  psixologik  hodisaki,  bunda  suxbatdoshlar  bir-birlarini 
to`g`riroq idrok qilish uchun o`zlarini bir-birlarining o`rniga qo`yib qo`yishga harakat 
qiladilar.  Ya‟ni,  o`zidagi  bilimlar,  tasavvurlar,  hislatlar  orqali  boshqa  birovni 
tushunishga  harakat  qilish,  o`zini  birov  bilan  solishtirish  (ongli  yoki  ongsiz) 
identifikatsiyadir.  Masalan,  birinchi  marta  dars  o`tayotgan  pedagogning  ichki  holatini 
uning xamkasbi yaxshi tushunishi mumkin.   
Refleksiya  -  muloqot  jarayonida  suxbatdoshning  pozitsiyasidan  turib,  o`zini 
tasavvur  qilishdir,  ya‟ni  refleksiya,  boshqa  odamning  idrokiga  taalluqli bo`lib, o`ziga 
birovning ko`zi bilan qarashga intilishdir.  
Stereotipizatsiya  -  odamlar  ongida  muloqotlar  mobaynida  shakllanib  o`rnashib 
qolgan, ko`nikib qolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish hollaridir. Ijtimoiy 
stereotiplar – har bir shaxsda u yoki bu guruhli kishilar haqida shakllangan obrazlardir. 
Bunday  stereotiplar  ba‟zan  muloqotni  to`g`ri  yo`nalganligini  tahminlasa,  boshqa 
hollarda  esa  undagi  xatoliklarning  sababi  bo`lishi  mumkinligini  kuzatilgan.  Idrok  va 
tushunish  borasidagi  bunday  xatoliklar  kauzal  atributsiya  (lotinchasiga  “kauza”- 
sabab,  “atrebutsio”-  bermoq,  qo`shib,  bo`rttirib  bermoq  ma‟nosini  bildiradi)  deb 
ataladi. Masalan, o`qituvchi bilan hamsuxbat bo`lib qolgan odamda suxbat boshidayoq 
“hozir  odob-axloqdan  dars  berishni  boshlamasmikan”  degan  shubha  paydo  bo`lishi 
mumkin.  Bu  ham  stereotip.  Bundan  tashqari,  odamlar  birinchi  marta  ko`rgan  odam 
to`g`risida  tasavvurga  ega  bo`lish  maqsadida  uning  tashqi  qiyofasi  bilan  xarakteri 
o`rtasida bog`liqliklar o`rnatishga harakat qiladilar.  
Muloqotning  turli  shakllari  yoki  bosqichlari  mavjud  bo`lib,  dastlabki  bosqich  - 
odamning  o`z-o`zi  bilan  muloqotidir.  Odamning  o`z-o`zi  bilan  muloqoti  aslida  uning 
boshqalar  bilan  muloqotining  xarakterini  va  hajmini  belgilaydi.  Agar  odam  o`z-o`zi 
bilan  hadeb  muloqot  qilishni  odat  qilib  olib,  doimo  jamiyatdan  o`zini  chetga  tortib, 
tortinib  yursa,   demak,  u  boshqalar  bilan  suxbatlashishda,  til  topishishda  jiddiy 
Muloqot jarayonida  idrok qilish 
mexanizmlari 
 

115 
 
qiyinchiliklarni  boshdan  kechiradi.  Demak,  o`zgalar  bilan  muloqot  –  muloqotning 
ikkinchi bosqichi va ko`rinishidir. Muloqotning hayotimizdagi shakl va ko`rinishlariga 
kelsak,  uning  har  bir  shaxsning  hayotiy  vaziyatlarga  mos  keladigan,  o`sha 
vaziyatlardan  kelib  chiqadigan  ko`rinishlari  va  turlari  haqida  gapirish  mumkin.  Lekin 
umumiy holda, har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda bo`ladi.  
Odamlarning  bir-birlarini  to`g`ri  idrok  qilishlari  ularning  pertseptiv,  ya‟ni  hissiy 
bilish (idrok, sezish) sohasiga aloqador bo`lsa, bir-birlarini tushunishi ularning tafakkur 
sohalariga  bevosita  taalluqli  bo`lib,  murakkab  jarayondir.  Boshqa  odamni  to`g`ri 
tushungan  shaxs  uning  hissiy  holatiga  kira  olgan  hisoblanadi,  boshqacha  qilib 
aytganda,  unda  empatiya  –  birovlarning  his  kechinmalarini  tushuna  olish  qobiliyati 
rivojlangan bo`ladi. Yuksak ongli, madaniyatli,  shaxsgina boshqalarni to`g`ri tushuna 
olishi mumkin.  
Agar rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-
atvor  normalaridan  kelib  chiqsa,  masalan,  rahbarning  o`z  qo`l  ostida  ishlayotgan 
xodimlar  bilan  muloqoti,  professorning  talaba  bilan  muloqoti,  o`qituvchining 
o`quvchisi  bilan  muomalasi  va  hokazo,  norasmiy  muloqat  –  bu  odamning  shaxsiy 
munosabatlariga  tayanadi  va  uning  mazmuni  o`sha  suxbatdoshlarning  fikr-o`ylari, 
niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi.  
Ko`pgina olimlar muloqotning inson hayotidagi ahamiyatiga to`xtalib o`tar ekanlar, 
uning qator vazifalari hamda funktsiyalarini ajratadilar:  
 3-shakl 
 
 
 
 
 
 
Muloqot  kishilar  o`rtasidagi  psixologik  kontakt  bo`lib,  bunda  o`zaro  bir-biriga 
ta‟sir,  axborot,  yangiliklar  bilan  almashinuv  sodir  bo`ladi.  Muloqot  faqat  axborot 
almashinuvigina  emas,  bu  shaxslararo  ta‟sir  hamda  odamlarning  bir-birini  tushunishi 
hamdir.  SHunga  ko`ra  muloqotni    verbal  va  noverbal  vosita  sifatida  ko`rib  chiqish 
mumkin. Muloqotning verbal vositasi til va nutq hisoblanadi: 

  til - so`z belgilari sitemasi; 

  nutq - so`z belgilari foydalanadigan tovushli, yozuvli signallar sistemasi. 
 Verbal kommunikatsiyada inson nutqi belgilari tizimi sifatida qo`llaniladi. Nutq 
-  inson  tomonidan  qo`llaniladigan  tovushlar  signallari  yoki  yozma  belgilardan  iborat 
bo`lib,  ular  orqali  muloqotdan  olingan  ma‟lumot  qayta  ishlanadi,  saqlanadi  va 
uzatiladi.  
Muloqotnining funksiyalari 
Ma‟lumotlar 
almashinuvi  
 
Xulq-atvorni 
boshqarish 
 
Hissiyotlar 
almashinuvi 
 

116 
 
Nutq universal kommunikatsiya vositasi bo`lib, u orqali uzatilishi lozim bo`lgan 
ma‟lumot o`zining mantiqiy mazmunini saqlab qoladi.  
Muloqotning  noverbal  vositalari  deb  aft,  qo`l  harakati,  mimika,  patomimika, 
predmetlar bilan almashish, foto, rasm, «ko`z orqali kontakt» va hokazolarga aytiladi. 
Muloqotning noverbal vositalarining milliy hamda hududiy xususiyatlari borligini ham 
alohida  tahkidlab  o`tmoq  lozim.  Masalan,  o`zbek  xalqining  muloqot  jarayoni  boy, 
o`zaro  munosabatlarining  bevosita  xarakteri  unda  shunday  vositalarning  ko`proq 
ishlatilishi  bilan  bog`liq.  Bolalarning  o`z  yig`isi  bilan  onasiga  o`z  his-kechinmalari 
hamda xohishlarini bildirishlari ham bolalarning yosh xususiyatlariga bog`liq. 
Boshqa  millatlar  madaniyatiga  nazar  tashlanadigan  bo`lsa,  ularda  ham  bahzi  bir 
muloqot vositalarning turli millatlarda turli maqsadlarda ishlatilishining guvohi bo`lish 
mumkin.  Bolgarlar  agar  biron  narsa  bo`yicha  fikrni  tasdiqlamoqchi  bo`lishsa, 
boshlarini u  yoq-bu  yoqqa  chayqashar, inkor qilishmoqchi   bo`lsa-chi, aksincha, bosh 
siltashar ekan. Ma‟lumki, o`zbeklar, ruslar va bir qator boshqa millatlarda buning aksi, 
“yo`q” deyish yoki norozilikni bildirish uchun bosh sarak-sarak qilinadi. 
Noverbal muloqotda suxbatdoshlarning fazoviy joylashuvlari ham katta ahamiyatga 
ega. 
Masalan, 
ayollar 
ko`proq 
hissiyotlarga 
boy 
bo`lganliklari 
sababli, 
suxbatlashayotganlarida  bir-birlariga  yaqin  turib  gaplashadilar,  erkaklar  o`rtasida  esa 
doimo fazoviy masofa bo`ladi.  
Olimlarning  aniqlashlaricha,  bolalarni  odatdagiday  orqama-ketin  o`tqazib 
o`qitgandan  ko`ra,  ularni  yuzma-yuz  o`tqazib  davra  qilib  o`qitgan  mahqul,  chunki 
bunday  sharoitda  o`quvchilarda  ham  javobgarlik  hissi  yuqoriroq  bo`ladi,  emotsiyalar 
almashinishgani  uchun  ham  guruhdagi  psixologik  vaziyat  ijobiy  bo`ladi  hamda 
bolalarning  predmetga  va  bir-birlariga  bo`lgan  munosabatlarida  samarali  natijalarga 
erishish mumkin.  
Kommunikativ  muloqot  jarayonda  o`zaro  munosabatga  kirshuvchilarni  bir-
birlarini  tushunishlari  juda  muhimdir.  Bunda  nutqning  quyidagi  muhim  xususiyatlari 
paydo bo`ladi:  

 
mazmundorlik, tushunarlilik, ifodalilik, ta’sirchanlik. So`zning mohiyati 
haqida  Sahdiy  (1210  –  1292):  “Aqillimisan  yoki  ahmoq,  kattamisan  yo  kichik,  buni 
biron so`z aytmaganingcha bila olmaymiz” degan edi. Halqimizda shunday ibratli ibora 
bor: “Inson aqlu-farosati – uning  nutqini aniqligida namoyon bo`ladi”.  

  jestlar - insonning qo`l harakatlari bo`lib, u orqali insonning ichki holati, 
biror bir obg‟ektga munosabati va tashqi olamga yo`nalganligi ifodalanadi. U yoki bu 
halqlarda  jestlar  turlicha  qabul  qilinadi.  Italiyaliklar  va  frantsuzlar  o`z  muloqotlarini 
jestlarsiz tassavur eta olmaydilar.  
O`zbek  halqida  nutqda  jestlardan  ko`p  foydalanish  yaxshi  odat  sifatida  qabul 
qilinmaydi.  Lekin  shuni  ham  tahkidlash  lozimki,  noverbal  kommunikatsiya  og`zaki 
nutqda aytilmay qolgan fikrlarni ifoda etish imkonini beradi. 

  mimika  -  inson  yuz  xarakatlarini  bir  qismi  bo`lib,  u  orqali  insonning 
o`ylari, xatti – xarakatlari, tasavvurlari. Xotiralashi, taajubi va h.k. namoyon bo`ladi.  

117 
 

  pantomimika - inson tanasi yoki uning qismlari yordamida ifodalanadigan 
harakatlar  tizimidir.  Tadqiqotlar  shuni  ko`rsatadiki,  kundalik  muloqot  jarayonida 
so`zlar  7%  ni,  tovushlar  va  intonatsiya  38%  ni,  nutqsiz  muloqot  esa  55%  ni  tashkil 
etadi. Publitsiy aytganidek biz: “Ovoz bilan gapiramiz, tana bilan suxbatlashamiz”. 

  empatiya  –  insonni  boshqa  odam  tomonidan  tushunilishining  o`ziga  xos 
usulidir. Bunda insonni emotsional muammolariga yondoshishi tushuniladi. Bu boshqa 
odam  hissiyotlari  va  kechinmalariga  hamdard  bo`la  olishdir.  Bir  tomondan  obyektni 
tushuni,  uni  o`rniga  o`zini  qo`ya  olish  muhim  bo`lsa,  ikkinchi  tomondan  uning  ichki 
hissiyotlarini tushunish unga hamdard bo`la olish ham muhimdir.  

  uqtirish  -  shunday  ta‟sir  usulki,  unda  maqsadga  qaratilgan  ta‟sir  insonga 
inson tomonidan amalga oshiriladi. Iymoni komillik – insonni mustaqil fikr yuritishi va 
bir  fikrga  kelishi  bo`lib,  bunda  ma‟lumot  qabul  qiluvchi  ma‟lumot  qabul  qilibgina 
qolmay, unga o`z fikri, qarashi va xulosalalrini kiritadi. Iymoni komillik bu aqliy ta‟sir, 
uqtirish  esa  emotsional  irodaviy  ta‟sirdir.  Iymoni  komillik  azalda  haqimiz  orzusi, 
mahnaviyatining  bir  qismi  bo`lib  kelgan.  Bu  g`oya  buyuk  mutafakkirlar  Abu  Nasr 
Farobiy, Alisher Navoiy kabilarning asarlarida o`z ifodasini topgan.  

  taqlidchanlik  -  insonlarni  jamoadan  tashqarida  bir-biriga  ta‟sir  etish 
mexanizimi  bo`lib, albatta bunda  jamoaning  roli ham  inkor  etilmaydi. Uni  o`ziga xos 
xususiyati  shundaki,  insonlar  faqat  xususiyatlargagina  emas,  balki  hatti-harakatga 
taqildni  ham  namoyon  qiladilar.  Taqlid  bolalik  davridagi  xos  xususiyat  bo`lib,  u 
borliqni  bilish,  anglash  va  o`zlashtirish  sifatida  namoyon  bo`lidai.  Bunda  bolalarda 
to`g`ridan-to`g`ri  nusha  ko`chirish  motivlashgan  taqlidchanlik  kuzatiladi.  Ko`p 
hollarda  kattalarda  taqlidchanlik  ta‟sirning  boshqa  usuliga  o`tmagan  hollarda 
ishlatiladi. 
Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling