Psixologiyada shaxs va jamiyat muammolari
Havas– bu sub’ektning ajratilmagan, anglanmagan yoki etarlicha anglanmagan ehtiyojlarini ifodalovchi ruhiy holat. Istak
Download 67.58 Kb.
|
Psixologiyada shaxs va jamiyat muammolari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Intilish
Havas– bu sub’ektning ajratilmagan, anglanmagan yoki etarlicha anglanmagan ehtiyojlarini ifodalovchi ruhiy holat. Istakfaoliyat motivisifatida ehtiyojning etarlicha aniq anglanganligi bilan ifodalanadi. Bunda uning ob’ektigina emas, balki uni qondirish yo‘llari ham anglanadi. Intilishistak tuzilishiga irodaviy tarkibiy qism qo‘shilganida yuzaga keladi. Qiziqish– bu shaxsning yo‘nalganligini faoliyat maqsadlarini anglash bilan ta’minlovchi bilish ehtiyoji ifodalanishining maxsus shakli. Sub’ektiv tarzda qiziqish ob’ektni chuqurroq o‘rganish, u haqda ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish, uni tushunish istagida bilish jarayoniga ega bo‘ladigan ijobiy emotsional tonda namoyon bo‘ladi. Odatda, shaxs yo‘nalganligini ifodalovchi qiziqishning qondirilishi uning so‘nishiga sabab bo‘lmasdan, uni ichdan o‘zgartiradi, boyitadi va chuqurlashtiradi, bilish faoliyatining yuqori darajasi talablariga javob beruvchi yangi qiziqishlarni uyg‘otadi. E’tiqodlar– bu shaxsni o‘z qarashlari,tamoyillari, dunyoqarashiga muvofiq ravishda harakat qilishga undovchi motivlar tizimi. E’tiqodlarshaklidagi ehtiyojlar mazmuni – bu tabiat va jamiyatni o‘rab turgan olam haqidagi bilimlar, ularni muayyan tarzda anglash. Bu bilimlar tartibli va ichdan tashkil topgan qarashlar (falsafiy, etika, estetika, tabiiy-ilmiy) tizimini hosil etganida, ular insonning dunyoqarashi sifatida o‘rganilishi mumkin.[2]
Shaxs mayli – bu avvalgi tajribada shakllangan, ob’etni aynan ma’lum shaklda idrok qilish, tushunish yoki u bilan harakat qilishga tayyorlik, moyillik. Ko‘pchilik mayllarning yanglish mohiyati, yokiinson shaxsiy tajribasidagi ba’zi faktlardan shoshilinch va etarlicha asoslanmagan holda chiqarilgan xulosalarning natijasi, yoki fikrlash stereotiplarini – ma’lum ijtimoiy guruhda qabul qilingan xillarga ajratilgan mulohazalarni tanqidsiz o‘zlashtirish natijasi bo‘lib hisoblanadi. Jamiyat hayotidagi turli faktlarga (hodisalar, odamlar va boshqalar) nisbatan ogohlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan mayllarijobiyvasalbiy bo‘lishi mumkin. Mayllar u yoki bu darajada anglanmagan bo‘lishi mumkin. Psixologik tadqiqotlar tomonidan mayl tuzilishida uch tarkibiy qism ajratiladi: kognitiv tarkibiy qism inson bilishga va idrok qilishga tayyor tasvir namunasidir; emotsional-baholashtarkibiy qismmayl ob’ektiga nisbatan xayrixohlik va xush ko‘rmaslik majmuasidir; hulq-atvortarkibiy qism – mayl ob’ektiga nisbatan ma’lum tarzda harakat qilish, iroda kuchini amalga oshirishdir. Shaxsning psixologik tuzilishini quyidagi ko’rinishda tasavvur etish mumkin Download 67.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling