Ertalabki dastur uchun lavhaga mavzular Uchrashuvga qanday tayyorgarlik ko'rish kerak?
Intervyu: Yangi asr avlodi nashriyoti xodimidan Stendap
Download 17.42 Kb.
|
1 2
Bog'liqErtalabki dastur uchun lavhaga mavzular
- Bu sahifa navigatsiya:
- Intervyu
- Bolalar bilan birgalikda bajarish mumkin bolgan qiziq mashgulotlar Stendap
- Guloro Yusupova
Intervyu: Yangi asr avlodi nashriyoti xodimidan
Stendap: Ko'pchilik ertak asar deb hisoblaydigan "Matilda" aslida o'z davri insonlarning kirdikorlarini fosh etadi. Asarda muhit va unga qizaloqning munosabati turli xil qiyoslashlar, kinoya, qo'rquv, beg'uborlik hamda sarguzasht zavqi bilan ochib berilgan. Xo'sh, uslubi jihatidan "Qora yumorlar qiroli" sifatida tanilgan Roald Dalning ushbu asarini tarjima qilish fikri Komila Nosirovada qanday paydo bo'ldi? Intervyu: Tarjimon Komila Nosirovadan Stendap: Syujetdagi sarguzasht va beg'uborlik ruhi bilan "Matilda" filmi hammani birdek ekran qarshisida muhrlay olgan edi. Umid qilamizki, asarning kitob varianti ham undan aslo qolishmaydi va allaqachon o'z kitobxo'r muxlislari yuragiga o'rnashib ulgurdi. Bizdan eng yaxshi mutolaa uchun eng yaxshi taklifni kuting. Bolalar bilan birgalikda bajarish mumkin bo'lgan qiziq mashg'ulotlar Stendap: Sizning to'rt yoshli farzandingiz 12 000 ga yaqin so'zni bemalol gapira oladi va shu so'zlar yordamida bir kunda sizga 900 tadan ortiq savollar berishga qodir. Ha aniq shunday. Chunki bu yoshda bolalar tabiatdagi va atrofidagi ko'p narsalarni o'zi uchun rasman kashf qiladi hamda ularni xotirasiga muhrlab oladi. Shu sabab 3 yoshdan besh yoshgacha bo'lgan bolangizni besh daqiqadan ortiq bir joyda jim turishga majbur eta olmaysiz. Ammo, bunday serharakatlik va tinib-tinchimaslik o'rnini farzandingizning aqlini charxlaydigan qiziqarli mashg'ulotlar bilan boyitishingiz mumkin. Bolalar yangi narsalar kashf etishni yaxshi ko'rganidek, yangi o'yinlarni ham juda katta xursandchilik bilan qarshi oladi. Bu o'yinlar bir vaqtning o'zida vaqtni sermazmun o'tkazishi va bolangizning ongi shakllanishida ham foydali bo'lishi kerak. Hozir biz asrab qo'ygan shunaqa o'yinlarimizning naq uchtasini siz bilan bo'lishamiz. Birinchi o'yinimiz, "Kim qayerda yashaydi?" deb nomlanadi. Buning uchun sizda bir nechta suv, quruqlik, cho'l hayvonlarining hamda suv hafzasi, ferma, o'rmon, cho'lning rasmi bo'lishi kerak. Siz hayvonlar yashaydigan joylar rasmini stol ustida terib qo'yasiz va bolangizga hayvonlar rasmini birin-ketin ko'rsataverasiz. U hayvonlar yashaydigan joyni to'g'ri topib ko'rsatishi kerak bo'ladi. Bu o'yin farzandingizning hayvonlarni tanib olishi va ularning qayerda yashashini oson o'rganib olishiga yordam beradi. Navbatdagi o'yinimiz nomi "Xatoni tuzat". Bu o'yinda siz oq qog'ozga bir nechta hayvonlar, mevalar va sabzavotlarning rasmini chizib, ularni noto'g'ri rangda bo'yab qo'yasiz. Misol uchun, olmani jigarrangda, limonni ko'k rangda, tovuqni pushti rangda va hokazo. Farzandingiz esa sizning xatolaringizni topib tuzatishi lozim. Bu bolajoningizda ranglarni farqlash hamda ularni oson yod olish ko'nikmasini shakllantiradi. Oxirgi o'yinimiz esa "Mitti rassom". Mana shu mashg'ulotimizni bolalar haqiqatdan erkin va mazza qilib bajaradi. Bu uchun bizga bor yo'g'i rangli akvarel bo'yog'i hamda gipsdan yasalgan turli xil figuralar kerak bo'ladi. Bolajonlarimiz ushbu figuralarni o'zlari fantaziya qilgan holda bo'yashadi va siz oxirida ularga baho berib maqtab qo'ysangiz kifoya. Bu mashg'ulotni bajarishdan oldin farzandingiz ustiga biror eski mato bog’lab qo'yishni tavsiya qilamiz. Aks holda figuralarga qo'shilib butun ust-bosh ham bo'yalishi mumkin. Figuralarni bo'yash bolalarga oddiy qog'ozdagi rasmni bo'yashdan ko'ra ko'proq quvonch va hissiyot beradi. Bu orqali shirintoylar ranglardan to'g'ri foydalanishni va erkin fantaziya qilishni o'rganib olishadi. Stendap: Sizga tavsiya etgan mashg'ulotlarimizni farzandingiz bilan albatta bajarib ko'ring. Ammo, bu mashg'ulotlar sizni har daqiqada yog'iladigan turli savollardan qutqarishiga kafolat bermaymiz. Chunki bolalar bir vaqtning o'zida besh narsa bilan bemalol shug'ullanishlari mumkin. Lavha davomida tavsiya etilgan mashg'ulotlar bitta bola yordamida bajarilib ko'rsatiladi. Guloro Yusupova Download 17.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling