"psixologiya"


Mustaqil tarzda amaliy mashq uchun topshiriqlar va testlar


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/175
Sana17.11.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1782737
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   175
Bog'liq
psixologiya

Mustaqil tarzda amaliy mashq uchun topshiriqlar va testlar.
 
Test: Qay darajada beparvosiz? 
Quyida berilgan 10 savolga «ha», «yo’q» deb javob bering: 
1. Qaysidir sharq davlatlaridan biriga kelib qoldingiz, deylik. U yerda 
milliy taomlar tayyorlanadigan oshxonada ovqatlanasizmi yoki yevropacha 
oshxona qidirishga tushasizmi? 
2. Do’konga kirganingizda rejalashtirmagan buyumlarni ham xarid 
qilaverasizmi? 
3. Vaqt-vaqti bilan harakat yo’nalishingizni o’zgartirib turasizmi? 
4. Uy jihozlari o’rnini almashtirish bilan shug’ullanishni yoqtirasizmi? 
5. Bazm boshlanishiga hali bir necha soat vaqt bo’lsa-da, mehmonlarni 
muddatidan oldin taklif qilganmisiz? 
6. Qaysidir muhim ishni bajarishga kirishishdan oldin reja tuzib olasizmi? 
7. Agar sizga qoidasi ma’lum bo’lmagan o’yinda qatnashishni taklif qilib 
qolishsa, ishtirok etasizmi? 
8. Odatda dam olish kunlaringizga reja tuzasizmi? 
9. Unchalik tanish bo’lmagan kishilar bilan uchrashuvga kechikib 
borganmisiz? 
10.
O’rtoqlaringiz 
qaysidir 
yangi 
mashg’ulot 
bilan 
shug’ullanayotganini ko’rib qolsangiz, darrov kirishib ketasizmi? 
Endi belgilangan javoblarga qarab ochkolar jamlang. Har bir «HA» 
javobi uchun bir balldan olasiz.
8-10 ball. Ha, ertangi kun haqida qayg’urish sizga xos vazifa emas.
Sizning beparvoligingiz yengiltabiatlik bilan chegaradosh ko’rinadi. Ammo 
do’stlaringiz va yaqin qarindoshlaringiz bunga ko’nikib ketishgan bo’lsa ham bu 
haqda o’ylab ko’rish zarar qilmaydi: odamlar ishonchini qozonolmay yurishdan 
qo’rqmaysizmi? 
4-7 ball. Siz birmuncha beparvo, ammo unchalik loqayd inson emassiz.
Ko’plab hatti-harakatingizni ichki hissiyotlarga qarab bajarishingizga 
qaramasdan, muhim ishlarga jiddiy yondoshasiz.
3 ball va undan kam. Zudlik bilan xotirjam yurishni o’rganib oling va har 
safar oddiy kamchiliklar tufayli asabiylashmang. Shuni ham bilib qo’yingki,
konservatizmga berilish sizni hayotdagi ko’plab quvonchlardan mahrum etishi 
mumkin 

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling