Psixologiyaliq konfliktologiya uzb
-ma`ruza 6-Mavzu: Konfliktning oldini olish
Download 169.41 Kb. Pdf ko'rish
|
pdfslide.net psixologiyaliq-konfliktologiya
6-ma`ruza
Reja: 1 .Konfliktning oldini olish usullari va profilaktik faoliyat 2. Shaxsiy konfliktlar muommasi 3.Hozirgi zamon menejmenti Tayanch tushunchalar: Konfliktning oldini olish usullari, profilaktik faoliyat, shaxsiy konfliktlar muommasi, hozirgi zamon menejmentida konfliktlar muammosi.
Konfliktning oldini olishda boshqaruvchining faoliyati muhim rol o`ynaydi, u har doim paydo bo`lgan konfliktlarning echimini izlashga tushadi. Albatta bularning ko`pchiligi o`z vaqtida kelishmovchiliklarning oldini olishga qodir. Aynan boshqarish madaniyati ham anna shunda, ya`ni konfliktlarni oldindan ko`ra bilish, ularni paydo bo`lmasdan oldin yo`q qilish. Konfliktlarga munosabat. Konfliktlarga boshqaruvchining munosabati birdek bo`lishi mumkin bo`lmasligi kerak. Konfliktsiz echimini topib bo`lmaydigan masalarga duch kelganda boshqaruvchi qochib qolmasligi kerak. Ijtimoiy ta`sirlarning shaxs tomonidan anglanishi. Ijtimoiy normalar, sanktsiyalar, rollar ijtimoiy mexanizmlar sifatida shaxs xulq-atvorini ma`lum ma`noda boshqarib, muvofiqlashtirib turishga yordam beradi. Lekin insonning komilligi, uning ahloq – ijtimoiy normalar doirasidagi maqbul harakati uning o`ziga ham bog`liqdir. Odamning o`z – o`zini anglashi, bilishi va o`z ustida ishlashi avvalo uning diqqati, ongi bevosita o`ziga, o`z ichki imkoniyatlari, qobiliyatlari, hissiy kechinmalariga qaratilishini taqozo etadi. Ya`ni, ijtimoiy xulq – shaxs tomonidan uni o`rab turgan odamlar, ularning xulq – atvorlari e`tibor berishdan tashqari, o`zining shaxsiy harakatlari va ularning oqibatlarini muntazam tarzda tahlil qilib borish orqali, rollarni muvofiqlashtirishni ham taqozo etadi. Shaxsning o`zi, o`z xulq – atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur qilishidan hosil bo`lgan obraz – “Men” – obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi shaxs barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi. “Men” – obrazining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, tarbiya shaxsning o`zi va o`z sifatlari to`g`risidagi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb ta`rif berish mumkin. Demak, har bir inson o`zini, o`zligini qanchalik aniq va to`g`ri bilsa, tasavvur qilolsa,uning jamiyat normalariga zidharakat qilish ehtimoli ham shunchalik kam buladi, ya`ni u tarbiyalangan bo`ladi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling