"psixologiya"
Nutq va til to’g’risidagi tushuncha. Nutqning turlari va funksiyalari
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
Nutq va til to’g’risidagi tushuncha. Nutqning turlari va funksiyalari.
Yuqorida aytganimizdek, muloqotda biz tildan foydalanamiz. Til muloqotga kirishuvchilar o’rtasida aloqa bog’lanishini ta’minlaydi. Negaki, til shu maqsad uchun tanlangan so’zlar mohiyatiga ko’ra kodlashtirgan holda axborotni berayotgan kishi ham, uning kodini ochgan, ya’ni uning ma’nosini tushungan va shu axborot asosida o’z xulq–atvorini o’zgartirgan, bu axborotni qabul qilayotgan kishi ham tushunadi. Agar kodni tushunmaganda edi, tomonlar bir–birini tushunmas va noto’g’ri hatti–harakatlar qilgan bo’lur edi. Masalan, qadimgi Vavilondagi minora qurilishi. Nutq – bu og’zaki kommunikasiya, ya’ni til yordamida muloqot o’rnatish jarayoni demakdir. Ijtimoiy tajribada biron–bir mazmunni anglatadigan so’zlar og’zaki kommunikasiya vositasi hisoblanadi. So’zlar eshittirilib yoki ovoz chiqarmasdan aytilishi, yozib qo’yilishi yoki kar–soqov kishilarda ma’lum bir mazmunga ega bo’lgan imo–ishoralar vositasida almashtirilishi mumkin. Quyidagi nutq turlari farq qilinadi: yozma va og’zaki nutq. O’z navbatida og’zaki nutq diologik va monologik nutqlarga bo’linadi. Og’zaki nutqning eng sodda turi diolog, ya’ni biror narsani muhokama qilayotgan suhbatdoshlar nutqidir. Og’zaki nutqning ikkinchi turi monolog nutq bo’lib, uni bir kishi boshqasiga yoki uni tinglayotgan ko’plab kishilarga qarata gapiradi. Bunga 51 o’qituvchining hikoyasi, o’quvchining kenggaytirilgan javobi, ma’ro’za va shu kabilar kiradi. Dialog nutqda til qoidalariga unchalik rioya qilinmasa ham suhbatdoshlar bir–birlarini tushunaveradilar. Yozma nutq insoniyat tarixida og’zaki nutqdan ancha keyin paydo bo’lgan. Yozuv tufayli odamlar to’plangan tajribalarni avloddan-avlodga to’lasicha yetkazish imkoni tug’ildi. Bordi-yu bu tajribalar og’zaki nutq tarzida o’tkazilganda bo’zilishi, o’zgarishi, hatto yo’kolib ketishi mumkin edi. Masalan, bobokolonimiz Imom al-Buxoriy tomonidan «Hadis»larni yozma to’plashga o’tilganligi. Yozma nutq ham dialog va monolog shakllarida uchraydi. Nutqning nerv – fiziologik mexanizmini eshitish va harakat analizatorlari tashkil etadi. Chunki axborotni qabul qilish va uni boshqalarga berish uchun avvalo eshitish analizatorlari yaxshi ishlashi kerak. Gapirayotganda esa o’pka, og’iz muskullari faol harakatga keladi. Ayniqsa, artikulyasion apparat yaxshi ishlashi kerak. Buning faoliyatisiz birorta harf yoki so’z hosil bo’lmaydi. Nutqning nerv–fiziologik mexanizmlarini bosh miyadagi nutq markazlari ham tashkil etadi. Olimlarning, ayniqsa, A. R. Luriyaning tajribalari shuni ko’rsatadiki, bosh miyadagi nutq markazlari ishdan chiqsa, nutqni tushunish yoki nutq so’zlash birdaniga izdan chiqar ekan. Biz o’zaro muloqotda til, nutqning o’zidangina foydalanib qolmasdan, balki qo’l, barmoq va yuz harakatlari, imo–ishora, ohang, pao’za, kulgu, ko’z yoshi qilish va shu kabilardan ham foydalanamiz. Bular og’zaki kommunikasiya vositalari – so’zlarni to’ldiruvchi va kuchaytiruvchi, ba’zan esa o’rnini bosuvchi belgilar tizimini tashkil etadi. Eng muhimi, kishi nutqni tarbiyalash bo’yicha oldiga aniq maqsad qo’yishi va ana shu maqsad asosida qat’iy mashqlar olib borishi lozim. Masalan, kishi adabiy tilda so’zlashga o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan bo’lsa, faqat dars paytidagi javoblaridagina emas, har qanday sharoitda, har bir kishi bilan bo’lgan muloqotda ham o’zini gaplarini nazorat qilib borishi, shevachilikka yo’l qo’ymasligi lozim. O’z–o’zini nazorat qilish bo’lmasa kishi Hech qachon nutq madaniyatini, muomala madaniyatini egallay olmaydi, u notiq bo’la olmaydi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling