"psixologiya"


 Psixikaning nerv-fiziologik asoslari


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/175
Sana17.11.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1782737
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   175
Bog'liq
psixologiya

 
3. Psixikaning nerv-fiziologik asoslari 
Psixik xodisalarning qanday ro’y berishini bilish uchun uning moddiy 
asosi – nerv sistemasiga bog’langan holda o’rganish kerak. Chunki insondagi 
barcha psixik jarayonlar bosh miya va nerv sistemasi faoliyatining natijasidir. 
XIX asrning ikkinchi yarmida rus olimi I. M. Sechenov (1829-1905) “Bosh 
miya reflekslari” (1863) asarida ongli va ongsiz hayotning barcha harakatlari 


18 
ro’y berish usuliga ko’ra reflekslardan iboratdir, degan xulosaga kelgan edi. I. 
M. Sechenov psixikaning reflektorligi va faoliyatning psixik jihatdan
boshqarilishi g’oyasini ilgari surdi. Bu muhim nazariy qoidalar I. P. Pavlov 
(1849-1936) tomonidan tajriba yo’li bilan tasdiqlandi va konkretlashtirildi. U 
hayvonlarning va odamlarning tashqi muhit bilan o’zaro harakati miya 
tomonidan boshqarilishi qonuniyatlarini kashf etgan edi. I. P. Pavlovning ushbu 
qonuniyatlarga nisbatan jami qarashlari odatda ikki xil signal sistemasi haqidagi
ta’limot deb ataladi.
Psixika miyaning xususiyatidir. Sezgi, fikr, ong maxsus tarzda tashkil 
topgan materiyaning oliy mahsulidir. Organizmning psixik faoliyati tananing 
ko’p sonli maxsus a’zolari vositasida amalga oshiriladi.
Organik dunyoning amyobalardan tortib to odamga qadar uzoq davom 
etgan evolyutsiyasi davomida xulq-atvor va hatti-harakatlarning fiziologik 
mexanizmlari to’xtovsiz murakkablashib, tabaqalashib va shular tufayli 
organizm muhit o’zgarishlariga tez reaksiya qila oladigan va moslashuvchan
bo’la oladi.
 
Mavzu yuzasidan test savollari: 
1. Quyidagi hukmlardan qaysi biri psixikaning tabiatini to‘g‘ri ta’riflaydi?
A) psixika o‘zicha alohida bir olamdir. U tashqi sabablarga bog‘liq emas
B) *psixika – ob’ektiv olamning sub’ektiv holda miya orqali aks etishidir 
C) psixika – sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol kabi jarayonlarni o‘z ichiga 
oladigan xususiyatlar 
D) psixika – faqat odam o‘zigina kuzata oladigan sirli, ichki dunyosidir 

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling