Psixologiyaga kirish: Psixikaning evolyusion taraqqiyoti


Download 52.77 Kb.
Sana09.11.2023
Hajmi52.77 Kb.
#1759126
Bog'liq
Psixologiyaga kirish

Psixologiyaga kirish: Psixikaning evolyusion taraqqiyoti.

Tayyorladi: Baxtiyorov. A. A.

Reja:

1. Psixologiya fani predmeti va vazifalari

2. Psixologiyaning tarixan shakllanishi va rivojlanishi

3. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni va chambarchas bog‘liqligi

4. Psixologiya fanining taraqqiyot jarayoni

5. Psixikaning evolyutsion taraqqiyoti

1. Psixologiya fani predmeti va vazifalari

  • “Psixologiya” so’zi ikkita grеk so’zlaridan - “psyuxe” - jon, ruh va “logos”- ta'limot, ilm so’zlaridan iborat bo’lib, an'anaviy ma'noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha hodisalar va jarayonlar uning prеdmеtini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, psixologiyaning prеdmеti har birimizning tashqi olamni va o’z-o’zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, hodisalar, holatlar va shakllangan hislatlar tashkil etadi. Psixologiya bo’yicha adabiyotlarda uning prеdmеtini qisqacha qilib, psixikadir, dеb ta'rif bеrishadi. Psixika - bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya'ni bilishimiz, anglashimizni ta'minlaydi. Lеkin bu qisqa ta'riflardan psixikaga aloqador jarayonlar ongning aks ettirish shakllari ekan, dеgan yuzaki xulosaga kеlish noto’g’ri bo’ladi.

2. Psixologiyaning tarixan shakllanishi va rivojlanishi

  • Psixologiya inson mexanikasinianiqlash, shakllantirish, yangi sharoitga ko’chirish takomillashtirish, rivojlanish dinamikasini ta’minlash, yangi sifat bosqichiga o’tishini qayd qilish imkoniyati borligi bilan o’ta amaliy,tatbiqiy fanga aylangandir. Psixologiya sohasida mukammal darsliklar yozila boshlagan davrga sal kam 160 yil bo‘ldi. Shu davr ichida juda ko‘plab ilmiy tadqiqot natijalarini o‘z ichiga olgan monografiyalar, darsliklar, qo‘llanmalar yozildi. XIX asr oxirlarida, aniqrog‘i, 1879 yilda nemis olimi Vilgelm Vundt Leybnis universitetida dunyoda birinchi ekmperimental psixologik laboratoriyaga asos soldiki, unda o‘tkazilgan yuzlab tajribalar va eksperimentlar psixologiyaning ham alohida fan sifatida o‘zini ko‘rsatishga haqli ekanligini isbotladi.

Vundtning ta'siri shu qadar bo‘ldiki, er kurrasining boshqa bir tomonida – Amerika qo‘shma Shtatlarida funksionalizm deb nomlangan yana bir yo‘nalish paydo bo‘ldi. E.Titchener asos solgan bu yo‘nalish vakillari nafaqat ko‘zga ko‘rinmas ong tizimi elementlari, balki ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan va faoliyat natijalariga asoslangan belgilar asosida ham inson xulqi-atvoriga baho berish mumkinligini isbotladilar.

3. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni va chambarchas bog‘liqligi

  • Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo‘nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o‘rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini taqazo etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo‘lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o‘ziga xos va etakchidir.

Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo‘lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to‘la anglash va uning rivojlanib borish tendensiyalarini belgilashdagi o‘rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo‘lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o‘zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga yordam beradi. SHuni alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy ongning shakllanishiga taalluqli umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlashda ham yurtimiz sharoitida bu ikkala fan - falsafa va psixologiyaning hamkorligi bevosita sezilmoqda. Bu bog‘liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish muammosi ko‘ndalang turgan tarixiy davrda milliy mafkura va milliy g‘oyani shakllantirish kabi dolzarb vazifani bajarishga xizmat qilmoqda.

4. Psixologiya fanining taraqqiyot jarayoni

  • Mavzu tarixiy fon nafaqat uning bosqichma-bosqich rivojlanish ajoyib hikoya, ammo turli mafkuralar, tushunchalarni turli qiymatlarni kiriting ham yoritib boradi, alohida-alohida yoki birgalikda, yondashuv va nufuzli olimlar bilan himoyalangan vaqti-vaqti bilan mavzu vazifalari. shu shuningdek psixologiya mavzu uchun amal qiladi. quyida ko'rsatilgan quyidagi sahifalarda suiqasd asosiy boblarda, ba'zi psixologiya predmeti tarixiga qarash amalga oshiriladi:
  • A. Erta yosh ilmiy psixologiyagacha.
  • B. Ilmiy psixologiyaning zamonaviy davri.
  • C. Zamonaviy psixologiyada so’nggi tendensiyalari.

5. Psixikaning evolyutsion taraqqiyoti

  • Psixikaning rivojlanishi xaqida gapirishdan oldin «rivojlanish» tushunchasiga ta’rif berish kerak. Rivojlanish bu harakatlanish, uzgarishdir. Rivojlanish ilgarilab boradigan oddiydan murakkabga, pastdan yukoriga qarab boradigan uzgarishlar. Bu inkirozga regrezga degradatsiyaga qarama-qarshi bo’lgan jarayondir. Rivojlanish qonuni umumiy xarakterga egadir. Tabiat rivojlanadi, ishlab chikarish usullari kishilarning ijtimoiy hayot formalari rivojlanadi. Shuningdek psixika xam rivojlanadi. Psixika rivojlanishini, umumkan tirik organizmlar rivojlanishi kabi ikki planda o’rganish mumkin: filogenez planida va ontogenez planida. Filogenez – organizmning oddiy shakllaridan tortib xozirgi zamon kishisiga kadar butun bir biologik rivojlanish jarayonida yuz bergan uzgarishlardir. Ontogenez – xar bir individumning hayoti davomida uning tugilishidan tortib to ulgunga kadar sodir bo’lgan uzgarishlar yigindisidir.

Download 52.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling