"psixologiya"
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
2. Psixika va ong. Ko’pincha biz psixika bilan ongni bir ma’noda ishlatamiz. Bu to’g’ri. Chunki psixikaning yuksak shakli ong bo’lib hisoblanadi. Lekin psixika insonlarga ham, hayvonlarga ham xosdir, ong esa faqat insonlarga xos xususiyatdir. Obyektiv borliq inson miyasida turli xil darajada aks etadi. Ong psixikaning eng yuksak darajasi bo’lib, u faqat insongagina xosdir. Ong ijtimoiy-tarixiy sharoitda, mehnat faoliyatida boshqa odamlar bilan til yordamida munosabatda bo’lishi natijasida shakllangan. Ontogenetik taraqqiyot jarayonida ham ong ijtimoiy muhit ta’siri ostida faoliyat va muloqot jarayonida shakllanadi. Psixologiya fanida "ong" tushunchasi bilan bir qatorda "ongsizlik", "ong osti" tushunchalari ham o’rganiladi va tahlil qilinadi. Ongsizlik psixikaning 17 quyi darajasi bo’lib, bunda qilinayotgan ishlarga hisobat berilmaydi, xulq-atvor va hatti-harakatlar ongli ravishda boshqarilmaydi. Ongsizlik sohasiga quyidagi psixik xodisalarni kiritish mumkin: uyqu holatidagi xodisalar (tush ko’rish); ilgari ongli bajarilgan, ammo ko’p takrorlanishi natijasida avtomatlashib ketgan hatti-harakatlar; faoliyatga undovchi, ammo anglanmaydigan mayllar va h. k. Kasal odam psixikasida yuzaga keladigan ba’zi patologik holatlar ham ongsizlik xodisalari jumlasiga kiradi: alahlash, gallyusinasiya va shu kabilar. Hayvon psixikasi bilan inson ongini bir-biridan farq qila bilmoq kerak. Inson ongining hayvon psixikasidan asosiy farqini quyidagilarda ko’rish mumkin: 1. Inson hayvonlardan farq qilib o’z faoliyatining bo’lajak natijasini oldindan ko’ra olishi mumkin. Bundan tashqari, kishi o’z ishini oldindan rejalashtiradi, uni bajarish uchun eng oson yo’l, usullarni tanlaydi. Agar hayvonlar atrofdagi muhitga ongsiz ravishda moslashsalar, inson esa o’z ehtiyojini ko’prok darajada qondirish uchun muhitga ongli, rejali ravishda moslashadi. Bu moslashish mehnat jarayoni orqali bo’ladi. 2. Inson shuning uchun o’z faoliyatini rejalashtiradiki, oldindan ko’ra biladiki, chunki u nutqqa egadir. Uning nutqqa ega bo’lishi hayvonlardan ajratib turuvchi ikkinchi muhim farqidir. Doimo boshqalar bilan munosabatda bo’lish, kitob o’qish, ishlab chiqarish madaniyati bilan tanishish, texnikani egallash tufayli inson o’z ongini boyitib, o’stirib boradi. 3. Insonning hayvonlardan yana bir muhim farqi shuki, u jamiyat ichida, jamoa ichida yashaydi. Jamiyatda yashamasdan, jamoa a’zolari bilan munosabatda bo’lmasdan turib inson shaxsi shakllanmaydi. Insonning ongi mehnat jarayonida, yangi-yangi mehnat qurollarini yasash prosessida o’sib boradi. Xulosa qilganimizda, psixologiya inson va hayvonga xos bo’lgan psixik jarayonlarni, ularning paydo bo’lish yo’llarini va rivojlanish xususiyatlarini o’rganadigan fandir. Psixika esa bosh miya va nerv sistemasining mahsulidir. U doim o’sib, rivojlanib boradi. Psixikaning eng yuksak shakli ong bo’lib, u faqat insonlarga xosdir. Ong shaxsiy va ijtimoiy shaklda bo’ladi. Inson psixikasining taraqqiyoti filogenez va ontogenezni boshidan kechiradi. Filogenez shuki, odamzod paydo bo’lgandan toki hozirgi davrgacha avloddan-avlodga psixika takomillashgan holda o’tgan. Masalan, dastlabki odaminson maymunlar yoki ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi odamlar bilan hozirgi insonlar psixikasi o’rtasida beqiyos darajada katta farq bor. Ontogenez esa bola tug’ilgan kundan toki umrining oxirigacha yoshining ortib borishi bilan psixikasining ham o’sib, rivojlanib borishidir. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling