"psixologiya"
Mustaqil tarzda amaliy mashq uchun topshiriqlar va testlar
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
Mustaqil tarzda amaliy mashq uchun topshiriqlar va testlar.
Empatik qobiliyatlar darajasini diagonostika qilish metodikasi (V. V. Boyko) Sizda odamning fe’l-atvorini tushunish maqsadida uning yuziga tiqilib qarash odati bormi? a) ha, men doim odamlarga qiziqish bilan qarayman b) yo’q, bu men uchun qiziq emas. Siz odamlar bilan doimiy muomalani talab qiladigan ishlarni yoqtirasizmi? a) ha, faqat shunday ish quvonch keltirishi mumkin b) yo’q. Sizningcha, fikr yuritishingiz nimasi bilan boshqalarnikidan farq qiladi? a) intusiyaning kuchi bilan b) mantiqiylik, izchilligi bilan. O’zgalarning kulgisidan ta’sirlanasizmi? a) ha 197 b) meni befarq qoldiradi. Yoqtirmagan odamingiz bilan samimiy gaplasha olasizmi? a) ha, ko’pincha bu mening qo’limdan keladi b) yo’q, men bunday qilolmasdim Ko’pincha Sizga nisbatan adolatsizlik qilishayotganday bo’ladimi? a) ha b) yo’q Notanish odamlar bilan tanishishni yoqtirasizmi? a) ha b) yo’q Sizningcha, o’zgalar ichki dunyosiga qiziqish odobsizlikmi? a) bu fikrga mutloq qo’shilaman b) yo’q, bunday emas Biror tashvish ustida turgan bo’lsangiz, uxlay olasizmi? a) ha, menda shunday muammo bor b) nima bo’lsa ham yaxshi uxlay olaman Quyidagi holatlarda o’zingizni yaxshi ko’rsata olasizmi? a) odamlar bilan til topish kerak bo’lganda b) o’zni qo’lga olib, bosiqlik qilish kerak bo’lganda Sizni maqtab, xushomad qilishayotganda, uyalasizmi? a) ha, bunday vaziyatlarni yomon ko’raman b) yaxshiyamki, meni ham xaqli baholashdi, deyman O’z yutuqlaringizni boshqalarniki bilan qiyoslaysizmi? a) mening o’z hayotiy mo’ljallarim bor b) bu meni ilxomlantiradi Har doim ham sizning boshqa odam haqidagi birinchi intuitiv taasurotingiz to’g’ri bo’lib chiqadimi? a) ha, odatda shunday b) yo’q, ko’pincha adashaman Yaqinlaringiz, tanishlaringiz Sizni hissiyotga beriluvchan deb hisoblashadimi? a) ha, ko’pincha shunday deb o’ylashadi b) yo’q Odam xato qilishi mumkin, deb hisoblaysizmi? a) ha, hammamiz adashishimiz mumkin b) yo’q, doimo hushyor bo’lishimiz kerak Yaqin qo’shnilaringizning tarjimai hollarini bilasizmi? a) ha, kim yoningda yashayotganligini bilish kerak b) buning menga qizig’i yo’q Siz o’z qobiliyatlaringizni o’zingiz uchun ishlata olasizmi? a) afsuski, yo’q b) boshqacha bo’lishi mumkin emas Boshqalar bilan muomaladan Siz doimo xafa bo’lasizmi? a) yo’q b) ha Mushkul ishni boshlashdan avval Sizni kutayotgan qiyinchiliklar to’g’risida o’ylaysizmi? a) yo’q, har doim mushkul ishga kirishaveraman b) ha, har doim o’z imkoniyatlarimni sarhisob qilaman 198 Tez-tez Sizni ko’chada to’xtatib, savol bilan murojaat qilishadimi? a) ha, tez-tez b) yo’q, bundaylarni eslolmayman Qanday filmlarni sevasiz? a) o’ylashga majbur qiladiganlarini b) harakatlar ko’p, dinamik syujetli Siz o’z umidlaringiz, xavotirlaringiz va tashvishlaringiz haqida ochiq ayta olasizmi? a) ha, buning zararli, uyatli joyi yo’q b) yo’q, bu mening shaxsiy ishim, yashirish kerak Siz o’zingizni baxtli xis qilgan paytlaringizda, hayotda kimlargadir og’irroq bo’lishi mumkinligi haqida ham o’ylaysizmi? a) menda bunday holat doimo bo’ladi b) “har kim ekkanini o’radi” Sizni hafi qilishsa, uzoq vaqt qayg’urasizmi? a) odatda, tez esdan chiqaraman b) anchagacha o’zimni yomon xis qilaman Siz odatda o’z manfaatingiz yo’lida yaxshi inson bilan urishib qolishingizni sezsangiz: a) anchagina yon beraman b) o’z manfaatimni ximoya qilaveraman Qayta ishlash yo’li: Har bir, a) javob uchun 1 baldan, b) javob uchun 0 baldan yozib chiqing. Agar tekshiriluvchi: 15-25 bal - empatiya darajasi o’ta yuqori bo’lib, u boshqalarga hamdardlik ko’rsatishga qodir bo’ladi; 7-14 bal - empatiyaning o’rtacha darajasi; 0-6 bal - juda past. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling