Psixologiya


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana28.07.2020
Hajmi1.66 Mb.
#125014
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
psixologiya fanidan barcha jonalish 3 kurs talabalari uchun oquv-uslubij qollanma


 
 
 
 
Tafakkur turlari 
Shakliga ko‟ra 
Ko‟rgazmali-
harakat 
Ko‟rgazmali-obraz 
Mantiqiy 
Ko‟riladigan 
masalaning 
xarakteriga ko'ra 
Nazariy   
Amaliy   
Ijodiylik 
elementiga ko‟ra 
Konvergent 
Divergent 
Yangiligi va 
noyobligiga ko‟ra 
Reproduktiv 
Produktiv 

89 
 
                                  O‟z-o‟zini tekshirish uchun savollar. 
  1.Diqqat jarayoni to‟g‟risida tushuncha bering. 
  2.Diqqat xususiyatlari nimlarni o‟z ichiga oladi? 
  3.Sezgi jarayoni  haqida qanday tushunchaga ega bo‟ldingiz? 
  4.Sezgi turlariga tarif bering.  
  5. Idrok haqida tushuncha bering. 
 6.Xotira haqida qanday tushunchaga ega bo‟ldingiz? 
 7.Xotiraning xususiyatlari nimalardan iborat? 
 8 Xotiraning qonunlarini tushuntirib bering  
 9.Gallyutsinatsiya nima? 
 10.Tafakkur  jarayoni to‟g‟risida tushuncha bering. 
 11.Tafakkur turlarini tushuntirib berish 
 12.Eyditizm nima ? 
  13.Divergent tafakkur nima? 
 15.Illyuziya nima? 
 o„quv topshiriq 
FSMU texnologiyasi  
      Ushbu  texnologiya  munozarali  masalalarni  hal  etishda  hamda  o„quv  jarayonini  bahs-
munozarali o„tkazishda qo„llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o„z fikrini himoya qilishga, 
erkin fikrlash va o„z fikrini boshqalarga o„tkazishga, ochiq  holda bahslashishga hamda shu bilan 
birga bahslashish madaniyatini o„rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog„ozga o„z fikrlarini 
aniq  va  qisqa  holatda  ifoda  etib,  tasdiqlovchi  dalillar  yoki  inkor  etuvchi  fikrlarni  bayon  etishga 
yordam beradi.  
F-fikringizni bayon eting 
S-Fikringiz bayoniga sabab ko„rsating  
M-ko„rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring  
U- fikringizni umumlashtiring 
1-guruh 
Savol  
Kuzatuvchanlikning inson hayotidagi o„rni 
nimalardan iborat? 
F-fikringizni bayon eting 
 
S-Fikringiz bayoniga sabab ko„rsating  
 
M-ko„rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil 
keltiring 
 
U- fikringizni umumlashtiring 
 
2-guruh 
Savol  
Appersepsiya insonning turmush tarzi bilan 
bog„liqmi? 
F-fikringizni bayon eting 
 
S-Fikringiz bayoniga sabab ko„rsating  
 
M-ko„rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil 
keltiring 
 
U- fikringizni umumlashtiring 
 

90 
 
 
Insert usulidan foydalanib ishlash qoidasi 
1.Ma‟ruza 
 matnini o„qib, matnning chetiga quyidagi belgilarni qo„yib chiqing: 
V-bilaman 
+ – men uchun yangi ma‟lumot  
– – men bilgan ma‟lumotni inkor qiladi 
? – noaniq (aniqlashtirish talab qiladigan) qo„shimcha ma‟lumot  
2.Olingan natijalarni jadval shaklida rasmiylashtiring. 
№  Mavzu savollari  

– 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Shaxsning yo„nalishi uning qiziqishida ifodalanadi. Kishining qiziqishi xotiraga aniq va kuchli 
ta‟sir ko„rsatadi, ya‟ni yaxshi esda olib qolishni ta‟minlaydi. Biz ko„pincha u yoki bu narsa va 
hodisalarni yomon esda qoldiramiz. Bu xotirani yomonligini emas, balki ularga qiziqish yo„qligini 
ko„rsatadi                                              
  “Konseptual jadval”  grafigi asosida kasb malakalarini egallash masalalarini tizimlashtiring  
Predmeti  
Tavsif, toifa, ajarlib turadigan belgilar 
 
Ta‟rif 
O„rganishning 
axamiyati 
O„rganishdagi 
qiyinchiliklar 
 
Xotira  
 
 
 
 
 
Xotira va 
faoliyat 
 
 
 
 
 
 
                                                  
                                                           o„quv topshiriq 
                                             3x4 oranayzerini to„ldiring 
 
Mavzuning  asosiy mazmunini ochib berishga yordam beradi va “3x4” texnologiyasi 
orqali  talabalarni mavzu yuzasidan tushuncha, tasavvurlari aniqlanadi.  
 
Xotira  –bu ....... 
 
 
                                                 
                                                 o„quv topshiriq 
                                     “Muammo” organayzerini to„ldiring  
Xotiraning nerv fiziologik asoslariga doir  muammoli masalalarni echimini topishga 
yordam beradi va “Muammo” usuli orqali muammo hal qilinadi.  
 
Muammoning turi  
Muammoning kelib 
Muammoni echish 

91 
 
chiqish sabablari  
yo„llari va sizning harakatingiz  
Nima uchun 
assotsiatsiya xotiraning nerv 
fiziologik asosi ekanligini 
tushuntiring? 
 
 
 
 
 
 
                                             o„quv topshiriq 
Tushunchalar tahlili ” organayzerini to„ldiring  
1-guruh  
Muhim muammoning echimini topishga yordam beradi va  “Tushunchalar tahlili” usuli 
orqali muammo hal qilinadi.  
 
Tushunchalar  
Mazmuni  
Esda olib qolish  
 
Esda saqlash 
 
Esga tushirish  
 
Unutish  
 
2-guruh 
Tushunchalar  
Mazmuni  
Ixtiyorsiz esda olib qolish  
 
Ixtiyoriy esda olib qolish  
 
Tanish  
 
Eslash  
 
 
Tushunchalar tahlili ” organayzerini to„ldiring  
1-guruh  
Muhim  muammoning  echimini  topishga  yordam  beradi  va    “Tushunchalar  tahlili”  usuli  orqali 
muammo hal qilinadi.  
 
Tushunchalar  
Mazmuni  
Ko„rgazmali –obrazli  
 
Ko„rgazmali –harakat  
 
Konkret tafakkur  
 
Abstrakt tafakkur  
 
2-guruh 
Tushunchalar  
Mazmuni  
Ijodiy tafakkur  
 
So„z mantiq tafakkur  
 
Ixtiyorsiz tafakkur    
 
Ixtiyoriy tafakkur    
 
                                        

92 
 
                                                    
Mavzuga oid  test savollari
  
     1.
Qaysi qatorda diqqat tushunchasiga to„g„ri tarif berilgan? 
*A) ongimizning muayyan obektga yo„naltirilishi va unda to„planishidan iborat psixik holat 
B) insonning amaliy faoliyatiga kiritilgan bo„lib, ularning muvaffaqiyatini taminlaydi 
V) ma‟lum obektga uzoq vaqt davomida mutassil qaratilishi 
G) bir vaqtda bir necha obektga yoki faoliyatga taqsimlanishi 
D)  markaziy  nerv  tizimining  vaqtincha  hukmron  qismi  bo„lib,  boshqa  qismlar  faoliyatini 
tormozlaydi 
2.Dominanta tushunchasini fanga kiritgan olim qaysi qatorda ko„rsatilgan? 
*A) A.A. Uxtomiskiy  
B) A.R.Luriya 
V) I.P.Pavlov 
G) I.M.Sechenov 
D) P.YA.Galperin 
 3.To„satdan  tasir  qilgan  biror  sabab  tufayli  bizning  hohishimizdan  tashqari  hosil  bo„ladigan 
diqqatga …………aytiladi. 
A) ixtiyoriy 
*B) ixiyorsiz 
V) ixtiyordan so„nggi diqqat 
G) bo„linuvchanlik 
D)konsentratsiyasi 
4.Bolalar  uyquga  yotgan  jim-jit  xonaga  qamalib  qolgan  arining  g„ing„illab  uchishi  va  deraza 
oynasiga urilishi hali uxlayotgan bolalarning diqqatini………. ravishda o„ziga jalb etadi. 
A) ixtiyoriy 
B) ixtiyoriydan so„nggi diqqat 
*V) ixiyorsiz 
G) bo„linuvchanlik 
D) konsentratsiyasi 
 5. ………….. deb oldindan belgilangan qat‟iy bir maqsad asosida va ongli ravishda diqqatimizni 
malum narsa hamda hodisalarga qaratilishiga aytiladi. 
*A) ixtiyoriy 
B) ixiyorsiz 
V) ixtiyoriydan keyingi diqqat 
G) bo„linuvchanlik 
D )konsentratsiyasi 
 6.  ……………….  deb  odam  o„z  diqqatini  biror  narsa  yoki  hodisaga  uzoq  muddat  davomida 
muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. 
A) diqqatning ko„lami 
B) diqqatning bo„linuvchanligi 
V) diqqatning konsentratsiyasi 
*G) diqqatning kuchi va barqarorligi 
D) diqqatning taqsimlanganligi 
7.  ……………….  ayni  bir  vaqtda  odamning  idrokiga  sig„ishi  mumkin  bo„lgan  narsalar  miqdori 
bilan belgilanadi. 
*A) diqqatning ko„lami 
B) dikkatning bo„linuvchanligi 
V) diqqatning konsentratsiyasi 
G) diqqatning kuchi va barqarorligi 

93 
 
D) diqqatning taqsimlanganligi 
  8. Agar diqqatimiz ayni bir vaqtda bir necha narsaga qaratilgan bo„lsa bu........  
A)diqqatning ko„lami 
B) diqqatning bo„linuvchanligi 
V) diqqatning konsentratsiyasi 
G) diqqatning kuchi va barqarorligi 
*D) diqqatning taqsimlanganligi 
9.Idrok bu ... 
A) sezgi a‟zolariga bevosita ta‟sir etib turgan narsa va hodisalarning obrazlarining kishi ongida 
bir butun holda aks ettirilishidir* 
B) shaxs tevarak-atrofidagi voqealarni aks etishi 
V) bor narsani noto„g„ri anglash 
G) yo„q narsani his qilish  
D) sezgi a‟zolariga ta‟sir etib turgan narsa va hodisalar ayrimlarini aks etishi 
 10. Gallyusinatsiya – bu ... 
A) bor narsani noto„g„ri idrok qilish 
B) shaxsning idrok qilish qobiliyati 
V) yo„q narsalarni idrok qilish 
G) idrokning shaxs va uning tajribasiga bog„liqligi 
D) yo„q narsani noto„g„ri anglash*  
 11. Yo„q narsalarni idrok qilish bu ... 
A) idrok 
B) xayol 
V) gallyusinatsiya 
G) illyuziya 
D) xotira 
12. Narsalarning sharoiti o„zgarsada obrazining o„zgarmasligi bu... 
A) idrok 
B) sezgi 
V) xotira 
G) gallyusinatsiya 
**D) idrok konstantaligi 
13. Idrok konstantaligi bu... 
**A) narsalar sharoiti o„zgarsada obrazi o„zgarmasligi  
B) shaxsning idrok qilish qobiliyati 
V) idrokning shaxs va uning tajribasiga bog„liqligi 
G) vaqtni idrok qilish 
D) harakatni idrok qilish 
14. Illyuziya bu...  
A) bir nimani his qilib anglash 
B) shaxsning idrok qilish qobiliyati 
V) idrokning shaxsga bog„liqligi 
G) bor narsani noto„g„ri, yanglish idrok qilish* 
D) yo„q narsani idrok qilish 
15. Appersepsiya – bu ... 
A) shaxsning adaptatsion davri 
B) o„smirlikning o„tish davri krizisi 
V) vaqtni, harakatni idrok qilish 

94 
 
G) yo„q narsani idrok qilish 
D) idrokning shaxs va uning tajribasiga bog„liqligi* 
 16. Idrokning murakkabligini nimada ko„ramiz? 
A) sezgi va idrok bir-biriga uzviy bog„liqligi 
B) har bir idrok tarkibiga ayni paytda bir necha sezgi kiradi 
V) har bir idrok tarkibiga kishining o„tmishda hosil qilingan bilim va tajribalari kiradi  
G) idrok jarayonida his-tuyg„ular ham ishtirok etadi 
D) har bir idrok tarkibiga ayni paytda bir necha sezgi kiradi va  har bir idrok tarkibiga kishining 
o„tmishda hosil qilingan bilim va tajribalari kiradi*  
 17. Idrokning o„ziga xos xususiyatilari qaysi qatorda ko„rsatilgan? 
A) predmetligi, yaxlitligi 
B) strukturaligi 
V) konstantligi, mantiqiyligi 
G) tanlanganligi 
D) barcha javoblar to„g„ri* 
18. Tezligi, aniqligi, to„laligi  - bu  
 idrokning ... 
A) xususiyati 
B) harakat sifatlari 
V) idrokning sifatlari* 
G) idrokning predmetligi 
D) idrokning strukturaviyligi 
        19. Idrok jarayonida muayyan hodisalarni aks ettirish turlicha aniqlikda namoyon         bo„lishi 
jahon psixologiyasida nima deb ataladi? 
A) gallyusinatsiya. 
B) illyuziya. 
S) attraksiya. 
D) yaqqol ko„rinish  
E) barcha javoblar to„g„ri*. 
               20.Qaysi qatorda xotira tushunchasiga to„g„ri ta‟rif berilgan 
A) miyadagi muvaqqiyat bog„lanishlar  
B) miyada iz hosil bo„lishi  
V)  ilgari  idrok  qilgan  boshdan  kechirgan  va  bajargan  ishlarimizni  yodda  saqlash  keyinchalik 
ularni esga tushurishdan iborat jarayon* 
G) kundalik bilimlarni esda olib qolishga  
D) zarur vaqtda kerakli materialni esga tushira olish qobiliyati  
21. Qaysi qatorda xotira jarayonlari ko„rsatilgan  
A) esga tushirish 
B)esda olib qolish 
V) unutish 
G)esda saqlash 
D) barcha javoblar to„g„ri 
 22. Qaysi qatorda faoliya maqsadiga ko„ra xotira turlari keltirilgan  
A) harakat hissiy obrazli so„z-mantiq mexanik 
  B) ixtiyorsiz, ixtiyoriy* 
V)qisqa muddatli va uzoq muddatli, operativ 
G) harakat, ixtiyorsiz, operativ 
D) barcha javoblar  to„g„ri 

95 
 
 23. Materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda  saqlash muddatiga ko„ra xotira turlari qaysi 
qatorda ko„rsatilgan  
A) harakat hissiy obrazli so„z-mantiq mexanik 
  B) ixtiyorsiz, ixtiyoriy 
V)qisqa muddatli va uzoq muddatli, operativ* 
G) harakat, ixtiyorsiz, operativ 
D) barcha javoblar  to„g„ri 
24.  Turli  xil  harakatni  esda  olish,  esda    saqlash  va  qayta  esga  tushirishdan  iborat  esda  olib 
qolish………..deb ataladi 
A) harakat xotirasi*  
B) hissiy xotira  
V) obrazli xotira  
G) ixtiyorsiz xotira 
D) ixtiyoriy xotira 
 25. unitilgandan keyin ham materialni xotiraga qaytishi ……….deb ataladi. 
A) amneziya  
B) retrograd amneziya 
V) remenissensiya* 
G) assotsiatsiya 
D) takrorlash 
 26.Idrok  qilingan  narsa  va  hodisalarning  ularning  bog„lanish  munosabatlarini    favqulodda  tez 
hamda aniq esda qoldirish va esga tushirishga qaratilgan nodir qobiliyat 
A) mexanik  
B) fenomenal*  
V) retrograd 
G) eshitish  
D)proaktiv tormozlanish                                                          
 27.Qaysi qatorda tafakkur tushunchasiga to„g„ri ta‟rif berilgan? 
A) insonning fikrlash faoliyati bo„lib atrof-hodisalarni to„la anglashga yordam beradi. 
B) muammoli vaziyatni hal qilishga qaratilgan fikrlash faoliyati. 
*V) narsa va hodisalar o„rtasidagi bog„liqlik munosabat va farqli jihatlarini ongda aks ettirilishi. 
G) barcha javoblar to„g„ri 
D) to„g„ri javob berilmagan 
28................shunday bir tafakkur operatsiyasidirki uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran 
yoki amaliy va xususiyatlarni tahlil qilamiz. 
A) analiz* 
B) sintez 
V) taqqoslash 
G) klassifikatsiya 
D) abstraksiyalash 
29.................  shunday  bir  tafakkur  operatsiyasidirki  narsa  va  hodisalarning  ongimizda  bo„lingan, 
ajralgan ayrim qismlarini bo„laklarini fikran yoki amaliy ravishda birlashtirib butun holga keltiradi. 
A) analiz  
B) sintez* 
V) taqqoslash 
G) klassifikatsiya 
D) abstraksiyalash 
  

96 
 
 
                   
5-Mavzu:  SHAXSNING  EMOTSIONAL-IRODAVIY  HOLATLARI  
     REJA: 
   1. His-tuygular haqida umumiy tushuncha va ularning ifodalanishi   
   2.Hissiy holatlar :affect,stress,kayfiyat,depressiya,ehtiros     
   3.Shaxsning irodaviy sifatlari 
Asosiy tayanch tushunchalar. 
Hissiyot, emotsiya, affekt, kayfiyat, hayajonlanish,ehtiros, stress,  depressiya, 
eyforiya, iroda, tavakkalchilik, istak, ijro. 
Mashg„ulotni o„tkazish joyi: auditoriya 
Mashg„ulotning jihozlanishi: tarqatma materiallar,texnik vositalar 
Mashg„ulotning davomiyligi:  2 soat 
Mashg„ulotning maqsadi:   Talabalarga hissiyotni boshdan kechirishning 
turli shakllari - emotsiya, affekt, kayfiyat, turli hayajonlanish,  stress   haqida 
ma`lumotlar berildi..   His-tuyg`ular - shaxsning emotsional soxasini tashkil 
etadiki, ular kishi xulq-atvorini tartibga solib turadi, bilishning jonli manbai, 
odamlar o`rtasidagi murakkab va ko`pqirrali munosabatlarning ifodasi bo`lib 
hisoblanishini,uning o‟zgarish jarayonlarini ochib berish masalalarini  tushuntirish 
va ularda amaliy ko„nikmalarni shakllantirish.
 
Iroda, ixtiyoriy haraktlar, irodaviy 
akt va uning tuzilishi, irodaviy sifatlar haqidagi bilimlarni shakllantirish. 
Kutilayotgan  natija:      Talabalar    insonning    sog„lom  ruhiyati  uning  har  bir 
faoliyati uchun zarur ekanligini tushunib etishlari, psixologik  bilimlarning o‟rni va 
ahamiyati  haqida  amaliy  ko‟nikmalarga  ega  bo‟lishi  lozim    Psixologiya  fаnida 
hissiyot  va  hissiy  holatlarning  mаzmun  vа  mohiyati    bo„yicha  bilimlar  va 
ko„nikmalarni  shakllantirish  bo„yicha  ma‟lumotlarni  oladilar.    Talabalarga  iroda, 
ixtiyoriy haraktlar, irodaviy akt va uning tuzilishi, irodaviy sifatlar haqida dastlabki 
ma‟lumotlar  zahirasini  berish  hamda  mazkur  jihatlar  psixologiya  sohasining 
o„rganish ob‟ekti ekanligini asoslab berildi. 
 
Mashg„ulot mazmuni: 
Nazariy qism:
  
                     
His-tuygular haqida umumiy tushuncha va ularning ifodalanishi    
Inson  idrok  etish,  hayol  surish  va  fikrlash  jarayonlarida  faqat  voqelikni  bilib 
qolmay,  balki  shu  bilan  birga  hayotdagi  u  yoki  bu  narsalarga  qanday  bo`lmasin 
munosabat bildiradi. Unda ularga nisbatan u yoki bu tarzda his-tuyg`u paydo bo`ladi. 
Bunday  ichki  shaxsiy  munosabatning  manbai  -  faoliyat  va  munosabat  jarayonlari 
bo`lib,  u  ana  shunday  jarayonlarda  ro`y  beradi,  o`zgaradi,  barqaror  tus  oladi  yoki 
yo`qoladi.  
Hissiyot  -  kishining  o`z  hayotida  nimalar  yuz  berayotganiga,  nimalarni  bilib 
olayotganiga  yoki  nima  bilan  mashg`ul  bo`layotganiga  nisbatan  o`zicha  turli  xil 
shaklda  bildiradigan  ichki  munosabatidir.Hissiyotni  boshdan  kechirishning  turli 

97 
 
shakllari - emotsiya, affekt, kayfiyat, turli hayajonlanish,  stress  mavjud. Ehtiros, tor 
ma‟nodagi so`z bilan aytganda, his-tuyg`ular - shaxsning emotsional soxasini tashkil 
etadiki, ular kishi xulq-atvorini tartibga solib turadi, bilishning jonli manbai, odamlar 
o`rtasidagi murakkab va ko`pqirrali munosabatlarning ifodasi bo`lib hisoblanadi. 
 Hissiyot  yoki  emotsiya  deb    kishining  bilmoqchi  va  qilmoqchi  bo`lgan 
narsalariga  o`z  munosabatlarini  tuyg`ularidan  kechirishini,    ya‟ni  muhitdagi  narsa  va 
hodisalarga,  o`z  ishlariga,  o`ziga  va  o`zining  qilgan  harakatlariga  bo`lgan 
munosabatlaridan  tug`ilgan  tuyg`ularga  aytiladi.  Bir  narsadan  huzurlanish  yoki 
behuzur  bo`lish,  suyunush,  qayg`urish,  muhabbat,  qahru-g`azab,  g`ayrat  va  shijoat, 
qo`rqish,  iztirob,  tashvish,  xotirjamlik  kabi  hollarning  har  qaysisi  hissiyot  yoki 
emotsiyaning bir misolidir.  
Hissiyot manbalari haqiqatda mavjud bo`lgan har xil narsa va hodisalarki, odam 
o`z  hayoti  va  faoliyatida  bu  narsa  va  hodisalarga  to`qnashadi.  Biroq  har  bir  narsa  va 
hodisani  odam  bevosita  o`zi  idrok  qilmaguncha,  yoki  biron  boshqa  yo`l  bilan  uni 
bilmaguncha,  bu  narsa  va  hodisalar  hissiyot  manbai  bo`lolmasligi  aniqdir.  Biron 
narsaga qandaydir munosabatda bo`lmoq uchun uni biron jihatdan bilmoq kerak. Shu 
sababli hissiyot hamisha sezgi, idrok, xotira yoki hayol obrazlari, fikr shu kabi bilish 
jarayonlari bilan birgalikda kechadi.  
Hissiyotlar  ta‟sirchanligi  bilan  ajralib  turadi.  Ular  xatti-harakatlarga,  fikr-
mulohazalar  bildirishga  turtki  beradigan  kuch  bo`lib,  kuch-g`ayratlarni  oshirib 
yuboradi  va  stenik  deb  ataladi.  Boshqa  bir  hollarda  emotsiyalar  sustligi,  loqaydligi 
bilan  ajralib  turadi,  his-  tuyg`ularning  boshdan  kechirilishi  kishini  bushashtirib 
yuboradi  va  bu  holat  psixologiyada  astenik  deb  ataladi  (masalan,  qo`rqqanidan 
oyoqlari qaltirashi, kuchli his-tuyg`uga berilib, hayolga cho`mib, o`zi bilan o`zi ovora 
bo`lib qolish hollari). 
Inson psixologiyasini bilish uchun, uning psixikasida hissiyot tomonidan bo`lgan 
farqni bilish juda muhim. Birovni yaxshi tanimoq uchun uning fikrini va harakatlarini 
bilish  bilangina  kifoyalanmay,  balki  uning  hissiyoti  qandayligini  ham  bilish  kerak. 
Insonlarning hissiyotidagi farqlari quyidagi bo`lishi mumkin: 
 1-shakl 
 
 
 
 
 
 

 
hissiyotning  yo`nalishi  -  kishilarning  hissiyotidagi  eng  muhim  farqlari 
belgilangan  narsa,  hissiyotning  nimaga  qaratilganligi,    uning  mazmuni  qandayligidir. 
Inson  hislari  har  xil  tasodifiy  narsalarga  sochilib,  parishon  bo`lsa,  tasodifiy  hollarda 
kishilarda har xil hislarni tug`dirsa, bunday hissiyot kishining ijodiyotiga, turmushdagi 
kurashiga  madad  beruvchi  kuch  xizmatini  o`tay  olmaydi.  Aksincha  kishining 
Hissiyotning 
yo`nalishi
 
Hissiyotning 
chuqurligi
 
Hislarning 
barqarorligi
 

98 
 
hayotidagi  asosiy  vazifasidan  boshqa  ishlarga  chalg`itib,  tanlagan  yo`lidan  adashtirib,  
ancha to`sqinlik qilishi ham mumkin.  

 
 hissiyotning  chuqurligi - birovning hissiyotiga oid hayotini bilish uchun 
uning hissiyotining qanchalik chuqurligini bilish muhimdir. Chuqur his deb, hayotning 
shu odam uchun eng muhim bo`lgan tomonlariga daxil qilgan, kishining fikri, tiliga va 
orzulari  bilan  ko`p  aloqador  bo`lgan  va  kishining  butun  ruhiy  hayotini  aks  etib 
ko`rinuvchi  hisni  aytamiz.  Hissiyotning  boy  va  mazmundorligi,  inson  hislarining 
kuchliligidan ko`ra ko`proq chuqurligiga bog`liqdir; 

 
hissiyotlarning  barqarorligi  -    ularning  chuqurligi  bilan  juda  yaqin 
bog`liqdir.  Chuqur  his  mahkam  va  barqaror  bo`ladi;  sayoz  hislar  esa,  garchi  kuchli 
bo`lsa ham, umri qisqa bo`lib, tez o`tib ketadi. 
                  Hissiy holatlar :affect,stress,kayfiyat,depressiya,ehtiros     
Affektlar  yoki  hissiy  portlashlar  -  kishini  tez  chulg`ab  oladigan  va  shiddat  bilan 
o`tib  ketadigan  jarayonlardir.  Ular  ongning  anchagina  darajada  o`zgarganligi,  xatti-
harakatlarni nazorat qilishning buzilganligi, odamning o`zini o`zi idrok qila olmasligi, 
shuningdek,  uning  butun  hayoti  va  faoliyati  o`zgarib  qolganligi  bilan  ajralib  turadi. 
Affektlar  birdaniga  katta  kuch  sarf  qilinishiga  sabab  bo`lgani  uchun  ham  qisqa 
muddatli  bo`ladi:  ular  his-tuyg`ularning  bamisoli  birdan  lov  etib  yonib  ketishiga  va 
portlashiga  o`xshatish  mumkin. Agar oddiy  hissiyot  faqat  ruhiy  xayajonlanishni  ifoda 
etsa,  u  holda  affekt  bo`rondir.  Har  bir  his  organizmning  ishlashiga  ta‟sir  ko`rsatib 
o`zgaradi va inson tanasida uning turli alomatlari paydo bo`ladi.  
Kayfiyatlar  -  ancha  vaqt  davomida  kishining  butun  xatti-harakatiga  tus  berib 
turadigan  umumiy  hissiy  holatini  ifoda  etadi.  Kayfiyat  shod-xurram  yoki  qayg`uli, 
tetiklik yoki lanjlik, xayajonlilik yoki mahyuslik, jiddiylik yoki yengiltaklik, jizzakilik 
yoki muloyimlik va xk. tarzda bo`ladi. 
Kayfiyat juda xilma-xil, yaqin va ancha uzoq turuvchi manbalarga ega bo`lishi 
mumkin.  Turmushning  butun  borishidan,  jumladan,  ishda,  oilada,  maktabda 
munosabatlarning  qanday  yo`lga  qo`yilganligidan,  kishining  hayot  kechirishi  yo`lida 
paydo  bo`layotgan  har  qanaqa  ziddiyatlar  qay  tarzda  bartaraf  etilishidan  qanoat  hosil 
qilishi  yoki  qanoatlanmaslik  kayfiyatlarning  asosiy  manbalari  hisoblanadi.  Kishining 
uzoq  vaqt  yomon  yoki  lanj  kayfiyat  bilan  yurishi  uning  hayotida  biror  narsaning 
ko`ngildagidek emasligini ko`rsatadi. 
Kayfiyat kishining butun fe‟lini bir muncha vaqtgacha bir rangga solib turuvchi 
umumiy  bir  ruhiy  holatdir.    Ko`p  hollarda  kishining  kayfiyatiga,  uning  uchun  juda 
muhim bo`lgan bir voqea orqasida tug`ilgan ma‟lum bir hissiyot sabab bo`ladi. Ertalab 
eshitilgan  noxush  xabar  kishining  ta‟bini  kechgacha  xira  qilib,  iztirobga  solib, 
kayfiyatini  buzushi  mumkin.  Ishda  topilgan  jiddiy  muvaffaqiyat  bir  necha  kungacha 
kishini shodlantirib, kayfiyatini chog` qilishi mumkin. Hissiyotning shunday qobiliyati 
borki,  hissiyot  uni  tug`dirgan  narsadan  o`tib,  bu  narsa  bilan  aloqador  bo`lgan  boshqa 
narsalarga ham yoyiladi. Buning natijasida kishida kayfiyat deyilgan umumiy bir ruhiy 
holat paydo bo`ladi.  

99 
 
Stress yoki kuchli hayajonlanish - psixologik tahrifga kura affekt holatiga yaqin 
turadigan,  lekin  boshdan  kechirilishining  davomliligiga  ko`ra  kayfiyatlarga  yaqin 
bo`lgan his-tuyg`ular boshdan kechirilishining aloxida shakli (ingl. «stress» - zo`riqish) 
hissiy zo`riqishdan iboratdir. Hissiy zo`riqish xavf-xatar tug`ilgan, kishi xafa bo`lgan, 
uyalgan,  taxlika  ostida  qolib  ketgan  kabi  vaziyatlarda  ro`y  beradi.  Umuman  olganda, 
stress tez-tez uchrab turadigan hodisadir. Unchalik ahamiyatga ega bo`lmagan stresslar 
muqarrar va zararsiz bo`lib, xaddan tashqari ortib ketgan stress esa shaxs uchun ham, 
korxona  va  tashkilotlar  uchun  ham  qiyinchiliklar,  qo`yilgan  maqsadlarni  qo`lga 
kiritishda muammolar keltirib chiqaradi. 
Stress  deganda insonning  atrofdagi  stimullarga  yoki  tashqi  ta‟sirlarga  jismoniy, 
kimyoviy  va  psixologik  reaktsiyalari  majmui  tushuniladi.  Bunda  atrof-muhitdagi 
kuchlar  insonning  fiziologik  va  psixologik  funktsiyalarini  muvozanatdan  chiqaradi. 
Stress  holatini  jismoniy,  psixologik  omillar  majmui,  ya‟ni  stressorlar  keltirib 
chiqaradi.  Hayotda  stresslar  bo`lib  turishi  tufayli  ularni  boshqarishni,  ular  keltirishi 
mumkin bo`lgan zararni kamaytirishni bilish zarur.
Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling