Psixologiya va yoshlar psixologiyasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Sezgilarning nerv – fiziologik asoslari
Download 170.97 Kb.
|
Psixologiya va yoshlar psixologiyasi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu:Sezgi turlari va uning xususiyatlari. Reja 1.Sezgi jarayoni haqida tushuncha. 2.Sezgi xususiyatlari va turlari.
Sezgilarning nerv – fiziologik asoslari
Ma’lumki, sezgilar faqatgina tashqi ta’sirlar natijasida hosil bo‘lmay, balki organizmning ichki holatida ham amalga oshiriladi. Sezgi nerv tizimining u yoki bu qo‘zg‘atuvchidan ta’sirlanuvchi reaksiyalari tarzida hosil bo‘ladi va har qanday psixik hodisa kabi reflektorlik xususiyatiga egadir. Sezgilarning nerv – fiziologik asosini qo‘zg‘atuvchining o‘ziga aynan o‘xshaydigan analizatorga ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan nerv jarayoni tashkil qiladi. SHuningdek, sezgilarning nerv fiziologik asosini o‘rganishda I.P.Pavlov ta’biri bilan aytganda analizator apparati tashkil etadi. Mavzu:Sezgi turlari va uning xususiyatlari. Reja 1.Sezgi jarayoni haqida tushuncha. 2.Sezgi xususiyatlari va turlari. Inson organizmiga ta‟sir etadigan ayrim narsa va hodisalar obrazlarining miyada bevosita aks etish faoliyatiga sezgilar deyiladi. Biz sezgilar yordamida predmetlarning rangini, shaklini, katta yoki kichikligini aniqlaymiz. Sezgilar sodda psixik jarayon bulishiga qaramay, barcha bilimlarimizning asosiy manbai hisoblanadi. Chunki narsa va hodisalar aks etishining ko‟pchilik qismi sezishdan boshlanadi. Agar sezgilarimiz bo‟lmaganda biz tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarni aks ettirishdan va ularni bilishdan maxrum bo‟lar edik. Sezgilar to‟g‟risidagi ilmiy ta‟limotlarga binoan narsalar va ularning xossalari, tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi hisoblanib, sezgilarning o‟zi esa tashqi va ichki qo‟zg‟atuvchilarning sezgi a‟zolariga ta‟sir etishining mahsulidir. Sezgilar moddiy (obyektiv) borliqning, voqelikning xaqqoniy tasvirini aks ettirib, ular qanday ko‟rinishga, shaklga, xususiyatga ega bo‟lsa, ular xuddi shundayligicha hech o‟zgarishsiz, aynan aks ettirish imkoniyatiga egadir. Tevarak-atrofdagi olamning boyligi haqida, tovushlar va ranglar, xidlar va xarorat, miqdor va ko‟plab boshqa narsalar to‟g‟risida biz sezgi tufayli bilamiz. Kishi vujudi sezgi a‟zolari yordamida sezgilar shaklida tashqi va ichki muhitning xolati haqida rang-barang axborot olib turadi. Sifat - sezgining asosiy xususiyati bo‟lib, uni boshqa sezgi turlaridan farqlaydi va ayni shu sezgi turi chegarasini o‟zgartiradi. Masalan, eshitish sezgilari tovushning balandligi tembri, qattiqligi bilan tafovutlanadi, ko‟rish sezgilari esa ranglarning quyuqligi, jilosi, tovlanishi, toni va boshqa shu kabilar bilan farqlanadi. Sezgilarning sifat jihatidan ko‟p turliligi materiya harakati shakllarining turli-tumanliligini aks ettirishidir. Sezgilarning jadalligi ularning miqdoriy tavsifidan iborat bo‟lib, ta‟sir qilayotgan qo‟zg‟atuvchining kuchi va retseptorning funktsional xolati bilan belgilanadi. Sezgilarning davomiyligi ularning vaqtinchalik tavsiflanishidan iborat bo‟lib, u ham sezgi a‟zolarining funktsional xolati bilan, shuningdek, qo‟zg‟atuvchining ta‟sir qilish vaqti hamda jadalligi bilan o‟lchanadi. Qo‟zg‟atuvchi sezgi a‟zosiga ta‟sir qilishi bilan darhol sezgi hosil bo‟lmaydi, balki u bir qancha daqiqadan keyin vujudga keladi. Yuqorida ko‟rsatib o‟tganimizdek, psixologiya fanida uchta katta guruhga ajratilgan sezgilar mavjud: eksterioretseptiv; proprioretseptiv; interioretseptiv. Ular o‟z navbatida quyidagi sezgi turlariga bo‟linadi. Download 170.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling