"psixologiya"


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/175
Sana17.11.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1782737
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   175
Bog'liq
psixologiya

 
 


226 
Shubertning “Tavakkalga tayyorlik darajasini diagnostika qilish” metodikasi.
Ko’rsatma: So’ralayotgan harakatlarni amalga oshirishga tayyorgarlik 
darajangizni baholang. quyida berilgan 25 ta savolga ushbu tizim bo’yicha bal 
qo’yib javob bering: 
+ 2 bal - to’liq qo’shilaman, to’lig’icha “ha” 
+ 1 bal - “yo’q” dan ko’ra ko’proq “ha” 

0 bal - “ha” ham emas, “yo’q” ham emas, ikkalasining o’rtasi 
- 1 bal - “ha” dan ko’ra ko’proq “yo’q” deyish mumkin 
- 2 bal - to’lig’icha “yo’q” 
Og’ir dardga chalingan odamga tezroq yordam ko’rsatish uchun belgilangan 
tezlikni normadan oshiringiz mumkinmi? 
Agar juda yaxshi maosh to’lashni va’da berishsa, uzoq muddatli va xavfli 
ekspedisiyaga borishga rozilik berarmidingiz? 
Qochib ketayotgan xavfli dushman yoki qurollangan o’g’rining yo’lini to’sa 
olasizmi? 
Soatiga 100 km tezlik bilan harakat qilayotgan poyezdning yonida 
mashinangizda ketishga qo’rqmaysizmi? 
Uyqusiz o’tkazgan kuningizning ertasiga normal ishlab ketaverasizmi? 
Sovuq daryoni birinchi bo’lib oldinda suzib kesib o’ta olasizmi? 
Qaytarib berishiga to’la ishonmagan taqdirda ham do’stingizga katta miqdordagi 
pulni qarzga berib tura olasizmi? 
Sizni xavfsiz deb ishontirgan taqdirda sherni o’rgatuvchisi bilan birga sherning 
qafasiga kirishga jur’at qilasizmi? 
Tashqaridan qo’llab turishgan paytda juda balandlikka tirmashib chiqa 
olarmidingiz? 
Mashqsiz parusli (yelkanli) qayiqni boshqara olasizmi? 
Yugurib ketayotgan otning jilovidan ushlashga jur’at qilasizmi? 
O’n stakan pivo ichib olgan taqdirda velosipedni boshqarib keta olasizmi? 
Parashyutdan sakray olasizmi? 
Zarurat bo’lib qolsa, Toshkentdan Moskvagacha biletsiz keta olasizmi? 
Yaqindagina avtohalokatda og’ir jarohatlangan tanishingiz bilan, u ro’lda 
bo’lgani holda avtoturnerga chiqishga jur’at qila olasizmi? 
O’t o’chiruvchilar tentiga o’n metrlik balandlikdan sakray olasizmi? 
Uzoq muddat mobaynida tushakda yotishni talab qilayotgan kasallikdan qutilish 
uchun murakkab operasiyaga rozilik bildira olasizmi? 
Soatiga 50 km tezlikda harakat qilayotgan yuk vagonidan sakray olasizmi? 
Olti kishiga mo’ljallangan liftda shoshib turgan paytingizda yettinchi kishi 
bo’lib chiqib olishingiz mumkinmi? 
Katta miqdorda pul berishni va’da qilishsa, ko’zingiz bog’liq holda serqatnov 
ko’chadan o’tishga jur’at etasizmi? 
Hayotingiz uchun xavfli ish uchun katta maosh to’lashsa, ishlashga rozilik 
berarmidingiz? 
Kuchli mast qiluvchi ichimlik iste’mol qilgach, foizlarni hisoblay olasizmi? 
Boshliqning gapiga kirib, yuqori kuchlanishli simni, u toksiz deyishiga ishonib,
ushlay olasizmi? 


227 
Qisqa muddatli tushuntirishlardan so’ng vertolyotni boshqara olarmidingiz? 
Qo’lingizda biletingiz bo’la turib, lekin yemish va pulsiz Moskvaga keta 
olasizmi? 
Kalit: 
Yuqoridagi ko’rsatmaga ko’ra ballarni hisoblang.
-50dan +50gacha bo’lgan oraliqda to’plagan balingizning qiymatini 
aniqlang, o’rtachadan qaysi tomonga og’ishiga qarab, xulosa chiqaring.
Javoblarning ijobiyligi tavakkalchilikka moyillingiz borligidan darak beradi.
- 30 dan past - juda ehtiyotsiz.
- 10 dan +10 oralig’i - o’rtacha ko’rsatkich.
+ 20 baldan yuqori - tavakkalchilikka moyillik.  

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling