Psixologiya va yoshlar psixologiyasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 170.97 Kb.
bet21/37
Sana30.10.2023
Hajmi170.97 Kb.
#1733518
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37
Bog'liq
Psixologiya va yoshlar psixologiyasi-fayllar.org

Idrokning fiziologik asoslari.
Idrok sezgi kabi reflektor jarayondir. Pavlov idrokning asosi tashqi olamdagi narsalari yoki xodisalarning retseptorlarga ta’sir etishi tufayli bosh miya katta yarim sharlarining pustida yuzaga keladigan shartli reflekslar, ya’ni vaqtli nerv bog’lanishlari ekanligini kursatib bergan. Bunda tashqi olamdagi narsalar yoki xodisalar kompleks qo’zg’atuvchilar tarzida ta’sir qiladi. Bu kompleks qo’zg’atuvchilar analizatorlarning miya pustidagi kismlarida murakkab analiz va sintez kilinadi. Idrok sezgilarga nisbatan miya analitik- sintetik faoliyatining yuksak formasi xisoblanadi.
Idrokning nerv-fiziologik asosi xam sezgilarning nerv-fiziologik asosiga qaraganda murakkabdir. Idrok jarayonining nerv-fiziologik asosida bir necha sezgi a’zolariga barobar ta’sir etuvchi kompleks qo’zg’atuvchilarning ta’siri natijasida bosh miya pustida xosil bo’ladigan sintez jarayoni, ya’ni vaqtli bog’lanishlar (shartli reflekslar)ning xosil bulishi yotadi. Bundan tashkari, idrok jarayonining nerv-fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signallar sistemalarining faoliyatlari bilan xam bog’liqdir. Idrok obrazining yuzaga kelishidan iborat murakkab jarayonning asosi ichki analizator va analizatorlararo bog’lanishlar sistemasidir. Bunday bog’lanishlar qo’zg’atuvchilarni farklashning eng kulay sharoitlarini va narsalar xususiyatlarining murakkab butunlik sifatida o’zaro munosabatlarini xisobga olishni ta’minlaydi.
Tashqi ta’sir katta yarim sharlar po’stlog’ida birlashtiriladi, organizmning bir qancha qo’zg’ovchilar ta’siriga reaksiyasi bir-biri bilan bog’lanadi. Har bir predmetdagi xossalarning yig’indisiga qarab odam ularni bir-biridan farq qiladi.
Idrokning turlari.
1.Idrok quyidagi turlarga bo’linadi;
2.Idrok jarayonida qaysi analizatorning yetakchi rol o’ynashiga qarab; ko’rish, eshitish, hid bilish, teri, ta’m bilish, harakat idroklariga;
3.Materiyaning yashash shakllariga qarab; fazoni, vaqtni, harakatni idrok qilishga;
Faolligiga qarab; ixtiyoriy va ixtiyorsiz kabi idroklarga bo’linadi.

Idrok sezgi bilan o’zaro bog’liq bo’lib analizatorlarning joylashuviga ko’ra ko’rish idroki ,eshitish idroki xid bilish idroki ,tam bilish idroki tuyish, va xlokazolarga bulinadi.Faolligiga kura ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo’linadi.


Idrok ixtiyorsiz va ixtiyoriy degan xillarga xam ajraladi. Ixtiyorsiz idrokda narsalar odamning ongida avvaldan maqsad kuyilmagan xolda aks ettiriladi. Odatda narsa va xodisalarning tashqi xususiyatlari, kishining xis-tuygulariga ta’sir etishi ixtiyorsiz idrokni vujudga keltiradi. Ixtiyoriy idrokda odam uz oldiga muayyan maqsad, vazifa kuygan bo’ladi. Ixtiyoriy idrokda odam shunchaki eshitmaydi, balki tinglaydi, shunchaki kuzdan kechirmaydi, balki sinchiklab kuradi. Ixtiyoriy idrok kup xollarda Biron faoliyatning tarkibiga kirgan bo’ladi. Kuzatish ixtiyoriy idrokning turlaridan biri xisoblanadi. Kuzatish maqsadga qaratilgan, uyushgan, ozmi-kupmi kupirok vaqt davom etadigan idrokdir. Kuzatishda, odatda, kishi uz oldiga maqsad kuyadi: Biron-bir ob’yekt, xodisa yuz beruvchi uzgarishlarni kuzatadi. Tevarak olamdagi narsalarni idrok qilish bilan birga, biz ularning fazoviy xususiyatlarini – shakli, katta-kichikligi, o’zaro bir-biridan va bizdan kanchalik uzoq-yaqinligini xam idrok qilamiz. Xodisalarni idrok qilarmiz, biz ularning vaqt xarakteristikalirini –odamning tugma xususiyati xisoblanmaydi. Agar yosh gudakning, shuningdek, onadan kur bo’lib tugilib, keyinchalik operatsiya qilish orqali Kuzi ochilgan kishilarning xatti-xaraktini kuzatsak, bunga ishonch xosil qilish qiyin eas. Yosh go’dak tepaga osib qo’yilgan o’yinchoqqa tomon qo’l cho’zish va uni ushlashni ko’p marta mashq qilish natijasida o’rganib oladi. Avvaliga esa, o’yinchoq o’zining rangdorligi bilan bolaning e’tiborini jalb qilib, bolada biror-bir oriyentirovka reaksiyasini vujudga keltirsa-da, bola xatto o’yinchoqka ko’proq qarab turishning xam uddasidan chiqmaydi. Operatsiyadan so’ng ko’zi ochilgan kishilar dastlabki paytda sharni ko’pincha doira sifatida idrok qiladilar, yaqin masofadagi mayda narsalar ularning kuziga katta bo’lib, uzoqroq masofadagi narsalar esa kichik bo’lib, ya’ni kuzning tur pardasiga aks ettirilgan obrazning katta-kichikligi muvofik ravishda kuringan. Narsaning konturi buyicha kuz yurgurtirish natijasida narsaning shakli idrok kilinadi. Sechenov kuzni narsaning konturini paypaslovchi uziga xos changallardir deb atagan edi. Ammo kuzning bu xususyaiti faqat yassi shakllarnigina idrok qilish imkonini beradi.

Download 170.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling