"psixologiya"
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Ta’lim-tarbiya uchun eng qo‘lay davr qaysi
- 4. SHaxs tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va xayot-faoliyat jarayonida uni o‘zlashtirish jarayoni
- 6. Jamiyat o‘z a’zolari xulq-atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan harakatlarini nazorat qiluvchi jazo va rag‘batlantirish
- Tavsiya etiladigan adabiyotlar
- Aniqlashtirilgan o’quv maqsadlari.
- Tayanch so’z va iboralar
- 1.Shaxs va uning faolligi.
- B. Ichki faollik
- 2. Ehtiyojlar va ularning turlari.
- O’zini nomoyon qilish ehtiyoji Obru, xurmat ehtiyojlari Ijtimoiy mansublik ehtiyojlari Xavfsizlik ehtiyojlari
- Tashqi faoliyat
Psixologiyada shaxs shaklanishi va qanday inson bo’lib kamol topishiga quyidagi bir biri bilan o’zaro bog’liq omillar ta’sir ko’rsatadi: irsiyat, muhit(makro va mikromuhit), ta’lim tarbiya, shaxsning o’zining intilishi. Mavzu yuzasidan test savollari: 1. Qaysi uslubdan foydalanish har xil yosh davridagi bolalar jamoasidagi tutgan ijtimoiy o‘rganishida maqsadga muvofiq? A) kuzatish uslubi, B) tibbiy tajriba uslubi, C) sotsiometriya uslubi D) suhbat uslubi 2. Ta’lim-tarbiya uchun eng qo‘lay davr qaysi? A) kichik maktab yoshi, B) o‘smirlik, C) o‘spirinlik D) maktabgacha yosh davri 3. O‘zligini tasdiqlash, o‘zlarini kattalarday tutish ehtiyoji qaysi yoshda kuchli bo‘ladi? A) maktabgacha yoshda, B) kichik maktab yoshi, C) o‘smirlik, D) yoshlik 4. SHaxs tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va xayot-faoliyat jarayonida uni o‘zlashtirish jarayoni: A) refleksiya, B) sotsializatsiya, C) apatiya, D) emotsiya 5. Jamiyat o‘z a’zolari xulq-atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan harakatlar talablari nimadir? A) ijtimoiy sanksiya, B) ijtimoiy rol, C) ijtimoiy norma, D) ijtimoiy ustanovka 6. Jamiyat o‘z a’zolari xulq-atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan harakatlarini nazorat qiluvchi jazo va rag‘batlantirish tizimi nimadir? A) ijtimoiy sanksiya, B) ijtimoiy rol, C) ijtimoiy norma, D) ijtimoiy ustanovka 7. SHaxsning konkret xayotiy vaziyatlardagi xuquq va burchlaridan iborat harakatlar majmui: A) ijtimoiy sanksiya, B) ijtimoiy rol, C) ijtimoiy norma, D) ijtimoiy ustanovka 8. SHaxsning aynan o‘ziga o‘xshash odamlar obrazi orqali o‘zi to‘g‘risidagi obrazni shakllantirish, jonlantirish nimadir: A) refleksiya , B) persepsiya, C) apatiya, D) emotsiya 26 Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1. G‘ozievE.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2007.1-2 kitob. 2. “Psixologiya” Uch.T-2. “Prospekt”. Moskva - 2004. 3. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. T.: 1994 4. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot. T.: 1999 5. Drujinina V. “Psixologiya “. Uchebnik. “Piter”, 2003. 6. Gamilton. YA.S. “CHto takoe psixologiya”. “Piter”, 2002. 7. Ananev B.G. “CHelovek kak predmet poznaniya”. “Piter”, 2001. 8. Drujinina V. “Psixologiya “. Uchebnik. “Piter”, 2003. 9. Burlachuk F. Psixodiagnostika. “Piter”, 2002. 10. Ayzenk M. Psixologiya dlya nachinayuщix. “Piter”, 2000. 11. Nemov R.S. Prakticheskaya Psixologiya Poznanie sebya: Vliyanie na lyudey:Posobie dlya uch-sya-M:Gumanit. Izd.Sentr VLADOS, 2003.320 s. 12. www.expert.psychology.ru 27 3(2) -MAVZU: SHAXS VA UNING FAOLIYATI (Mazkur mavzu 4 soatga mo’ljallangan bo’lib 2 bo’limi “Faoliyatning psixologik tahlili” deb nomlanadi) Aniqlashtirilgan o’quv maqsadlari. Talaba bu mavzuni to’la o’zlashtirgandan so’ng: - Inson faoliyati va uning psixologik to’zilishi biladi; - Faoliyat va ijtimoiy xulq motivasiyasini aytib beradi; - Motivlarning turlarini sanaydi; - Shaxs va uning motivlari: muvaffaqiyatga erishish va mag’lubiyatlardan qochish motivlariga ta’rif beradi; Tayanch so’z va iboralar: Shaxs faolligi, tashqi faollik, ichki faollik, faoliyat, perseptiv harakat, mnenik faoliyat, fikrlash faoliyati, imajitiv faoliyati, malaka, ko’nikma, motiv, ijtimoiy ustanovka. Asosiy savollar: 1. Shaxs va uning faolligi 2. Ehtiyojlar va ularning turlari. 3. Faoliyatning turlari. Jismoniy va aqliy harakatlar. 4. Ijtimoiy hulq motivlari va shaxs motivasiyasi. 5. Motivlarning turlari 1.Shaxs va uning faolligi. Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o’z-o’zini anglab, har bir harakatini muvofiqlashtiruvchi shaxsga xos bo’lgan eng muhim va umumiy xususiyat — bu uning faolligidir. Faollik (lotincha «actus» — harakat, «activus» — faol so’zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha hatti-harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyadir. Bu — o’sha oddiy qo’limizga qalam olib, biror chiziqcha tortish bilan bog’liq elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uyg’onish paytlarimizda amalga oshiradigan mavhum fikrlashimizgacha bo’lgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi va o’z-o’zini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashi aloqador sifatlari orqali bayon etiladi. Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi: A. Tashqi faollik — bu tashqaridan va o’z ichki istak-xohishlarimiz ta’sirida bevosita ko’rish, qayd qilish mumkin bo’lgan harakatlarimiz, mushaklarimizning harakatlari orqali namoyon bo’ladigan faollik. B. Ichki faollik — bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi, qon aylanish, nafas olish, bosim o’zgarishlari) hamda, ikkinchi tomondan, bevosita psixik jarayonlar, ya’ni aslida ko’rinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni o’z ichiga oladi. 28 Misol tariqasida hayotdan shunday manzarani tasavvur qilaylik: uzoq ayriliqdan so’ng ona o’z farzandi visoliga yetdi. Tashqi faollikni biz onaning bolasiga intilishi, uni quchoqlashi, yuzlarini siylashi, ko’zlaridan oqqan sevinch yoshlarida ko’rsak, ichki faollik — o’sha ko’z yoshlarini keltirib chiqargan fiziologik jarayonlar, ichki sog’inchning asl sabablari (ayriliq muddati, nochorlik tufayli ayriliq kabi yashirin motivlar ta’siri), ko’rib idrok qilgandagi o’zaro bir-birlariga intilishni ta’minlovchi ichki, bir qarashda ko’z bilan ilg’ab bo’lmaydigan emosional holatlarda namoyon bo’ladi. Lekin shu manzarani bevosita guvohi bo’lsak ham, uni ifodalagan rasmni ko’rsak ham, taxminan qanday jarayonlar kechayotganligini tasavvur qilishimiz mumkin. Demak, ikkala turli faollik ham shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini tashkil etadi. Bir qarashda har bir konkret shaxsga va uning ehtiyojlariga bog’liq bo’lib tuyulgan bunday faollik turlari aslida ijtimoiy xarakterga ega bo’lib, shaxsning jamiyat bilan bo’ladigan murakkab va o’zaro munosabatlarining oqibati hisoblanadi. 2. Ehtiyojlar va ularning turlari. Ehtiyoj turlari haqida Abraham Maslou konsepsiyasi. Olimlarning fikricha, har qanday motivasiyaning asosida ehtiyoj yotadi. Ehtiyoj – bu individning rivojlanishi va faol darajada o’zini namoyon qilishining sharoitlarga bog’liq bo’lgan omilidir. Ehtiyojlar quyidagicha farqlanadi: biologik; fiziologik; psixologik; ijtimoiy. Rus olimi R. Nemov shaxsdagi motivasion sohani quyidagicha tasavvur qiladi. Umuman, har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki guruhga bo’lish mumkin: 1. Biologik ehtiyojlar — bu — fiziologik (tashnalik, ochlik, uyqu), jinsiy, moslashuv ehtiyojlari. 2. Ijtimoiy ehtiyojlar — bu — mehnat qilish, bilish, estetik va ahloqiy- ma’naviy ehtiyojlar. Ehtiyojlarni biologik hamda ijtimoiy turlarga bo’lganimiz bilan shu narsani unutmasligimiz lozimki, shaxsdagi har qanday ehtiyojlar ham ijtimoiylashgan bo’ladi, ya’ni, ular o’sha jamiyat va muhitdagi qadriyatlar, madaniy normalar va insonlararo munosabatlar xarakteriga bog’liq bo’ladi. Masalan, eng tabiiy va tushunarli hisoblangan bizning yemishga-ovqatga bo’lgan ehtiyojimizni olsak, u ham konkret muhitga qarab turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. Yana misol uchun, to’y marosimlari yoki juda to’kin dasturxon atrofida o’tirgan odam nima uchun shunchalik ko’p ovqat iste’mol qilib yuborganini bilmay qoladi. Agar bu tabiat qo’yni yoki paxta dalasidagi xashar bo’lsa-chi, bir burda issiq non ham butun tanaga rohat baxsh etuvchi malham bo’lib, ochlikni bilintirmaydi. Kamtarona dasturxondan ovqat yeb o’rgangan kishi oz-oz yeyishga o’rgansa, yoshligidan normadan ortiq yeb o’rgangan odam vrach oldiga borib, o’zi uchun ozdiruvchi dori-darmon so’rasa so’raydiki, lekin uyda o’zi yemishini nazorat qilishi kerakligini bilmaydi. Demak, bu ham madaniyatga, etikaga, oila muhitiga bevosita bog’liq narsa ekan-da. Abraham Maslou (Abraham Maslow) (1908-1970) – mashhur amerikalik psixolog, psixiatr va gumanistik psixologiya vakili bo’lib, u gumanistik 29 psixologiyaning asosiy g’oyalaridan saqlanib qolingan psixotahlil va bexiviorizm yo’nalishlarini o’zaro bir-biridan namoyishkorona ajratib turuvchi “uchinchi kuch” atamasini kiritgan olimdir. A. Maslou “Sabablar va shaxs” (1954) kitobida o’ziga xos, noyob konsepsiyani taklif etgan bo’lib, unga ko’ra insonlar – ehtiyojlar, mayllar va qobiliyatlarning nasliy psixologik tizimiga ega bo’lib, ular odatda jamiyat ravnaqi uchun xizmat qiladilar. A. Maslouning fikricha, sog’lom rivojlanish uchun bizning qobiliyatlarimizni faoliyatlarda amalga oshirish, ko’rsatish darkor, zero, psixik bo’zilishlarning alomati ana shu ichki imkoniyatlar, qobiliyatlarni tormozlash yoki shu qobiliyatlarni ro’yobga chiqarmaslik natijasida paydo bo’ladi. A. Maslou mashhur ehtiyojlar iyerarxiyasi chizmasini yaratgan bo’lib, bu unga ko’plab e’tirozlar va e’tiroflarni olib keldi. Unga ko’ra dastlabki shart, ya’ni asosiy fiziologik ehtiyojlar (ochlik, chanqoqlik) yuqori ustun hisoblangan ehtiyojlardan (o’z-o’zini hurmat qilish va o’zini ro’yobga chiqarish) oldin qondirilishi kerakdir. O’zini o’zi ro’yobga chiqarishning aniq turlari inson xarakteriga bog’liq holda o’zgarib boradi. A. Maslou nazariyasining tanqidchilari uning fikrlaridagi validlik darajasiga ishonqiramay qaradi. Ularning fikricha, tashqi chiroyiga qaramay, A. Maslou nazariyasi ilmiy asosga ega emas va dalil, isbotlar bilan qo’llab- quvvatlanmagan. A. Maslouning o’zi esa bu nazariyani eksperimental tomondan muvaffaqiyatli deya olmasa-da, lekin u ko’p odamlarning shaxsiy tajribalari bilan mos keladi va ularga hayot mazmunini anglashga yordam bergan, deb ta’kidlaydi. A. Maslou ehtiyojlar iyerarxiyasi bo’yicha bixevioristlardan birinchilardan bo’lib o’z ishlarida insoniy ehtiyojlarni qanchalik murakkab ekanligini va motivasiyaga ta’sirini yaratib beradi. 1940 yilda o’zining motivasiya nazariyasini yarata turib, A. Maslou shuni tan oladiki, insonlar turli xil ehtiyojlarga ega va bu ehtiyojlarni beshta asosiy toifaga ajratish mumkin. Shunday qilib, A. Maslou ehtiyojlarning iyerarxik modelini yaratgan (1- rasm). Uning tushunishicha, odamlar ehtiyojning ko’plab turlarini boshlaridan kechiradilar. Muallif ularni bir necha guruhga bo’lib tahlil qilgan: 1-rasm. A. Maslouning ehtiyojlar iyerarxiyasi O’zini nomoyon qilish ehtiyoji Obru, xurmat ehtiyojlari Ijtimoiy mansublik ehtiyojlari Xavfsizlik ehtiyojlari Psixofiziologik ehtiyojlari 30 Psixofiziologik ehtiyojlar. Unga tashnalik, ochlik, dam olish, uy-joy, jinsiy aloqaga bo’lgan ehtiyojlar kiradi; xavfsizlik va kelajakka ishonch ehtiyojlari – bu ehtiyojlar ma’lum bir guruhga xos bo’lib, unda insonlarning bir-birini tushunishi, sevgi munosabatlari, o’zaro ijtimoiy munosabatlarga kirishimliligi, bog’liqligi, qo’llab-quvvatlashi kabilar kiradi. A. Maslou bu ehtiyojlarni o’sish ehtiyojlari sirasiga kiritadi; ijtimoiy mansublik ehtiyojlari – jamiyatda kerakligi va o’z o’rni bor ekanligini his qilish ehtiyoji. Rasmiy va norasmiy jamoalar, do’stlik rishtalari bunga yaqqol misol bo’ladi; Obro’, hurmat qozonish, o’zini ahamiyatli his etish ehtiyojlari – bunga o’zini o’zi hurmat qilish va tan olish ehtiyojlari kirib, bu ham o’sish ehtiyojiga taalluqlidir; o’zini namoyon etish, o’zidan iz qoldirish ehtiyojlari (yuksalish) – bu eng yuqori ehtiyoj pog’onasidir. Unda ahamiyatga molik, qadrlanadigan shart- sharoitlarda va rivolanishida insonning shaxs sifatida takomillashuvi nazarga olinadi. A. Maslouning ta’kidlashicha, insonning orzu va ehtiyojlari cheksizdir. Har bir inson bir marraga kelgandan so’ng darhol ikkinchi bir marrani mo’ljallay boshlaydi. “Maqsad – intilish – yetishish” jarayonini qayta-qaytadan takrorlanaveradi. Hamma yuqori ehtiyoj ko’rsatgichlari qat’iy iyerarxik to’zilishlar orqali amalga oshadi. A. Maslouning fikricha, ehtiyojning yuqori pog’onasi, qachonki ehtiyojning pastki pog’onasi (“fiziologik, xavfsizlik va himoya”) qondirilgandagina yuzaga chiqadi. Uning nazariyasi tashkilotlar boshqaruvida muhim ahamiyat kasb etdi. Menejerlar ishchilar nima uchun ishlashni xohlashadi-yu, nega xohlashmaydi, degan narsani asta-sekinlik bilan tushunishadi. Ularga shu narsa ma’lum bo’ldiki, shaxsning ehtiyoj turlariga qarab motivasiyasi keng ko’lamda aniqlanadi. O’z qo’l ostidagilarni to’g’ri yo’naltira olishi, ularning muammolarini, ehtiyojlarini amalga oshirish yo’li bilan hal qilish mumkin. A. A. Maslou motivasiya nazariyasining klassik namoyandalaridan biri bo’lib qoldi. Muallifning fikricha, mazkur jarayonni, badiiy asar yaratish, sport bo’yicha muvaffaqiyatlarga erishish, hatto, ota-onalik burchining yaxshi ado etilishi misollarida ko’rish mumkin. O’zini o’zi ro’yobga chiqarilgach, shu jihat bilan bog’liq bo’lgan hayotiy kechinmalar oddiy holdek bo’lib tuyuladi. V. M. Karimova, B. T. Abdug’afforov, F. A. Akramovalarning fikricha, motivasiyalashgan tizim birligi – bu turtkidir. To’zilish jihatidan turtkilar ikki xil farqlanadi: “xohish-istakli” va “haqiqiy”. Har bir inson hayoti davomida turli vaziyatlarga tushadi. Ularning xulqida turli xil motivlar namoyon bo’ladi. Ko’pgina motivlar mehnat mobaynida shakllanadi. Odatda odamlarda mehnat qilish istagi foyda olish yoki foyda tushishi uchun xizmat qiladi, ya’ni shu orqali boshqalarga yordam beradi. 31 Motivlar anglangan yoki anglanmagan (qisman anglangan) bo’lishi mumkin. Birinchisida, ijtimoiy xulqning sabablari aniq, egasi uchun ravshan bo’lsa, ikkinchi holatda, amalga oshirilgan xulqning ichki psixologik sababi, ya’ni uning ortida turgan ehtiyoj, faollik mexanizmlari jarayonining o’zi anglanmaydi. Anglangan motivlar ijtimoiy xulqni o’rganishda katta ahamiyatga ega, chunki biz ko’pincha odamlar orasida, jamoat yerlarida, mehnat jamoasida o’zimizning nima sababdan aynan shu mavqyeni tanlaganimizni, aynan shunday qarorlarga kelganimizni, aynan shu odamlarni yoqtirayotgan yoki yoqtirmayotganimizni aniq bila olmaymiz. Bu holat ko’pincha ijtimoiy ustanovkalar orqali tushuntiriladi. Ijtimoiy ustanovka – u yoki bu guruhlarga nisbatan shaxsning baholari, harakat qilishga hozirligi va idrok usullaridir. Umuman tadbirkorning ijtimoiy xulq motivlari haqida gap ketganda, uning ikki elementini: harakat dasturi va maqsadni ajratish maqsadga muvofiq sanaladi. Harakat dasturi maqsadga erishishning vositalariga aniqlik kiritadi. Buning uchun ijtimoiy xulqning motivlari aniqlangan, ehtiyojlar muvofiqlashtirilgan, maqsadlar va unga yetish vositalari aniq bo’lishi kerak. Shundagina tadbirkor ijtimoiy xulqi jamiyat me’yorlariga mos bo’ladi. 3. Faoliyatning turlari. Jismoniy va aqliy harakatlar. Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulq» tushunchalari bilan chambarchas bog’liq bo’lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi. Shaxs aynan turli faolliklar jarayonida shakllanadi, o’zligini namoyon qiladi ham. Demak, faollik yoki inson faoliyati passiv jarayon bo’lmay, u ongli ravishda boshqariladigan faol jarayondir. Inson faolligini mo’jassamlashtiruvchi harakatlar jarayoni faoliyat deb yuritiladi. Ya’ni, faoliyat — inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan, hamda tashqi olamni va o’z-o’zini o’zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o’ziga xos faollik shaklidir. Bu — yosh bolaning real predmetlar mohiyatini o’z tasavvurlari doirasida bilishga qaratilgan o’yin faoliyati, bu — moddiy ne’matlar yaratishga qaratilgan mehnat faoliyati, bu — yangi kashfiyotlar ochishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati, bu — rekordlarni ko’paytirishga qaratilgan sportchining mahorati va shunga o’xshash. Shunisi xarakterliki, inson har daqiqada qandaydir faoliyat turi bilan mashg’ul bo’lib turadi. Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Qilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga — predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini o’zgartirishga qaratilgan bo’ladi. Masalan, ma’ro’zani konspekt qilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga qaratilgan bo’lib, u avvalo o’sha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o’zgarishlar qilish orqali, bilimlar zahirasini boyitayotgan bo’ladi. Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan nimalarga yo’naltirilganiga qarab, avvalo tashqi va ichki faoliyat farqlanadi. Tashqi faoliyat shaxsni o’rab turgan tashqi muhit va undagi narsa va hodisalarni o’zgartirishga qaratilgan faoliyat bo’lsa, ichki 32 faoliyat — birinchi navbatda aqliy faoliyat bo’lib, u sof psixologik jarayonlarning kechishidan kelib chiqadi. Kelib chiqishi nuqtai nazaridan ichki- aqliy, psixik faoliyat tashqi predmetli faoliyatdan kelib chiqadi. Dastlab predmetli tashqi faoliyat ro’y beradi, tajriba orttirib borilgan sari, sekin-asta bu harakatlar ichki aqliy jarayonlarga aylanib boradi. Buni nutq faoliyati misolida oladigan bo’lsak, bola dastlabki so’zlarni qattiq tovush bilan tashqi nutqida ifoda etadi, keyinchalik ichida o’zicha gapirishga o’rganib, o’ylaydigan, mulohaza yuritadigan, o’z oldiga maqsad va rejalar qo’yadigan bo’lib boradi. Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar ham ichki-psixologik, ham tashqi-muvofiqlik nuqtai nazaridan ong tomonidan boshqarilib boradi. Har qanday faoliyat tarkibida ham aqliy, ham jismoniy-motor harakatlar mujassam bo’ladi. Masalan, fikrlayotgan donishmandni kuzatganmisiz? Agar o’ylanayotgan odamni ziyraklik bilan kuzatsangiz, undagi yetakchi faoliyat aqliy bo’lgani bilan uning peshonalari, ko’zlari, xattoki, tana va qo’l harakatlari juda muhim va jiddiy fikr xususida bir to’xtamga kelolmayotganidan, yoki yangi fikrni topib, undan mamnuniyat his qilayotganligidan darak beradi. Bir qarashda tashqi elementar ishni amalga oshirayotgan — misol uchun, o’zum ko’chatini ortiqcha barglardan xalos etayotgan bog’bon harakatlari ham aqliy komponentlardan xoli emas, u qaysi bargning va nima uchun ortiqcha ekanligidan anglab, bilib turib olib tashlaydi. Aqliy harakatlar — shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham o’z ichiga oladi. Bunday harakatlar quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin: perseptiv — ya’ni bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va xodisalar to’g’risida yaxlit obraz shakllanadi; mnemik faoliyat, narsa va xodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan bog’liq murakkab faoliyat turi; fikrlash faoliyati — aql, fahm-farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboqlarni yechishga qaratilgan faoliyat; imajitiv — («image» — obraz so’zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda hayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va hayolda tiklashni taqozo etadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday faoliyat ham tashqi harakatlar asosida shakllanadi va motor komponentlardan iborat bo’lishi mumkin. Agar tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o’tish ro’y bergan bo’lsa, bunday jarayonni psixologiyada interiorizasiya deb ataladi, aksincha, aqlda shakllangan g’oyalarni bevosita tashqi harakatlarda yoki tashqi faoliyatga ko’chirilishi eksteriorizasiya deb yuritiladi. Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko’ra ham farqlanadi. Masalan, shunday bo’lishi mumkinki, ayrim harakatlar boshida har bir elementni jiddiy ravishda, alohida-alohida bajarishni va bunga butun diqqat va ongning yo’nalishini talab qiladi. Lekin vaqt o’tgach, bora-bora unda 33 ongning ishtiroki kamayib, ko’pgina qismlar avtomatlashib boradi. Bu oddiy tilga o’girilganda, malaka hosil bo’ldi deyiladi. Masalan, har birimiz shu tarzda xat yozishga o’rganganmiz. Agar malakalarimiz qat’iy tarzda bizdagi bilimlarga tayansa, faoliyatning maqsadi va talablariga ko’ra harakatlarni muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlasa, biz buni ko’nikmalar deb ataymiz. Ko’nikmalar — doimo bizdagi aniq bilimlarga tayanadi. Masalan, ko’nikma va malakalar o’zaro bog’liq bo’ladi, shuning uchun ham o’quv faoliyati jarayonida shakllanadigan barcha ko’nikmalar va malakalar shaxsning muvaffaqiyatli o’qishini ta’minlaydi. Ikkalasi ham mashqlar va qaytarishlar vositasida mustahkamlanadi. Agar, faqat malakani oladigan bo’lsak, uning shakllanish yo’llari quyidagicha bo’lishi mumkin: oddiy namoyish etish yo’li bilan; tushuntirish yo’li bilan; ko’rsatish bilan tushuntirishni uyg’unlashtirish yo’li bilan. Hayotda ko’nikma va malakalarning ahamiyati katta. Ular bizning jismoniy va aqliy urinishlarimizni yengillashtiradi va o’qishda, mehnatda, sport sohasida va ijodiyotda muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta’minlaydi. Faoliyatni klassifikasiya qilish va turlarga bo’lishning yana bir keng tarqalgan usuli — bu barcha insonlarga xos bo’lgan asosiy faollik turlari bo’yicha tabaqalashdir. Bu — muloqot, o’yin, o’qish va mehnat faoliyatlaridir. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling