"psixologiya"
Psixikaning nerv-fiziologik asoslari
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
3. Psixikaning nerv-fiziologik asoslari Psixik xodisalarning qanday ro’y berishini bilish uchun uning moddiy asosi – nerv sistemasiga bog’langan holda o’rganish kerak. Chunki insondagi barcha psixik jarayonlar bosh miya va nerv sistemasi faoliyatining natijasidir. XIX asrning ikkinchi yarmida rus olimi I. M. Sechenov (1829-1905) “Bosh miya reflekslari” (1863) asarida ongli va ongsiz hayotning barcha harakatlari 18 ro’y berish usuliga ko’ra reflekslardan iboratdir, degan xulosaga kelgan edi. I. M. Sechenov psixikaning reflektorligi va faoliyatning psixik jihatdan boshqarilishi g’oyasini ilgari surdi. Bu muhim nazariy qoidalar I. P. Pavlov (1849-1936) tomonidan tajriba yo’li bilan tasdiqlandi va konkretlashtirildi. U hayvonlarning va odamlarning tashqi muhit bilan o’zaro harakati miya tomonidan boshqarilishi qonuniyatlarini kashf etgan edi. I. P. Pavlovning ushbu qonuniyatlarga nisbatan jami qarashlari odatda ikki xil signal sistemasi haqidagi ta’limot deb ataladi. Psixika miyaning xususiyatidir. Sezgi, fikr, ong maxsus tarzda tashkil topgan materiyaning oliy mahsulidir. Organizmning psixik faoliyati tananing ko’p sonli maxsus a’zolari vositasida amalga oshiriladi. Organik dunyoning amyobalardan tortib to odamga qadar uzoq davom etgan evolyutsiyasi davomida xulq-atvor va hatti-harakatlarning fiziologik mexanizmlari to’xtovsiz murakkablashib, tabaqalashib va shular tufayli organizm muhit o’zgarishlariga tez reaksiya qila oladigan va moslashuvchan bo’la oladi. Mavzu yuzasidan test savollari: 1. Quyidagi hukmlardan qaysi biri psixikaning tabiatini to‘g‘ri ta’riflaydi? A) psixika o‘zicha alohida bir olamdir. U tashqi sabablarga bog‘liq emas B) *psixika – ob’ektiv olamning sub’ektiv holda miya orqali aks etishidir C) psixika – sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladigan xususiyatlar D) psixika – faqat odam o‘zigina kuzata oladigan sirli, ichki dunyosidir Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling