"psixologiya"
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
3 KIRISH Ushbu o’quv-uslubiy qo’llanma bakalavriat talim standartlariga kiritilgan «Pedagogika.Psixologiya» fanini ixtisosligi «Psixologiya» va «Pedagogika» bo’lmagan oliygohlarda o’qitishga mo’ljallangan. Oliy o’quv yurtida yuqori malakali pedagogik kadrlar yetishtirishda pedagogika va psixologiya fanining o’rni katta. Zero, pedagogika va psixologiya jamiyatning harakatlantiruvchi kuchi bo’lgan insonni shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Biz tayyorlayotgan mutaxassislar pedagogika va psixologiya fanini, ayniqsa uning amaliy tatbiqiy jihatlarini chuqur va puxta o’zlashtirgan taqdirdagina yosh avlodni har tomonlama kamolga erishgan kishilar qilib tarbiyalay olishlari mumkin. Shuni alohida ta’kidlash joizki, pedagogika va psixologiya fanini o’zlashtirish talabalar uchun ma’lum qiyinchiliklar tug’diradi. Bunga sabab, birinchidan, talabalar, bu fanni o’rganishlari uchun ham aniq fanlar, ham ijtimoiy fanlar sohasida bilimlarga ega bo’lishlari zarur, ikkinchidan, insonning rang-barang ruhiy olami, ko’zga ko’rinmas ichki his-tuyg’ulari, kechinmalari xaqidagi murakkab fanligi, uchinchidan, eng yangi, zamonaviy darsliklar, o’quv qo’llanmalarining yetishmasligidir. O’quv-uslubiy qo’llanmani tayyorlashdan maqsad, birinchidan, adabiyotlar yetishmasligining ma’lum darajada oldini olish bo’lsa, ikkinchidan, eng muhimi, nazariy bilimlarni talabalarga yangi ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida, oson, tushunarli, misollarga boy qilib yetkazishdir. O’quv-uslubiy qo’llanmani tuzishda “Psixoligiya” dasturi (tuzuvchilar p. f. d. , professor Z.T. Nishanova va katta o’qituvchi N.G. Odilova. TDPU. ) ga hamda 2011 yil 15 avgustda tasdiqlangan Davlat ta’lim standartlariga asoslanildi. O’quv-uslubiy qo’llanmani tayyorlashda E. G’oziyevning «Psixologiya», «Tafakkur psixologiyasi» kitoblaridan, V. Karimova, F. Akramovaning «Psixologiya»dan ma’ruzalar matni, O. E. Hayitov, N. X. Lutfullayevaning «Psixodiagnostika va amaliy psixologiya», A. V. Petrovskiy tahriri ostidagi «Umumiy psixologiya» darsligidan, E. Iskandarov, D.Norboyeva “Psixologiya” o’quv-uslubiy qo’llanmalaridan foydalanildi. Shuningdek, ayrim psixik jarayonlarni yoritish, nazariy fikrlarni sharhlashda umumiy psixologiya bo’yicha xrestomatiyalardan, psixolog olimlarning eng yangi tadqiqotlaridan, vaqtli matbuot materialaridan ham foydalanildi. Ushbu o’quv-uslubiy qo’llanmani o’ziga xosligi, bir tomondan mavzular yoritilish tartibi yangicha mantiqiy uzviylikda bo’lsa, ikkinchi tomondan psixologiyaning amaliy jihatlariga ko’proq e’tibor qaratishga, talabalarda o’zlarining va boshqalarning psixologik xususiyatlarini bilishga qiziqishini orttirishga, yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishga imkoniyat yaratishga harakat qilindi. Har bir mavzu uchun reja, qisqacha uning mazmuni, mavzuga oid tayanch so’zlar, adabiyotlar ro’yxati hamda mustaqil amaliy ishlash uchun psixologik testlar berilgan. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling