"psixologiya"
Xotira. Xotira to’g’risida tushuncha. Xotira jarayonlari va turlari
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
4.Xotira. Xotira to’g’risida tushuncha. Xotira jarayonlari va turlari. Xotira va faoliyat. Xotirada esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish kabi asosiy jarayonlar mavjud bo’ladi. Shu jarayonlarning har biri alohida mustaqil psixik xususiyat hisoblanmaydi. Ular faoliyat davomida shakllanadi va o’sha faoliyat bilan belgilanadi. Muayyan bir materialni esda olib qolish hayot faoliyati jarayonida indiviual tajriba orttirishga bog’liqdir. Esda olib qolingan narsani keyinchalik faoliyatda qo’llanish uchun uni esga tushirish taqozo etiladi. Muayyan bir materialning faoliyat doirasidan chiqib qolishi esa uning unutilishiga olib keladi. Materialni esda saqlash uning shaxs faoliyatidagi ishtirokiga bog’liq bo’ladi. Chunki har bir muayyan paytda kishining xulq – atvori uning butun hayotiy tajribasi bilan belgilanadi. Xotira psixologiyaning eng ko’p o’rganilgan bo’limlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Lekin hozirgi paytda xotiraning qonuniyatlari yanada o’rganilishi uni fanning tag’in ham muhimroq muammosiga aylantirib qo’ydi. Xozirgi kunda xotiraning mexanizmlari va qonuniyatlarini o’rganish buyicha uchta nazariya mavjuddir. Bo’lar psixologik, neyrofiziologik hamda bioximik nazariyalardir. Psixologik nazariya. Bu nazariya tarixiy jihatdan eng eski nazariya bo’lib, u fanda ko’p va turli – tuman nazariyalarning olg’a surilganligi bilan mashhurdir. Bu nazariyalarni xotira jarayonlarining shakllanganida insonning faolligi qanday rol o’ynashligi va bunda faollikning mohiyatiga kanday yondoshuv zarurligi bilan baholash mumkin. Nazariyaning birinchi guruhi assosiativ nazariya deb yuritiladi. Bu nazariyaga ko’ra, muayyan psixik hosilalar ongda bir vaqtning o’zida yoki bevosita birin-ketin paydo bo’lsa, u holda hosilalar o’rtasida assosiativ boglanishlar tarkib topadi va bu boglanishlarni biron bir qismi takroran paydo bo’lishi ongda uning barcha elementlari muqarrar ravishda gavdalanishiga olib keladi. Assosiasiyalar uch turli bo’ladi: o’xshashlik, yondoshlik va qarama – qarshilik assosiasiyalari. 105 Neyrofiziologik nazariyalar. Bu nazariyalar xotiraning mexanizmlari haqidagi fiziologik nazariyalar bilan bog’liqdir. Bu nazariyaning asosini I. P. Pavlovning «Oliy nerv faoliyati qonuniyatlari haqida» gi ta’limotining eng muhim qoidalari tashkil etadi. Bu ta’limotga ko’ra xotiraning nerv – fiziologik mexanizmini bosh miyada hosil bo’ladigan muvaqqat bog’lanishlar tashkil etadi. Ana shu bog’lanishlar qanchalik mustahkam bo’lsa, esda olib qolish ham shunchalik yaxshi bo’ladi. Ana shu muvaqqat bog’lanishlarning qaytadan jonlanishi esga tushirishga, so’nib, yo’q bo’lib ketishi esa unutishga sabab bo’ladi. Bioximik nazariya. Hozirgi kunda xotiraning mexanizmlarini o’rganishning neyrofiziologik usuli bioximik tadqiqotlar darajasiga tobora yaqinlashib va qo’shilib ketmoqda. Bu usul ushbu fanlarning o’zaro tutashgan joyida olib borilayotgan ko’plab tadqiqotlarda o’z tasdig’ini topdi. Bioximik nazariyaning moxiyati quyidagidan iborat. Birinchi bosqichda (qo’zg’atuvchining bevosita ta’siridan sung) miya xo’jayralarida asl xoliga qaytuvchi fiziologik o’zgarishlarni keltirib chiqaradigan qisqa muddatli elektroximik reaksiya yuz beradi. Ikkinchi bosqich birinchi bosqich negizida yuzaga kelib, aslida u yangi oqsil moddalarning xosil bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan bioximik reaksiyadan iboratdir. Birinchi bosqich sekundlar yoki minutlar maboynida davom etadi va uni qisqa muddatli esda olib qolishning fiziologik mexanizmi deb hisoblaydilar. Xo’jayralarda qaytarilmaydigan o’zgarishlarga olib keladigan ikkinchi bosqich uzoq muddatli xotiraning mexanizmi hisoblanadi. Bu nazariya tarafdorlari tashqi qo’zg’atuvchilar ta’siri ostida nerv xo’jayralarida ro’y beradigan o’ziga xos ximiyaviy o’zgarishlarning izlarini mustahkamlash, esda saqlab qolish va yana qayta esga tushurish jarayonlari mexanizmlarining asosini tashkil etadi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling