"psixologiya"
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hayvonlarning intellektual harakatlari.
Ko’nikmalar. Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarda, xususan sut
emizuvchilarda hatti-harakatning yanada aninroq aks ettirishga yordam beruvchi yangi, ildamroq shakllari ko’proq rol uynaydi. Bular - ko’nikmalar (harakatning individual tarzda orttirilgan shakllari). Ko’nikma deganda hayvonlarda shartli bog’lanishlar asosida yuz beruvchi va avtomatik ravishda sodir bo’luvchi harakatlar tushuniladi. Instinktlar singari ko’nikmalar ham taraqqiyotning turli bosqichlarida uchraydi. Lekin yaqqol ifodalangan ko’nikmalarni faqat bosh miyaning po’stiga ega bo’lgan hayvonlardagina ko’rish mumkin. Hayvonlar ko’nikmalarining tarkibiga kiruvchi harakat elementlari hayvon mansub bo’lgan turning tajribasini qayta tiklovchi tug’ma harakatlardan ham takrorlash jarayonida mustahkamlangan tasodifiy harakat namunalaridan iborat bo’lmog’i mumkin. Hayvonlarda hosil qilingan (bo’lgan) ko’nikmalar sharoit murakkablashishi yoki o’zgarishi bilan o’zi ham o’zgarishi, yangi, o’zgartirilgan sharoitga ko’chishi mumkin. Ko’nikmalar bir-birlaridan muhim jixatdan farq qilishlari mumkin: bir holatda ko’nikmalar o’zlarining avtomatizmlariga ko’ra instinktlarga yaqinlashsalar, boshqa bir holatda intellektual harakatlarga yaqinlashadilar. 16 Hayvonlarning intellektual harakatlari. Ayrim narsalar o’rtasidagi murakkab munosabatlarning aks ettirilishi intellektual harakatlarning asosini tashkil qiladi. Yuksak darajada taraqqiy etgan hayvonlar narsalar o’rtasidagi munosabatlarni payqay oladilar va mazkur vaziyatga qarab, uning natijasini oldindan ko’ra olishadilar. Bunday harakatni aqliy harakat tipi deyish mumkin. Odamlar yuksak darajada taraqqiy etgan hayvonlar orasida primatlarni (odamsimon maymunlarni) alohida o’ringa qo’yadilar. Ularning faoliyatining aktivligi, buning ustiga ularda ko’zning yuksak darajada taraqqiy qilganligi ularning idrok doiralarini beqiyos ravishda kengaytiradi, tajriba boyliklarini nihoyatda oshirib yuboradi, ko’nikmalarning tarkib topishi hamda harakat shakllarining vujudga kelishi uchun boshqa hayvonlardagiga qaraganda baquvvat asosni yuzaga keltiradi. Maymunlar intellekti (akli) ularning murakkab masalalarni yecha olishlari bilan ajralib qolmay, balki ular faoliyatining yo’nalishi bilan ham xarakterlanadi. Maymunlar qo’llariga tushib qolgan narsalarni soatlar davomida mayda bo’laklarga ajratadilar, odamlarni har xil usullar bilan o’z qafaslari oldiga jalb qiladilar, yerda sudralib ketayotgan xashoratni kuzatib tura oladilar. Maymunlar xulq-atvoridagi bunday xususiyatlarning kelib chiqishiga ularning yashash usuli sabab bo’lgan. Boshqa hayvonlarga nisbatan maymunlarda harakatlarning taraqqiyot darajasi qo’l tipidagi oldingi oyoqlarning mavjudligi bilan ham bog’liqdir. "qo’l"ning mavjudligi tufayli maymunlar tevarak-atrofdagi narsalar bilan juda murakkab munosabatlarga kirishish imkoniyatiga egadir. Ma’lum sharoitlarda maymunlarda instinktiv shakllari ham nomoyon bo’ladi. Biroq taraqqiy etgan katta maymunlarning instinktiv harakatlari taraqqiyotning pastki bosqichidagi hayvonlarning instinktiv harakatlaridan jiddiy farq kiladi. Masalan uy qurish jarayonida maymunlar materialni analiz qilib ko’rar ekan. Instinklarda tashqi sharoit hisobga olinar ekan. Maymunlarda ko’nikma xosil qilishning ham o’ziga xosligi bor. Agar past darajada rivojlangan hayvonlarda ko’nikma tez shakllantirilsa, maymunlarda bu jarayon biroz murakkab kechadi. Maymunlarning "qiziquvchanligi" natijasida ularning diqqatini ko’pincha biror harakat va obyektga qaratish, tuplash qiyin. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling