19-mavzu Og„zaki muloqot va uning xususiyatlari


Download 97.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana15.06.2023
Hajmi97.06 Kb.
#1486309
  1   2
Bog'liq
19 мавзу (1)



19-mavzu 
Og„zaki muloqot va uning xususiyatlari 
Muloqot inson ruhiyatining ko‟zgusi ekanligi uning munosabat ifodalashida, ayniqsa, yaqqol 
namoyon bo‟ladi. 
Birinchi bobning adresat faoliyati bosqichlari qismida qisqacha to‟xtalib o‟tilganidek, har 
qanday muloqot ostida oshkor yoki yashirin munosabat yotadi. Zero, “...İnson muloqot 
jarayonida o‟zini qurshab turgan olam haqida xabar beribgina qolmay, balki predmetning 
tinglovchiga yoki o‟zining xabar qilinayotgan predmetga bo‟lgan munosabatlarni baholashga 
moyillik bildiradi...” Shu manoda muloqotni boshqacharoq qilib “munosabatlar ko‟zgusi” 
deyish ham mumkin. Quyida munosabat ifodalovchi vositalar va insoniy munosabatlarning 
o‟zbek MXda qanday namoyon bo‟lishini faktik misollar asosida tahlil etamiz. 
2.2.1. Munosabat ifodalovchi vositalar 
Kommunikantlar o‟zaro muloqotda bo‟lar ekanlar, hatto eng kichik kommunikativ birlik 
(masalan, gap vazifasida qo‟llanilgan so‟z) ifodasidayoq bir-birlariga bo‟lgan ichki 
munosabatlarini oshkor qilib qo‟yadilar. Oddiy bir misol: kutilmaganda xonadoniga kirib kelgan 
mehmonga mezbon tomonidan aytilgan birgina “keling” degan so‟z talaffuzi ostida o‟nlab
konnotativ mano (shodlanish, taajjub, hayrat, og‟rinish, norozilik, beparvolik, bepisandlik 
kabi)lar yashiringan bo‟ladi. “...Shirmon yuzli, satang juvon menga istar-istamas “keling”
deb qo‟ydi” (A.Muqimov). Shuning uchun ham o‟zbek xalqi kutib olish jarayonini ”samimiy”, 
“iliq” kutib olish kabi darajalanishlarga ajratadi. 
Muloqot jarayonida munosabat ifodalashning v e r b a l (lisoniy), n o v e r b a l
(nolisoniy) va a r a l a sh (verbal-noverbal) vositalari mavjud bo‟lib, quyida ularning o‟ziga xos 
xususiyatlari haqida qisqacha to‟xtalib o‟tamiz. 
Kommunikantlar bir-birlariga bo‟lgan munosabatlarini asosan verbal vositalar orqali 
ifoda etmoqchi bo‟ladilar: “Men sizni hurmat qilaman”, “...yaxshi ko‟raman”, “...sevaman” kabi 
verbal vositalar orqali adresant adresatga bo‟lgan ijobiy munosabatini izhor etsa, 
“...yoqtirmayman”, “...yomon ko‟raman”, “..sevmayman” kabi jumlalarda adresantning salbiy 
munosabati ifodalanadi. 
Verbal vositalar orqali munsabat ifodalashning leksik, morfologik, sintaktik va aralash 
usullari bo‟lib, ularning har biri alohida mavzu bo‟lganligi uchun bu haqda birgina misol 
keltirish bilan chegaralanamiz: “...Ostonada qaynonasi Orzixon xola paydo bo‟ldi.
- Voy, kelilar, kelilar... 
“Xayriyat, - dedi ichida Murodjon qizarinqirab, - muz ko‟chgan ko‟rinadi, i l i q kutib 
olishyaptiku...” (T. Jo‟raev). 
Ko‟rinadiki, adresat adresantning o‟ziga bo‟lgan i l i q munosabatini Orzixon xola 
nutqidagi his-hayajon bildiruvchi “voy” undov so‟zi, “kelilar” so‟zining takror qo‟llanishi (leksik 
va sintaktik usul) orqali bilib olyapti. 
Adresantning adresatga bo‟lgan munosabatini unga nisbatan qo‟llagan til birliklaridan 
ham bilib olish mumkin. Misol uchun o‟zbek tilining qipchoq shevasida so‟zlashuvchilar nutqida 
qo‟llanadigan ko’rinmaydiqorasi joq, daragi joq sinonimik birikmalari bir-birining o‟rnini bosa 
oladi. Asosiy dominanta ktsrimmadi. U oddiy munosabatni bildirish bilan birga, normal nutq 
namunasi hisoblanadi. Masalan, hurmat munosabatini saqlagan kishilarga nisbatan daragi joq 
xususan, qarasq joq iborlarini qo‟llab bo‟lmaydi. Juda borganda joq sinonimini qo‟llash 
mumkin. Asabiylashgan taqdirda yoki yoshlarga nisbatan daragi joq sinonimi qo‟llanadi. 


Bundan malum bo‟ladiki, adresantning suhbat mavzui qahramoniga bo‟lgan 
munosabatini (muloqot jarayonida bevosita ishtirok etmayotgan bo‟lsa ham) unga nisbatan 
qo‟llayotgan til (nutq) birliklaridan ham bilib olish mumkin. 
Olimlarning fikriga qaraganda, odamlar suhbat jarayonida o‟zlari aytmoqchi bo‟lgan 
fikrning faqat 7 foizinigina so‟z orqali, qolgan 38 foizini ohang va 55 foizini imo-ishora orqali 
bayon etadilar. 
Boshqa bir olimning etirof etishicha, inson nutq azolari yordamida gapiradi, ammo butun 
vujudi bilan gaplashadi.
Bundan ko‟rinadiki, muloqot jarayonida fikr va munosabat ifodalashning 90 foizdan 
oshiqrog‟ini noverbal vositalar tashkil etar ekan. Shuning uchun ham bu mavzu Evropa 
tilshunoslarining allaqochon tadqiqot obektiga aylangan va bu haqda ko‟plab asarlar yaratilgan. 
“Noverbal vositalar va ularning o‟zbek tilida ifodalanishi” mavzuida monografik tadqiqot
o‟tkazgan S. Saidxonov o‟zbeklarda ishlatiluvchi noverbal vositalarni kommunikatsion va 
somatik xususiyatlariga ko‟ra f o n a ts i o n, k i n e t i k va a r a l a sh noverbal vositalarga 
ajratadi. Bizning ishimizda bu noverbal vositalarning kommunikantlar o‟rtasidagi subektiv 
munosabatlarni ifodalash xususiyatlari haqida fikr yuritiladi. 
2.2.2. Kommunikant “men”i va unga munosabat 
Takidlab o‟tilganidek, muloqot kamida ikki kishi o‟rtasida yuz beradigan psixologik 
jarayon bo‟lib, “hayotda barcha hollarda qo‟llanadigan usulning o‟zi yo‟q va biron narsa barcha 
odamlarga bir xilda tasir qilmaydi”. Buning asosiy boisi hech bo‟lmaganda ikkita aynan bir xil 
odamning yo‟qligidadir. Chunki har bir inson “men”lik davosi bilan dun-yoga keladi. Shuning
uchun ham biz insonni “betakror individ” deb ataymiz. “Bu dunyo inson tuyg‟usiga “men” 
qudrati bilan ozodlik berilgan dunyodir”. Xuddi mana shu betakrorlik insonni yashashga davat 
etadi. Dildagi “men” tilda ham ayon bo‟ladi. Faktlarga murojaat etaylik: jahonning eng nufuzli 
tashkilotlaridan biri “Npyu-York telefon kompani” eng ko‟p ishlatadigan so‟zni aniqlash uchun
telefon orqali so‟zlashishlarini batafsil o‟rganib ko‟rdi. Bu shaxs olmoshi - “men” ekan. Bu so‟z 
500 ta telefon so‟zlashuvida 3990 marta qo‟llanilgan. 
“Men” qalbni junbushga keltiradi. Xuddi mana shu “men” Muhammad Alini boks 
bo‟yicha ikkinchi bor jahon chempioni shuhratiga sazovor etganida, u ringning o‟rtasida g‟oz 
turib shunday mazmunda nutq so‟zlagan: “Shunday qilib, azizlar, unutmanglar, men hammadan 
ustunman, men hammadan ulug‟man, eng kuchli va eng aqlli chempionman. Shu bugunga qadar 
erishgan yutuqlarimga hali tarixda hech bir sportchi erisholmagan, erisholmaydi ham. Gapning 
lo‟ndasini aytadigan bo‟lsam, Muhammad Ali - qirol. U alolarning alosi, kuchlilarning 
kuchlisidir...”. 
Ko‟rinadiki, “men” o‟zlikni anglash shiddatidan tug‟iladi. İnson o‟zini anglashi tufayli
olamni anglaydi, o‟zini tanish tufayli yaratganni
taniydi. Chunki Mansur Halloj, Nasimiy, Shoh Mashrablar tili bilan aytganda, Olloh hazrati 
İnsonni o‟z zarrasidan yaratgan. İslom tafakkurining eng buyuk natijasi hisoblangan so‟fizmda 
inson o‟z “men”idan, g‟ururidan kechmay turib, Ollohni tanimaydi, degan qoida bor edi. Xuddi 
shu g‟ururni sindirish uchun musulmon olamining taniqli olimi Jaloliddin Rumiy piri Said 
Burxoniddin talabi bilan shahar hojatxonalarini tozalagan. 
Fatiy yoki futuvvatli bo‟lishning eng muhim shartlaridan biri tavoze, yani boshqalarni 
o‟zidan afzal bilmoq, barchaga kamtar, xoskor munosabatda bo‟lishdir. 
Bu fikrlarni keltirishdan maqsadimiz shuki, musulmonlar, jumladan, o‟zbeklar
tabiatidagi kamtarlik, kamsuqumlik zamiridagi “men” Yevropa xalqlari tabiatidagi “men”dan
jiddiy farqlanishini alohida takidlashdir. Taniqli olim İ. Haqqulov “Yassaviy hikmatlari” 


kitobiga yozgan so‟z boshida bu haqda shunday fikrlarni bildiradi: “...ilon po‟st tashlamasa, 
o‟larkan. Mistik tafakkur ham o‟zlikdan kechishni o‟lishmas, yangicha tiriklik, ideal hayot 
yuksakliklariga ko‟tarilish, deb baholaydi. ....”Olloh” demakdan asosiy murod - gunoh va 
yomonliklarga rag‟batlantiruvchi “shayton”dan qutulish. Manmanlik, kaltabinlik, kibr, “hoyyu 
havas” hislarini tub ildizlari bilan sug‟urib tashlash. Mansur Halloj insonning ilohiyligini 
sharaflab: “Anal Haq” - “Men Xudoman” degani uchun musulmon hukmronlari tomonidan 
shakkoklikda ayblanib, qatl etilgani malum. Yassaviyning fikricha, nodon va johillargina “Anal 
Haq”ning manosini bilmaydilar:
“Anal Haq”ning manosini bilmas nodon, 
Dono kerak, bu yo‟llarda poki mardon... 
Chunki “Shoh Mansurni ”Anal Haq”i bejo emas”, “yo‟lni topqon, biz-ga o‟xshash 
gumroh emas”, deydi shoir...”. 
Olimning fikridan malum bo‟ladiki, musulmonlar, jumladan, o‟zbeklar tabiatidagi kamtar 
va xoskorlik (tuproq bo‟lishlik)ni zohiriy “men”ni o‟ldirish va botiniy “men”ni kuchaytirish deb 
tushunish kerak. Chunki bu botiniy “men”da bitta buyuk mafkura bor. U - ishq. Shu ishq uning 
qalbida butun dunyo va koinot sirlarini markazlashtirishga qodir. Demak, u kamolot ishqi, u 
insonni zohiriy “men” qila olmaydigan, aql bovar qilmas darajadagi ishlarni qila oladi. 
Dilda bori tilga chiqqani kabi, botiniy “men” zohir ham bo‟lib turadi. Buni 
musulmonchilik qoidalarini puxta bilgan buyuk allomalar ham tan oladilar va o‟z asarlarida 
zohiriy “men”dan ham butunlay voz kechib yubormaslik lozimligini targ‟ib qiladilar. Jumladan, 
mashhur “Qobusnoma” asari muallifi Kaykovusning bu haqdagi fikri shunday: “...Barcha donish 
va hunarning sarmoyasi adab, tavoze, hayo, pok dillik, parhezkorlik, beozorlik, sabr va 
matonatlikdur. Lekin ko‟p vaqtlar bo‟lurki, sharm (zohiriy “men”sizlik - S.M,) kishiga ziyon 
etkarur. Shunday sharmli bo‟lmag‟ilki, bu ishingga xalal etkarmasin, nedinkim, ko‟p vaqtlar 
bo‟lurki, besharmlik bila maqsad hosil bo‟lur. Agar qila olsang fahsh, yolg‟on va 
nojuvonmardlikdin sharm qilg‟il, salohiyatlik so‟z va manfaatlik ishdin sharmni qo‟yg‟il. Ko‟p 
kishilar bo‟lurki, sharm qilib o‟zlarining barcha maqsudlaridan ayrilurlar. Sen ul miqdorda sharm 
qilg‟ilki, bu imon subuti hosiliga sabab bo‟lsin. Wzingga zarar va ziyon etkarur darajada sharm 
qilmag‟il...”. 
Eng muhimi shundaki, XI asrda yashab o‟tgan buyuk allomaning bu qarashlariga 
hamohang fikrlar hozirgi o‟zbek xalq maqollarida ham ko‟plab topiladi: 
Enkayganga enkaygin 
Boshing yerga tekkuncha, 
Kekkayganga kekkaygin 
Boshing ko‟kka yetguncha. 
O‟zbeklar bu maqolni “o‟zini katta olib, seni “oyoq uchi”da ko‟rsatadigan, nazar-pisand 
qilmaydigan, mensimaydigan odamning oldida sen o‟zingni nochor bilib, past tutib, qisinib-
qimtinib, andisha yuzasidan indamay o‟tirma, aksincha, o‟zingni undan ham balandroq tut,
bo‟sh kelma, seni mensimay, kinoya qilib, mazax-masxara qilib aytadigan gapiga yarasha gap 
qil: seni izzat-hurmat qiladigan, xushmuomala, odamoxun, kamtarin kishini esa undan ham 
o‟tkazib izzat-hurmat qil, shirin so‟zingni ayama, o‟zingni undan ham kamtarin tut”, degan 
manoda qo‟llaydilar.
Aslida, bu XX asrga kelib birdaniga paydo bo‟lib qolmay, balki qadim-qadimdan 
insoniyat qonida oqib kelayotgan g‟oyadir. Fikrimizni eramizdan avvalgi asrda yaratilgan 
qadimgi hind eposi “Mahabhorat”dagi: “İnson o‟zi uchun xohlamagan, o‟zi uchun yoqimsiz 
bo‟lgan narsalarni boshqalarga ham qilmasin” yoki injildagi: “Sizga qanday munosabatda 


bo‟lishlarini xohlasangiz, boshqalarga ham shunday munosabatda bo‟ling”, shuningdek, “İzzat 
qilsang, hurmat ko‟rasan” qabilidagi o‟zbek maqollari ham to‟la tasdiqlaydi. 
Aytilganlardan malum bo‟ladiki, inson muloqot paytida hamisha ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz 
holda qarshisida turgan kommunikativ “men”ni hisobga oladi.
2.2.3. Muloqotda adresant - adresat - kommunikativ obektlar 
o‟rtasidagi munosabatlarning ifodalanishi 
İshimizning muloqot uzvlari, turlari va ularning o‟ziga xos xususiyatlari (1,2) 
qismida aytib o‟tilganidek, muloqotda asosan ikki muhim uzv - adresant (so‟zlovchi) va adresat 
(tinglovchi)lar bevosita (zohiran) ishtirok etadilar. Ammo muloqot jarayoniga bavosita (botinan) 
tasir etib turuvchi uchinchi komponent ham borki, uningsiz til o‟zining aloqa vositachilik 
vazifasini bajarmaydi. Bu uchinchi komponentni shartli ravishda tasir birligi (TB) deb atadik. 
Shu nuqtai nazardan muloqotni, avvalo, quyidagi ikki turga ajratish mumkin:
1. Adresant - adresat o‟rtasidagi bevosita muloqot. 
2. Adresant - adresat o‟rtasidagi bavosita muloqot. 
Muloqotning bu ikki turi o‟ziga xos psixologik xususiyatga ega ekanligi, munosabat 
ifodalashda ham farqli jihatlar mavjudligi bilan ajralib turadi. Quyida mana shu farqli jihatlarni 
tahlil etishga harakat qilamiz. 
2.2.3.1. Adresant - adresat o‟rtasidagi bevosita muloqot va unda munosabat ifodalashning o‟ziga 
xos xususiyatlari 
Bu turdagi muloqotda adresant va adresatlarning bir-birlariga bo‟lgan 
munosabatlari to‟g‟ridan-to‟g‟ri (TBning aralashuvisiz) ifodalanadi va bunday muloqot obektiv 
(xolisonalik) xususiyatiga ega ekanligi bilan xarakterlanadi. 
İshimizning “Munosabat bildirish bosqichi” (1.4.2.2) qismida takidlab o‟tilganidek, 
kommunikantlar bir-birlariga bo‟lgan munosabatlarini avvalo lisoniy (verbal) vositalar orqali 
ifodalamoqchi bo‟ladilar. Biroq adresant - adresat o‟rtasidagi bevosita muloqotda asosiy 
informatsiya nolisoniy vositalar orqali ifodalanadi. Shu soha mutaxassislaridan biri Albert 
Meyerabianning fikriga ko‟ra, evropaliklar muloqot jarayonida informatsiyaning faqat 7
foizinigina lisoniy vositalar orqali, qolgan foizini esa boshqa nolisoniy vositalar orqali ifoda 
etadilar. Professor Berdvissl tadqiqotlari ham Meyerabianning fikrini tasdiqlaydi. Yani uning 
tadqiqot natijalari ham nutqiy muloqot jarayonida informatsiyaning 35 foizi lisoniy, 65 foizi 
nolisoniy vositalar orqali ifodalanishligini ko‟rsatgan. 
Zero, “odam”ning so‟zidan faqat uning qanday ko‟rinish niyatida ekanligini bilish 
mumkin, 
aslida 
uning 
qandayligi 
so‟zlarni 
ifodalashdagi 
imo-ishoralaridan, 
yuz 
bujmaytirishlaridan, binobarin, uning og‟rinib qilgan harakatlaridan bilib olish mumkin (F. 
Shiller)”. Chunki inson nutq azolari orqali gapiradi, butun vujudi yordamida suhbatlashadi. 
Jumladan, oddiy bir noverbal vosita - “kulgida kulinayotgan obektga munosabat bildirilib, baho 
berilibgina qolmay, shu bilan birga, u orqali kulayotgan kishining madaniyat darajasi, xarakter 
va didi ham namoyon bo‟ladi”. 
Ko‟rinadiki, adresant tomonidan aytilayotgan fikrni, uning o‟ziga bo‟lgan munosabatini 
adresat to‟laligicha qabul qilib olishi uchun “fikrni to‟ldirib keluvchi unga yondosh bo‟lgan imo-
ishora tilini muttasil ravishda o‟rganish katta amaliy- ilmiy ahamiyatga molikdir”. 
Shuning uchun ham 60-yillardan tilshunoslikda paralingvistik yo‟nalishdagi asarlar 
yuzaga keldi va yuqoridagi hodisalar muloqotning muhim vositalari sifatida astoydil o‟rganila 
boshlandi. o‟zbek tilshunoslaridan M.Saidxonovning “Noverbal vositalar va ularning o‟zbek 


tilida ifodalanishi” mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasida noverbal vositalarning munosabat 
ifodalashlik xususiyatlari haqida ham malumot berilgan. 
Umuman, har qanday muloqotda bo‟lgani kabi, adresant - adresat o‟rtasidagi bevosita 
muloqotda ham adresant har soniyada adresat munosabatini bilib turishga qiziqadi. Shuning 
uchun ham adresantlar muloqot chog‟ida adresatlarning har bir harakatidan munosabat 
qidiradilar. Agarda adresatlar bu borada passivlik qiladigan bo‟lsalar (yani adresantga, uning 
gapiga munosabatlarini yashirsalar yoki hardamxayollik qilsalar), adresantlar ularga 
“to‟g‟rimi?”, “qalay?”, “nima dedingiz?” kabi qo‟shimcha savollar berish yo‟li bilan ularning 
munosabatlarini bilib olishga harakat qiladilar. Ayniqsa, adresantlar hasrat qilishga moyil bo‟lib 
turgan paytda adresatlarning sezilar-sezilmas munosabatlari ham ularga kifoya qiladi: 
“Qornimga emas, qadrimga yig‟layman, bolam!..” deydi Muhsina xonim Olloyorga yuzlanib 
(undan munosabat qidirib - S. M.) u farzandlarining ichida Olloyorga ishonadi, birgina Olloyor 
uning gapini ikki qilmaydi, onasi haqmi, nohaqmi, etiroz bildirmaydi, jilmayib, bosh egib 
turaveradi. - o‟zing ayt, bolam, mening Barchinim yomon edimi? Zulxumorim yomon edimi?.. 
- Nurxon-chi? Dezdemona-chi? 
Olloyor indamadi. 
- Sana, bolam, sanab adog‟iga etarmikansan?.. 
Olloyor sekin boshini irg‟ab maqullagan bo‟ladi: rost, oyijon, ular juda ko‟p edi,lekin siz 
unda yoshroq edingiz. o‟ylashga o‟ylaydi-yu, tashiga chiqarmaydi. 
- To‟g‟ri aytasan, bolam, - deya davom etadi Muhsina xonim, go‟yo o‟g‟lidan tasdiq 
eshitganday...” 
Ko‟rinadiki, garchi Olloyor indamasa ham, Muhsina xonim uning siyratidagi gaplarni 
surati (yuz, ko‟z harakatlari)dan uqib olmoqda.
Kommunikantlar notanish bo‟lgan paytda o‟zaro pozitsiya (bir-birlariga bo‟lgan 
munosabat)larini aniqlab olmagunlariga qadar muloqotdan ko‟zlangan maqsad amalga oshmay 
turaveradi. Misol uchun, yaponiyaliklar bu narsaga qattiq amal qilishligini aytib o‟tish mumkin. 
Ya‟ni, ikki yapon ilk bor uchrashgan paytda, eng avvalo, suhbatdoshlarining qaysi ijtimoiy 
guruhga mansubligini, o‟z guruhida qanday o‟rin tutishligini aniqlab olishga harakat qiladilar. 
Shuning uchun bunday paytda ikki notanish kommunikant uchinchi komponent - TB 
aralashuviga ehtiyoj sezadi. Buning uchun adresant adresatga o‟zini tanishtiradi. Tanishtirish 
vaziyat taqozosiga ko‟ra rasmiy va norasmiy bo‟lishi mumkin. Har ikki holatda ham adresant 
bergan malumotlar (kasbi, lavozimi, vazifasi, kimga qarashli ekanligi va h.k.)ga qarab adresat 
o‟zining adresantga bo‟lgan munosabati (pozitsiyasi)ni belgilab oladi. Xuddi shu paytdan 
adresant-adresat o‟rtasidagi b a v o s i t a m u l o q o t boshlanadi. 

Download 97.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling