"psixologiya"
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
Olingan natijalarning miqdoriy va mazmuniy tahlili Ma’lumki, temperamentning sngvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik kabi tiplari mavjud. Temperamentning bu tiplari G. Ayzenk metodikasi orqali asosan 2 shkala: ekstroversiya-introversiya va neytrotizm – bo’yicha aniqlanadi. EKTROVERSIYA – kishining tez munosabatga kirishuvchanligi, yangi taasurotlarga chanqaoqligi, qo’zg’aluvchanligi bilan bog’liq. Ekstrovertning do’stlari ko’p bo’ladi. Ular o’zlarini erkin to’tishga, vaziyat ta’sirida harakat qilishga moyil bo’ladi. Ekstrovert so’zamol, xushchaqchaq, hazilni yaxshi ko’radi. Bunday kishilar betashvish, oq ko’ngil, xushchaqchaq, optimist, kulishni yoqtiradigan, serharakat bo’ladi. Ular agressivlikka, qiziqqonlikka moyil bo’ladi. Ularning Emotsiyalari qat’iy nazorat qilinmaydi, ularga hamisha ham to’liq ishonib bo’lmaydi. INTROVERT – bosiq tabiatli, tortinchoq, o’zini taxlil qilishga moyil, odamlar bilan muloqotda bo’lishdan ko’ra kitob o’qishni yoqtiradi, o’zini nazorat qila oladi, juda yaqin tanishlaridan tashqari boshqa kishilardan o’zini chetga tortib yuradi. Harakatlarini oldindan o’ylab, rejalashtiradi, bexosdan paydo bo’ladigan intilishlarga ishonmaydi. Qaror qabo’l qilishga jiddiy munosabatda bo’ladi, har bir narsada tartibni yaxshi ko’radi, his-tuyg’ularni 174 nazorat qila oladi, jahli chiqmaydi. Biroq pessimistroq bo’lib, ahloqiy normalarni qadrlaydi. NEYROTIZM – kishining emosional jihatdan turg’unligi darajasini belgilaydi. Emosional turg’un kishilar, emosional holatlarining stabilligi (ko’p o’zgarmasligi, yetukligi, yangi sharoitlarga qiynalmay yaxshi moslasha olishi) bilan ajralib turadi. Emosional noturg’un kishilar juda asabiy, noturg’un, yaxshi moslama olmaydigan bo’ladilar. Testda sinaluvchilarning javoblarining to’g’ri yoki noto’g’riligini nazorat qilish uchun yana bir shkala – o’zini yaxshi ko’rsatishga intilishini belgilaydi. Boshqacha qilib aytganda «yolg’on javob shkalasi» deyiladi. Metodika 60 ta savoldan iborat, jumladan 24 tasi introversiya – ekstroversiya shkalasiga, 24 tasi neyrotizm shkalasiga va 12 tasi «yolg’on javob» shkalasiga taaluqli. 1. Ekstroversiya – introversiya quyidagi savollarga berilgan ijobiy (ya’ni «+» belgisiga ega) javoblar yig’indisiga qarab aniqlanadi: № 1, 3, 9, 11, 14, 17, 19, 22, 25, 27, 30, 35, 38, 41, 43, 46, 49, 53, 57 va quyidagi savollarga berilgan rad javoblar, ya’ni «-» belgisiga ega javoblar yig’indisiga qarab aniqlanadi: 6, 33, 51, 55, 59. bu yig’indilar qo’shilib umumiy ball aniqlanadi. 2. Emosional turg’unlik darajasi quyidagi savollarga berilgan ijobiy (ya’ni «+» belgisiga ega) javoblar yig’indisiga qarab aniqlanadi 2, 5, 7, 10, 13, 15, 18, 21, 23, 26, 29, 31, 34, 37, 39, 42, 45, 50, 52, 54, 56, 58, 60. 3. O’zini yaxshi ko’rsatishga intilish (yolg’on javob shkalasi) darajasi quyidagi: 8, 16, 24, 28, 36, 44 – savollarga ijobiy «+» belgili (javoblarning va quyidagi: 4, 12, 20, 32, 40 – savollarga rad) (ya’ni «-» belgili) javoblarning mos, ya’ni to’g’ri kelish soniga qarab aniqlanadi. Olingan natijalar quyidagi jadvallarga qarab baholanadi. Ekstroversiya – introversiya darajasini baholash jadvali: Introversiya Ekstroversiya Yuqori darajada me’yorida me’yorida Yuqori darajada 1 – 7 8 - 11 12 – 18 19 – 24 2. Neyrotizm (emosional turg’unlik-noturg’unlik) darajasini baholash jadvali: Emosional turg’unlik Emosional noturg’unlik Yuqori o’rtacha yuqori juda yuqori 10 gacha 11 - 14 15 - 18 19 – 24 3. O’zini yaxshi ko’rsatishga intilish darajasining ko’rsatkichi 4-5 ball bo’lsa, bu yuqori chegaradagi ko’rsatkich hisoblanadi va bu sinaluvchining o’zi to’g’risida yaxshi taassurot qoldirishga harkat qilganligidan dalolat beradi. Buning boshqa ko’rsatkichlarga ham ta’siri bor. Chunki bu sinaluvchining savollarga javob berishdagi rostgo’ylik darajasining o’ziga xos ko’rsatkichidir. Agar sinaluvchi bu shkala bo’yicha 4-5 ball va yuqori 175 ko’rsatkichga ega bo’lsa, olingan natijalarni taxlil qilishda buni hisobga olish zarur. Bu metodika orqali temperamentini aniqlashda quyidagi sxemadan foydalaniladi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling