62. So‘nggi ikki (2016-2018) yilda mamlakatimizda nechta yangi oliy ta’lim muassasasi hamda nechta nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtining filiallari tashkil etildi?
*a) 5 ta yangi oliy ta’lim muassasasi hamda 12 ta nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtining filiallari tashkil etildi.
b) 7 ta yangi oliy ta’lim muassasasi hamda 12 ta nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtining filiallari tashkil etildi
c) 9 ta yangi oliy ta’lim muassasasi hamda 12 ta nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtining filiallari tashkil etildi
d) 15 ta yangi oliy ta’lim muassasasi hamda 12 ta nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtining filiallari tashkil etildi.
63. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaysi qarori asosida 2017 yil 30 sentyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida"gi PQ-3304-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanishi belgilandi?
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida PF 5538-sonli Farmon.
*b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-3931 sonli qaror.
c) "Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror.
d) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining YOshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida PQ-3907 sonli qaror.
64. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308 sonli farmonida “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tatbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab –quvvatlash yili” Davlat Dasturining 172 bandida qaysi masala yuzasidan vazifa ko‘rsatilgan?
*a)“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilab berildi.
b) xotin –qizlarni ijtimoiy himoyalash masalasi yuzasidan topshiriqlar,
c) maktablarda yangi darsliklar bilan to‘ldirish masalasi belgilangan,
d) dorilarning sifatiga yanada e’tibor qaratish masalasiga.
Do'stlaringiz bilan baham: |