Ertalabki dastur uchun lavhaga mavzular Uchrashuvga qanday tayyorgarlik ko'rish kerak?


Download 17.42 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi17.42 Kb.
#1606713
  1   2
Bog'liq
Ertalabki dastur uchun lavhaga mavzular


Ertalabki dastur uchun lavhaga mavzular
1. Uchrashuvga qanday tayyorgarlik ko'rish kerak? - Qizlar va yigitlar uchun uchrashuv obrazi qanday yaratilishi bo'yicha tavsiyalar.
2. Taqinchoqlarni kiyimga moslab taqasizmi? - Taqinchoqlarni etika va moda jihatidan kiyimlarga moslab taqish bo'yicha tavsiyalar.
3. Mavsumga mos guldasta yasaymiz - Ushbu mavsumda qanday uslubdagi guldastalar urfda bo'ladi. Ularning birini yasash jarayoni.
4. Atirni mavsumga qarab tanlaysizmi? - Qanday atirlarni issiq kunda sepib bo'lmaydi, qaysi atir hidi qancha vaqt saqlanib turadi, atir ifori kiyim uslubiga ham mos tushishi kerakmi - shular bo'yicha ma'lumot va tavsiyalar.
5. Eng mazali souslar qaysilar? - Qanday souslar ko'proq iste'mol qilinadi va uy sharoitida tayyorlash mumkin bo'lgan souslar haqida.
6. Parchani topdingizmi? - Ko'chada yo'lovchilarga biror mashhur asarning parchasi o'qib beriladi va asar nomini topgan kishiga kitob sovg'a qilinadi.
7. Ish jarayonidagi stress va depressiyalardan qanday qutulish mumkin? - Depressiyadan chiqish uchun mashqlar va psixolog tavsiyalari.
8. Banandan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin? - Bananning qo'shimcha tozalovchi va boshqa xususiyatlari haqida.

"Matilda" asari o'zbek tilida chop etildi.
Nagavor: O'z ota-onasi va maktabining yovuz direktorini jazolashga bel bog'lagan besh yoshli qizaloq haqida bilasizmi? Shunaqasi bormi deb hayratlanishga shoshmang, Matilda kinosini eslang. Ha albatta bu maktabga borgunga qadar kutubxonada bittayam o'qilmagan kitob qoldirmagan Matilda. Bu kinoni televizorda bir necha marta hayrat aralash zavq bilan tomosha qilganmiz. Aynan Matilda kattalarni jazolash mumkin emas va ota-ona e'tiborisiz o'sgan bola kitobdan yiroq bo'ladi kabi stereotiplarni parchalab tashlagan asar hisoblanadi.
Stendap: Roald Dalning bir necha yillardan buyon kinosevarlarimiz ko'nglidan joy olgan ushbu asari endilikda kitobsevarlarimiz uchun ajoyib sovg'a sifatida kitob rastalarida terilib turibdi. Yangi asr avlodi nashriyoti tomonidan yaqindagina chop etilgan "Matilda" asari hech qancha o'tmay talabgir asarlar qatoriga qo'shilishga ulgurdi.

Download 17.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling