Psixologiyada individ tomonidan amaliy faoliyat va munosabat jarayonida hosil qilinadigan hamda ijtimoiy
Download 197.79 Kb. Pdf ko'rish
|
Мурадова Назира 13
Psixologiyada individ tomonidan amaliy faoliyat va munosabat jarayonida hosil qilinadigan hamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta’sir o‘tkazish darajasi va sifatini belgilaydigan tizimli tarzdagi ijtimoiy fazilat shaxs tushunchasi bilan ifoda etiladi. Ijtimoiy munosabatlar tizimini o‘zida mujassamlashtirish sub’ekt bo‘lish degan ma’noni anglatadi. Katta yoshdagi kishilar bilan o‘zaro munosabatlarga jalb etilgan bola dastavval ular faolligi ob’ekti tarzida, lekin unta katta yoshdagilar uning rivojlanishidagi yetakchi omil sifatida tavsiya qiladigan o‘sha faoliyat tarkibini egallagan, masalan, ta’lim olgan holda ish ko‘radi, o‘z navbatida ana shu o‘zaro munosabatlarning sub’ektiga aylanadi. Ijtimoiy munosabatlar ular sub’ektining allaqanday tashqi mohiyati emas, balki individning ijtimoiy fazilati tarzidagi shaxsning bir qismi, yo‘nalishi, jihati sifatida namoyon bo‘ladi. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181- 0842 March 2022 / Volume 3 Issue 3 www.openscience.uz 663 Agar boshqa barcha jonli mavjudotlardan farqli o‘laroq, inson nasl-nasabining mohiyati barcha ijtimoiy munosabatlar majmuidan iborat bo‘lsa, u holda har bir konkret kishining mohiyati, ya’ni shaxs tarzidagi alohida individga xos abstrakt sub’ekt sifatida u jalb etiladigan konkret ijtimoiy bog‘lanishlar va munosabatlar majmuasini tashkil etadi. Ular, o‘sha bog‘lanishlar va munosabatlar, undan tashqaridadir, ya’ni ijtimoiy hayotdadir va shuning uchun ham shaxssiz, ham ob’ektivdir (qul quldorga batamom qaramdir) va shu bilan birga ular shaxs sifatida uning ichkarisida, uning o‘zida mujassamdir va shunga ko‘ra sub’ektivdir (u quldorni yomon ko‘radi, unga itoat qiladi yoki unga qarshi isyon ko‘taradi, umuman unga nisbatan munosabat bildiradi, u bilan ijtimoiy jihatdan taqozo etiladigan aloqalar o‘rnatadi). «Individ» va «shaxs» tushunchalarining o‘xshashligi emas, balki birligi haqidagi fikr quyidagicha tarzda o‘rtaga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan savolga javob berilishini taqozo qiladi: shaxs bo‘lib hisoblanmagan individning mavjud bo‘lishi yoki aksincha individning konkret sohibi sifatida undan tashqarida va usiz mavjud bo‘lish fakti ko‘rsatilishi mumkinmi? Taxminiy tarzda fikr yuritilgan taqdirda unisi ham va bunisi ham bo‘lishi mumkin. Agar kishilik jamiyatidan tashqarida voyaga yetgan individni hayolan tasavvur qilinadigan bo‘lsa, bu holda u birinchi bor odamlarga duch kelib, biologik jonzotga xos individual xususnyatlardan bo‘lak hech qanday, yuqorida aytilganidek, kelib chiqishi jihatidan hamisha ijtimoiy-tarixiy harakter kasb etadigan shaxsiy fazilatlarga ega ekanligini namoyon qila olmaydi balki tevarak-atrofdagi odamlar mabodo uni birgalikdagi faoliyat va munosabat jarayoniga «torta olishgan» taqdirda ularning paydo bo‘lishi uchun zarur tabiiy shart-sharoitlargagina ega bo‘ladi. Hayvonlar orasida tarbiyalangan bolalar tajribasini o‘rganish bu vazifani amalga oshirishning g‘oyat darajada murakkabligidan dalolat beradi. Qarshimizda hali shaxs sifatida kamolatgaerishmagan individ bo‘ladi. Real individni gavdalantirmaydigan shaxsning paydo bo‘lish imkoniyatlari mavjudligi muayyan istisnolar bilan tan olinishi ham mumkin. Shaxsni jamoada shakllantiradigan shaxslararo aloqalar, tashqaridan qaraganda, konkret faoliyatga xos munosabat yoki sub’ekt-sub’ekt munosabati qabilida yonmayon mavjud bo‘lgan sub’ekt-ob’ekt munosabati shaklida yuzaga chiqadi. Lekin bilvosita namoyon bo‘lish momenti, fakti faqat konkret faoliyatning emas, balki munosabatning ham eng muhim tarkibiy qismi bo‘lib qoladi. Chuqurroq yondashiladigan bo‘lsa, bevosita sub’ekt-sub’ekt aloqasi shunchaki o‘zgacha mavjud bo‘lishdan ko‘ra ko‘proq allaqanday ob’ektlar (moddiy yoki hayoliy ob’ektlar) vositasida namoyon bo‘lishi aniqlanadi. Bu individning boshqa individga munosabati faoliyat ob’ekti (sub’ekt-ob’ekt-sub’ekt) orqali namoyon bo‘ladi, demakdir. O‘z navbatida individning konkret faoliyatiga oid to‘g‘ridan- to‘g‘ri ishi bo‘lib ko‘ringan narsa aslida bilvositalik hosilasi hisoblanadi. Buning ustiga shaxs uchun "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 March 2022 / Volume 3 Issue 3 www.openscience.uz 664 bilvosita ifodalanish bo‘g‘ini endilikda faoliyat ob’ekti ham emas, uning konkret mohiyati ham emas, balki faoliyatda birgalikda ishtirok etayotgan boshqa bir kishining shaxsi hisoblanadiki, u bamisoli faoliyat ob’ektini yaxshiroq idrok etish, anglab olish, his qilish mumkin bo‘lgan nurning aksini sindirib qaytaradigan uskuna sifatida xizmat qiladi. O‘zimni bezovta qilayotgan savolga javob topish uchun men boshqa birovga murojaat qilaman. Aytilganlarniig hammasi shaxsni faoliyatda va munosabatda tarkib topadigan individlararo (sub’ekt-ob’ekt-sub’ektlararo va sub’ekt-sub’ekt- ob’ektlararo) munosabatlarning nisbatan barqaror sub’ekt tuzilishi sifatida anglab yetish imkonini beradi. Har bir kishining shaxsi uning individualligini vujudga keltiradigan hislatlar va fazilatlarning faqat unga xos birikuvidan tarkib topgandir. Individuallik - kishining o‘ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik temperament va xarakter xususiyatlarda, odatlarda, ustun darajadagi qiziqishlarda, bilish jarayonlariga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvur)da, qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos uslubda va hokazolarda namoyon bo‘ladi. Ko‘rsatib o‘tilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o‘zida mujassamlashtirgan odam yo‘q - inson shaxsi o‘z individualligi jihatidan betakrordir. Shaxsni tadqiq etish psixologik tadqiqotlar predmetining muhim tomoni hisoblanadi. Shu bois shaxsni o‘rganish va u yuzasidan ishonchli, ob’ektiv ma’lumot olish yo‘llari va usullarini ta’minlash bo‘yicha doimo izlanishlar olib borilgan. Mazkur ishning mazmunida ham ushbu muammoga umumiy yondashuv amalga oshiriladi. Shaxs to‘g‘risida ma’lumot olish bo‘yicha psixodiagnostikada bir qator munosabat va mulohazalar mavjud. Ularga ko‘ra shaxs to‘g‘risda ma’lumot olishning bir qator usullari mavjud. Mazkur usullar va ularning xususiyatlari tahlili quyida amalga oshiriladi. L-Ma’lumotlar. “L” - ma’lumotlar, dastlabki tadqiqot muammosini amalga oshirish zarurligini taklif etiladi. Ko‘p o‘lchamli tadqiqotlarda tadqiqot sohasi yetarlicha va to‘liq qamrab olish muhim. R.B.Kettell “L” - ma’lumotlar til shaklida barcha xulq-atvor ko‘rinishida ifodalash yaxshidir. Bu faqat ko‘rsatkichlarni boshlang‘ich tanlovdagina yaxshi bo‘lib qolmay, balki olingan faktorlarni talqini yengilligi bilan qulaydir. “L” - ma’lumotlar ko‘pincha tashqi mezon sifatida boshqa metodlar yordamida olingan natijalarning validligini o‘lchashda ko‘p foydalanadi. Biroq, “L”- ma’ulmotlardan bunday foydalanish mutlaqo to‘g‘ri emas, tashqi baholar xulqning yetarlicha ishonchli me’yori emas. O‘zga kishining xulqini idrok etish ekspertning shaxslilik xususiyatlari bilan bog‘liq yanglishiladi. Har bir baholar ekspertning ishonchli o‘lchash muammosini keltirib chiqaradi. O‘tgan vaqt mobaynida bir qator "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 March 2022 / Volume 3 Issue 3 www.openscience.uz 665 ekspertlarning baholashni amalga oshirgan sharoitlar ekspertlarning holati uchun o‘rtacha ishonchlilikni aniqlashga mo‘ljallangan qator metodlar taklif qilinadi. Bu yerda boshqa muammolar vujudga kelishi mumkin, ya’ni tizimi yanglishishlarini bartaraf etish hisobida tashqi baholarning ishonchliligi rivojlantiriladi. Tashqi baholashdagi tizimli xatolarni keltirib chiqaruvchi sabab ekspertlarning baholanayotgan ijobiy yokisalbiy munosabati ta’siri bo‘lishi mumkin. Tashqi baholash metodining tizimli yanglishishiga misol sifatida baholanuvchishaxs statusidagi tafovut ta’siri bo‘la oladi. Masalan, o‘quvchining xulq-atvori ota-onalar, o‘qituvchilar yoki tengdoshlari ishtirokida turlicha bo‘ladi. “L”- ma’lumotlarning ishonchliligini oshirish uchun ekspert baholash jarayoniga maxsus talablar ishlab chiqilgan. Ularning bir nechtasi quyida keltirib o‘tilgan: 1. Baholanayotgan fazilatlar kuzatilayotgan xulq atamalarida aniqlanishi kerak. 2. Ekspert baholayotgan shaxs xulqini yetarlicha uzoq vaqt oralig‘ida kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lish kerak. 3. Bir faoliyatni baholash uchun kamida o‘nta ekspert bo‘lishi lozim. 4. Ekspertlar tomonidan tekshiriluvchilarning ranglashtirish bir xususiyat bo‘yicha bir marotaba baholash yoki bir nechta xislatlarini bir vaqtni o‘zida baholash mumkin bo‘ladi. Masalan, 20 nafar ekspert baholanuvchining birgina xususiyati, ya’ni muloqotmandligini, notanish kishi bilan suhbatlashishiga tayyorligi bo‘yicha ranglashtiriladi. Ekspertning shaxsni o‘rganishda bunday usuldan amaliy foydalanishi u haqda yetarlicha ishonchli ma’lumotlar olishini ta’minlashi mumkin. “Q”-ma’lumotlar. Shaxsni so‘rovnomalar va o‘z- o‘zini baholashning boshqa usullari yordamida o‘rganish va ma’lumotlar olish yordamida o‘rganishdir. “Q”- ma’lumotlar (“Questionnfire data”)ni ifodalashini anglatadi. Tuzilishining soddaligi va axborotlar olishining yengilligi “Q”-ma’lumotlarning (so‘rovnomalar, o‘z-o‘ziga hisobot berish, o‘z-o‘zini baholash shkalasi) shaxsni o‘rganishda markaziy o‘rin tutadi. “Q”-ma’lumotlar olish uchun metodikalarining soni ko‘p. Ularning eng keng foydalaniladiganlari “Minnesoti ko‘p qirrali shaxs ro‘yxati” (MMPI), “Kaliforniya psixologik testi” (CPI), “O‘n olti omilli shaxsni o‘rganish so‘rovnomasi (16PF)”, “Gilford- Simmerman testi” shular jumlasidandir. “Q”-ma’lumotlar instrumental yanglishishlar yetarlicha kuchli namoyon bo‘lsada, ammo ular “L”-ma’lumotlarga nisbatan yanglishishlar darajasi ancha past hisoblanadi. “Q” - ma’lumotlardagi yanglishishlar sababli bilish va motivasion xarakterga ega. Bilish bilan bog‘liq yanglishishlar xususiy shaxsni bilmasligi quyidagi sabablar bilan bog‘liqdir: "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181- 0842 March 2022 / Volume 3 Issue 3 www.openscience.uz 666 1. Tekshiruvchilarning intellektual va madaniy darajasining pastligi. 2. Introspeksiya va maxsus bilimlar, malakalarning yo‘qligi. 3. Ishonchsiz etalonlardan foydalanish (masalan, tekshiriluvchi o‘zi bilan barcha populyatsiya bilan emas, atrofidagi yaqinlari bilan solishtiradi). Tekshiriluvchilarning har xil motivatsiyasi ijtimoiy ixtiyor etilgan javoblar yanglishish manbalari bo‘lib xizmat qilishi mumkin (dismulyatsiya) yoki o‘z defektlarini qayd etishi (agravasiya va simulyasiya). “T”-ma’ulumotlar. Bu ma’lumot olish usuli eksperimental vaziyatlarning nazoratini ob’ektiv testning ma’lumotlar qisqartirilgan “T” - ma’lumotlar (objective test data) deb nomlanadi. “T” - ma’lumotlar shaxsni tadqiq etishga o‘zida yangi radikal yondashuvni taqdim etadi. Ular o‘z-o‘zini baholash va ekspertlarining baholarisiz xulq-atvorni ob’ektiv o‘lchashda olinadi (verbal va noverbal, sotsial va individual). Ob’ektiv testlarning barchasini ko‘p qirrali ekanligi ko‘p hollarda shaxsning asosiy xususiyatlarini namoyon etishga muvofiqlashtirilgan maxsus mikrovaziyatlar tashkil etiladi. Ularning xolisligiga quyidagi ikki talab asosida erishiladi: 1. Test baholarining yanglishish imkoniyatini cheklashga. 2. Tekshiriluvchining reaksiyasiga ko‘ra baho olishning ob’ektiv usullariga ega bo‘lish. Shaxsni tadqiq etish psixologiya fanidagi asosiy muammo sanaladi. Shaxs keng ko‘lamli tadqiqot predmeti sifatida psixolog- tadqiqotshilarning diqqat markazidadir. Ammo mamlakatimizda psixologiyaning jamiyat talabidan kelib chiqib yangi bosqichga qadam qo‘yganligi, shaxs muammosiga atroflicha e’tibor qaratishni talab etadi. Buning uchun shaxsni tadqiq etishda jahon psixologiyasi tajribalarini inobatga olgan holda muammoni tahlil etish ko‘zlangan maqsadni to‘laqonli baholash imkoniyani beradi. Psixologiyada shaxsni tadqiq etish keng ko‘lamda o‘rganish vositalariga ega bo‘lsa-da, ammo ularni milliy muhit va zamon talablariga moslashtirish kerak bo‘ladi. Shaxsni o‘rganish metodikalarining jahon psixologiyasidagi tajribasi ular yuzasidan yana ilmiy izlanishlar olib borishga undaydi. Shu bois jahon psixologiyasida shaxsni baholashga bag‘ishlagan metodikalar va ularning xususiyatlarini qisqacha sharhlab o‘tish lozim. Odamni o‘rganishda ob’ektiv testlar sifatida shaxsni o‘rganish so‘rovnomalari ahamiyatlidir. Shaxs so‘rovnomalari tekshiriluvchining asosiy e’tiborini topshiriqning javobiga emas, balki topshiriqqa qaratishi, test maqsadlarining yashirin xarakterga egaligi, topshiriqlarni yaxlit tuzilma sifatida taqdim qilinishi, psixometrik o‘lchamga egaligi ularning yaroqliligini belgilaydi. Shaxsni o‘rganish so‘rovnomalari uzoq vaqt davomida ishlab chiqiladi. Kishining butun hayoti davomida uning xarakterining tarkib topishiga ijtimoiy muhit, avvalo shu kishi bilan birga yashab turgan va ishlab kelgan jamoa katta ta’sir "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 March 2022 / Volume 3 Issue 3 www.openscience.uz 667 koʻrsatadi. Kichik bolalarda xarakterning tarkib topishida taqlidning roli katta. Bolalar ota-onasiga, yaqin kishilarga va kattalarga oʻxshashlikka harakat qiladi. Ular kattalarning yurish-turishlari, dasturxon atrofida oʻzini tutishi va boshqalarga taqlid qiladilar, kichiklarga va jonivorlarga munosabatlarini koʻrsatadilar. Ota-onalar va uqituvchilar, umuman katta yoshdagilar hammasi oʻzlariga ham e’tibor bilan qarashlari, farida ijobiy xarakter xislatlarini har doim tarbiyalab borishlari lozim. Xarakterning oʻsishida tarbiya va oʻz-oʻzini tarbiyalashning roli katta. Oʻsib kelayotgan yosh avlodning xarakteri, avvalo oilada va maktabda tarbiyalanadi. Bolalarning xarakterini tarbiyalashda katta mas’uliyatli vazifa ota-onalar, oʻqituvchilar va bolalar bogʻchasi tarbiyachilari zimmasiga tushadi. Xarakterni tarbiyalashda pedagog bolaning temperamentni ijobiy va salbiy tomonlarini yaxshi bilishi lozim. Xarakterni tarbiyalash, jumladan, temperamentning ijobiy tomonlarini oʻstirishdan, uning salbiy tomonlarini yoʻqotishdan va bu salbiy tomonlarni xarakterning ijobiy hislatlari bilan almashtirishdan iborat. Xarakterning salbiy tomonlarini yoʻqotmoq, ijobiy tomonlarini tarbiyalab yetkazmoq uchun tarbiyalanuvchining oʻz temperamentini oʻzi idora qilishiga oʻrgatmoq lozim. oʻz temperamentini idora qila bilish xarakterning ijobiy hislatidir. Bola xarakterining tarkib topishida jamoaning tarbiyalovchi roli nihoyatda katta. Inson yakka bir-biridan ajralgan tariqa hayot kechirmaydi, muayyan jamoada, ya’ni muayyan oilada, maktabda va xokazolarda hayot kechiradi. Jamoa shaxs bilan jamiyat oʻrtasidagi bogʻlovchi bo’gʻindir. Har bir oʻqituvchi va tarbiyachi bola xarakterining ayrim hislatlarini tarbiyalashda faqat jamoa orqali ta’sir qilib, ijobiy natijalarga erishmogʻi mumkin. Xarakterning tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, dadillik, sabotlilik singari ijobiy hislatlari bolalar bogʻchasida o’yin faoliyatida tarkib topa boshlaydi. Toʻgʻri uyushtirilgan maktab jamoasi sharoitida oʻquvchilarda uyushqoqlik, intizom, saranjom- sarishtalik, oʻz-oʻzini tuta bilish, oʻzini idora qilish, oʻziga nisbatan talabchan boʻlish kabi xarakter hislatlari tarbiyalanib yetishadi. Kishi jamoada bir-biri bilan aloqa qilish jarayonida boshqalarning va oʻzining xarakter xususiyatlarini bilib oladi. Xarakterini bir xili ijobiy, boshqa bir xili salbiy ekanligini ajratib oladi. Bunday sharoit kishini oʻz xarakterini oʻzi tarbiyalash, jumladan, oʻz xarakterini qaytadan tarbiyalashni yo’lga soladi. Shmishek tomonidan shaxs aksentuatsiyasiga tashxis qo‘yish uchun mo‘ljallangan so‘rovnoma yaratilgan bo‘lib, so‘rovnomaning ilmiy asosi K.Leongardning “Shaxslar aksentuatsiyasi” kontsepsiyasi. Shaxs xususiyatlari asosiy va qo‘shimchalarga bo‘linadi. Asosiy xususiyatlari shaxsning negizini tashkil etadi. Asosiy xususiyatlar bo‘rttirib ko‘rsatilgan bo‘lsa xarakter aksentuatsiyalangan hisoblanadi. K.Leongard ta’biri bilan asosiy xususiyatlar bo‘rtib chiqqan shaxs “Aksentuatsiyalangan” deyiladi. “Aksentuatsiyalangan shaxs” atamasi psixopatiya va "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 March 2022 / Volume 3 Issue 3 www.openscience.uz 668 norma oralig‘ida joylashgan. Aksentuatsiyalangan shaxslar patologik shaxslar emas, lekin nomaqbul ta’sirlar natijasida aksentuatsiya patologik tus olib shaxs strukturasini vayron qilishi mumkin. Leongard tomonidan belgilangan aksentuatsiyalangan baxslarning 10 tipi 2 guruhga bo‘lingan: xarakter aktsentuatsiyasi (namoyishkor, pedantik, botib qoluvchi, qo‘zg‘aluvchi) va temperament aksentuatsiyasi (gipertimik, distimik, xavotirqo‘rquvchan, siklotimik, affektiv, emotiv)ni ko‘rishimiz mumkin. 1. Namoishkor tip: harakatchan, chaqqon, odamlar bilan munosabat o‘rnatishi oson, o‘ziga nomaqbul bo‘lgan holat va hodisalarga e’tibor bermaydigan (siqib chiqazish qobiliyati) yolg‘on gapirish, maqtanchoqlik, manmanlik, kibr-havoga berilish bu shaxsga xos. Boshqalar ustidan hukmronlik qilish, boshqalar tomonidan tan olinishi, odamlar diqqat-e’tibori markazida bo‘lish, o‘zi haqida maqtov va olqishlar eshitishni yoqtiradigan odam. Odamlar bilan murosaa qilish yuqori darajada, kayfiyati tez o‘zgaruvchan, lekin hissiyotlari chuqur emas va shaxslararo ziddiyatlarning sababchisi. Cheksiz xudbin, izzattalab, olqishni sevuvchi. Birovlarning maqtovga sazovor bo‘lishini ko‘rolmaydigan. Davralarda diqqat markazda bo‘lish asl maqsadi. O‘z-o‘ziga baho berishi haqiqatdan yiroq. Boshqalarni g‘ashiga tegish darajasida o‘ziga yuqori baho beradi, doimiy tarzda mojarolar uyushtiradi, lekin o‘zini qat’iy himoya qiladi. Siqib chiqazish qobiliyati patalogik bo‘lib, o‘zi bilishni istamaydigan narsani butkul esidan chiqazishi mumkin. Shu bois yolg‘on gapirishda o‘zini erkin tutadi. Yolg‘on gapirayotgani yuzida aks etmaydi, chunki uningcha bu gap haqiqat. Binobarin, yolg‘onni dildan his etmaydi yoki chuqur yondashmaydi, shuning uchun vijdoni qiynalmaydi. Chiroyli g‘oyalari bilan boshqalarni ergashtira olish qobiliyatiga ega. 2. Botib qoluvchi tip: bu shaxs kamgap, muloqotchanligi sust, pand- nasihat qilishni sevuvchi. Ko‘pincha boshqalarning o‘ziga bo‘lgan munosabatini nohaq deb iztirob chekadi. Shu bois odamlarga nisbatan sergak va ishonqiramaydigan, tez xafa bo‘ladigan, ko‘ngli nozik, gumonsurovchi, qasdini olmay qo‘ymaydigan, xafagarchilikdan chiqa olmaydigan. Boshqalarni mensimay tez-tez mojarolar sababchisi bo‘ladi. Izzattalabligi avj olib o‘z manfaatlarini qat’iy himoya qiladi. o‘z bilganidan qolmaydigan, har bir ishda yuksak ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritishga harakat qiladi, o‘z maqsadiga erishishda tinimsiz. Haqparast, rashkchi, hadiksirovchi. Affektga moyillik - asosiy xususiyati. Motorika, tafakkur, affektlarning namoyon bo‘lishi inert. 3. Pedantik tip: Psixik jarayonlari inert, vazmin, psixologik travmadan uzoq muddat chiqa olmaydigan. Mojarolarda kamdan-kam qatnashib, ko‘pincha passiv tomonda bo‘ladi. Biror-bir tartib buzilgudek bo‘lsa qattiq hayajonga tushadi. Xizmat jarayonida qat’iy byurokrat, atrofdagilarga ko‘p rasmiy talablar qo‘yadi. Saranjomsarishta, ozoda, tozalikka alohida e’tibor beradi, mayinkor. ishga vijdonan yondoshadi, rejaga qat’iy rioya qiladi, hatti-harakatlari og‘ir, bosiq, ishning yuqori darajadagi "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 March 2022 / Volume 3 Issue 3 www.openscience.uz 669 sifatini ko‘zlaydi, o‘zini qayta-qayta tekshiradi, bajarilgan ishni to‘g‘riligidan shubhalanadi. Rasmiyatchi. Liderlikni boshqalarga berib yuboradi. 4. Qo‘zg‘aluvchan tip. Boshqaruvdagi yetishmovchilik, mayl va ishtiyoqlar nazorati sust bo‘lib fiziologik ehtiyojlar shashti yuksak bo‘ladi. Yuqori darajadagi impul’siv, instinktiv, qo‘pol, badqovoq, jahldor, janjalkash, mojaro va ziddiyatlarni ko‘pincha o‘zi uyushtiradi va aktiv qatnashadi. Arzimas narsaga tutaqib ketib, jamoada chiqisholmay, ish joyini tez-tez almashtirib turadi. Muomala - muloqotda murosa qilishi juda past, verbal va noverbal feaktsiyalari sust. Biror-bir mehnat, faoliyat bu shaxs uchun qiziqarli emas, majbur bo‘lganidan ishlaydi, o‘qishda qunt yo‘q, ertani o‘ylamay, shu kun bilan yashab ko‘proq ko‘ngilxushlikni ko‘zlaydi. Yuksak impul’sivlik yoki hayajon reaktsiyasini o‘chirish qiyin, shu bois atrofdagilar uchun xavfli. Hukmini o‘tkazishni yaxshi ko‘radi va atrofiga bo‘ysunuvchan shaxslarni yig‘adi. 5. Gipertimik tip. Bu shaxs chaqqon, muloqotchan, sergap, mimika va pantomimika rivojlanganligi bilan ajraiib turadi. Mey’ordan ortiqcha mustaqil, ba’zan sho‘xIik qiladi, boshqalar bilan munosabatda psixologik distantsiyani noto‘g‘ri his etadi. Suhbatda boshlangan mavzuni qoldirib beixtiyor boshqa mavzuga o‘tib ketadi. Tengdoshlar davrasini xush ko‘radi, shovqin suron o‘rnatib, ularni boshqarishga intiladi. Ko‘pincha kayfiyati chog‘, salomatligi yaxshi, uyqusi xotirjam, chehrasi ochiq, serharakat, ishtahasi karnay, kayfu safoga intiladi. Bu shaxs o‘ziga baxo berishi baland, shodon, yengiltak, shu bilan birga ishchan, tadbirkor, zeriktirmaydigan suhbatdosh. Tashabbuskor, boshqalarni ko‘nglini ko‘tara oladigan, serharakat. Haddan tashqari mustaqillika intilishi ziddiyatga sabab bo‘lishi mumkin. Omadsizlik yoki qat’iy to‘sqinlikka duchor bo‘lsa badjahl va darg‘azab bo‘ladi. Axloqsiz hatti harakatlarga moyil, puxta o‘ylanmagan rejalarni odamlarga tavsiya etadi. O‘z vazifa va majburiyatlariga jiddiy munosabatda bo‘lmaydi. Qat’iy intizom, bir maromdagi faoliyatga, yolg‘izlikka bardosh berolmaydi. 6. Distimik tip. Bu shaxs jiddiyligi, tushkunlik kayfiyati, sustkorligi, irodasizligi bilan ajralib turadi. Kelajakka munosabati pessimistik, o‘z-o‘zini baholashi past, muloqotchanligi past, indamas darajada kamgap. Shovqin- suron davralardan yiroq bo‘lishga harakat qiladi, uydan chiqishni yoqtirmaydigan individualist, turmush tarzi belgilangan chegaradan chiqmaslikka intiladi. Ko‘pincha badqovoq, merov, hayotiy nuqson, kamchilikka ko‘proq e’tibor beradi. Bu shaxslar vijdonli, do‘stlarni qadrlaydigan va ularga bo‘ysinadigan. Haqni nohaqdan tez ajrata oladigan. Fikr yuritishi tezligi sust. 7. Xavotirlanuvchi tip. Muloqotchanligi past, kafiyati mayus, qo‘rquvchan, sergak, hadiksirovchi, o‘ziga ishonqiramaydigan. Bu tipdagi bolalar ko‘pincha qorong‘ilikdan, hayvonlardan, yolg‘iz qolishdan qo‘rqadilar. Sho‘x, chaqqon tengqurlaridan chetroqda bo‘lishga harakat qiiadilar, tortinchoq va uyatchan. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 March 2022 / Volume 3 Issue 3 www.openscience.uz 670 Imtihonlar, nazorat ishlari, tekshiruvlarni og‘ir his etadi. Odatda sinf oldida javob berishdan tortinadi. Yoshi kattalarning pand-nasixatlari ularning vijdonini qiynab gunohkorlik hissini uyg‘otishi mumkin. Burch, ma’suliyat hissi ularda barvaqt shakllanadi, axloqiy va etik talablari juda yuksak. O‘z-o‘zini boshqalardan kam his etadi, o‘z qobiliyatlarini keng namoyon kila oladigan faoliyat orqali shu hisni bekitishga harakat qiladi, bolaligidan ko‘ngli nozik, tortinchoqligi ko‘ngli tusagan odamlari bilan yaqinlashishiga halal beradi. Atrofidagilarning munosabati bu shaxs uchun eng nozik muammo. Hazilni ko‘tarolmaydi, nohaq ayblovlarga duchor bo‘lsa o‘zini himoya qila olmaydi. Ziddiyat va mojarolarga kamdan kam qatnashadi, muammoli vaziyatga tushib qolsa ko‘mak va tayanch izlaydi. Iltifotli, o‘ziga nisbatan talabchan, vazifalarni astoydil bajaradi. O‘zini himoya qilolmasligi sabab tez-tez hazilmazahga duchor bo‘ladi. 8. Affektiv-ekzaltatsiyalangan tip. Bu shaxs har narsadan hayratlanib, zavqshavqqa to‘lib, yuzidan tabassum arimaydigan odam. Boshqalarda ko‘tarinki kayfiyatga sabab bo‘lmaydigan narsalar bu odam uchun xursandchilik va rohatlanish hissini uyg‘otadi. Xursand bo‘lsa boshi osmonga yetgandek his etadi, xafa bo‘lsa butkul tushkunlikka tushadi. Muloqotchanligi yuksak, ochiqtabiat, so‘zamol. Bahslashishni yaxshi ko‘radi, lekin to‘qnashuvgacha olib bormaydi. Mojaro va ziddiyatlarda ham aktiv, ham passiv tomon bo‘lishi mumkin. Do‘st- yorlariga bog‘lanuvchan, altruist, hamdardlik qila oladi, didli, hissiyotlari samimiy va yorqin. Panikyor, kayfiyati barqaror emas, shodu-xurramlikdan ma’yuslikka o‘tishi oson, hatti-harakati keskin, labil psixika sohibi. 9. Emotiv tip. Ekzoltatsiyalangan tipga yaqin, lekin namoyon bo‘lishi seklnroq. Nozik tabiat, emotsional, xavotirlanuvchan, qo‘rqoq, ko‘p gapiradigan, nozik hissiyotlarga beriluvchan. Sahnada, filmlarda tajovuzkor hatti-harakatlarni ko‘rsa, ta’sirlanib uzoq vaqt esidan chiqara olmaydi va uyqusi buziladi. Mojaro va ziddiyatlarda juda kam qatnashadi, xafa bo‘lsa ichiga yutib, uniqib yuradi. Ma’suliyatii, burchni o‘ta jiddiy his etadi, o‘slmliklami o‘stirish, jonivorlarni parvarish qilishni yaxshi ko‘radi.Tabiatni asraydi. 10. Siklotim tip. Bu shaxsda gipertimik va distimnik holatlar almashib turadi.Kayfiyatida tez-tez davriy o‘zgarishlar bo‘ladi va tashqi hodisalarga bog‘liq. Xursandchilikda gipertimiya xususiyatlari namoyon boladi: ko‘p gapiradi, ishchanligi oshadi, har xil fikrlar, tashabbuskorligi oshadi, xafa bo‘lsa tushkunlikka duchor boladi, hatti-harakati va fikrlashi sust boladi, o‘zgalar bilan muomala usullari tez-tez o‘zgarib turadi. O‘spirinlik davrida tsiklotimik aktsentuatsiyaning ikki variantini kuzatish mumkin; tipik va labil sikloid. Tipik tsikloid bolaligida odatda gipertimga o‘xshab ketadi, keyinchalik esa harakatsizlikni namoyon etadi, oldin oson bo‘lgan narsalar, endi kuchli harakatlarni talab etadi. Oldiniga chaqqon bo‘lgan endi harakatlari sust, uydan chiqmaydigan, ishtahasi buzilgan, uyqusiz yoki aksincha uyqisirab yuradigan "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 March 2022 / Volume 3 Issue 3 www.openscience.uz 671 bo‘ladi. Tanbehlarga jahl bilan javob beradi, lekin ko‘nglining tubida g‘ashlik bo‘lib dipresiyaga duchor bo‘lishi mumkin. O‘z joniga qasd qilish ehtimoli bor. O‘qish jarayoni tekis emas, qoldirilgan materiallarini qiyinchilik bilan o‘zlashtiradi, darslarga nisbatan o‘zida nafrat uyg‘otadi. Labil sikloidlarda tipik tsikloidlarga nisbatan kayfiyat o‘zgarish fazalari odatda qisqaroq, yomon kunlari sustkor va sokin emas, balki darg‘azab kayfiyatga ega. Ko‘tarinki kayfiyat davrida do‘st orttirish va davralarda bo‘lish ishtiyoqi bor. O‘z-o‘ziga baho berish kayfiyatiga bog‘liq. Shaxs xarakter aksentuatsiyasini belgilangan talablar asosida diagnostkasini amalga oshirish orqali turli salbiy holatlarni oldini olish imkoniyati paydo bo‘ladi. Download 197.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling