"psixologiya"
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Emosional turg’un Test: Tashkilotchilik qobiliyatini aniqlash testi
Emosional noturg’un
Melanxolik Achiqlanuvchan Hayajonga tushunuvchan O’ta ta’sirchan Pessimist Ehtiyotkor Muloqotga kirishmaydigan Xolerik Tez xafa bo’ladigan Serharakat Agressiv Tez qo’zgaluvchan Kayfiyatga beriluvchan Impulsiv Introvert Ekstrovert Flegmatik Passiv Intiluvchan O’ychan Tinchliksevar Yo’nalgan Ishonchli Bosiq Xotirjam Sangvinik Muloqotga kirishuvchan Ochiq ko’ngli Sergap Xushmuomala Xushchaqchaq Betashvish Mehrli Tashabbuskor Emosional turg’un Test: Tashkilotchilik qobiliyatini aniqlash testi Ushbu taklif etilayotgan test sinaluvchining tashkilotchilik qobiliyatini, ya’ni odamlarga faol ta’sir eta olish malakasini aniqlash imkonini beradi. Buning uchun quyidagi keltirilgan savollarga «HA» yoki «YO’Q» deb javob qaytaring va «ha» bo’lsa, «+» «yo’q», bo’lsa, «-» belgisi bilan belgilang. Javob berar ekansiz, yaqqol vaziyatlarda o’zingizni qanday to’tishingizni, xulqingizni ro’y-rost Idrok etishga (tiklashga) harakat qiling. Sizda o’rtoqlaringizni o’z tomoningizga og’dirib olish hollari tez-tez uchrab turadimi? Keskin vaziyatlarda o’zinigizni yaxshi tutib, vaziyatni to’g’ri hal qila olasizmi? Sizga jamoatchilik ishlari yoqadimi? Agar niyatlaringizni amalga oshirishda ayrim xalaqit qiluvchi vaziyatlar, holatlar yuzaga kelib qolsa, Siz ulardan osongina voz kechasizmi? Siz turli xil o’yinlar, ko’ngil xushliklarni tashkil qilish yoki o’ylab topishni yoqtirasizmi? Bugun bajarilishi lozim bo’lgan ishlarni boshqa kunga qoldirish hollari sizda tez-tez uchrab turadimi? Siz do’stlaringiz bilan fikringizga mos ravishda ish ko’rishga intilasizmi? 176 Sizda do’stlaringiz bilan ular o’z va’dalari bilan majburiyatlari, vazifalarini bajarmaganliklari tufayli nizolar bo’lmaydi. Shu rostmi? Muhim ishlarni hal qilishda tez-tez tashabbuskorlik ko’rsatasizmi? Notanish holatlarda siz to’g’ri (yaxshi) yo’l tuta olmaysiz, shu rostmi? Agarda boshlagan ishingizni yakunlay olmasangiz, jahlingiz chiqadimi? Siz do’stlaringiz bilan tez-tez muloqotda bo’lishdan toliqasiz, shuni tasdiqlaysizmi? O’rtoqlaringizga taalluqli bo’lgan masalalarni hal etishda tez-tez tashabbuskormisiz? Siz kamdan-kam o’zingizning haqligingizni isbotlashga intilasiz, shuni tasdiqlaysizmi? Siz ishxona va yuqori tashkilotlarda o’zingizni ro’yobga chiqara olasizmi? Agar, sizning fikringiz yoki qaroringiz o’rtoqlaringiz tomonidan birdaniga qabo’l qilinmasa, siz o’z fikringizda turib olishga harakat qilasiz, shundaymi? O’rtoqlaringiz uchun turli xil tadbirlarni (marosimlarni) tashkil qilishga bajonidil kirishasizmi? Siz biron-bir bitirilishi lozim bo’lgan (ish) uchrashuvlarga tez-tez kechikib kelasizmi? Siz tez-tez o’rtoqlaringiz diqqat markazida bo’lib turasizmi? Siz o’z o’rtoqlaringizning katta guruhida, jamoasida o’zingizni juda ishonchli tuta olmaysiz, shu rostmi? Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling