Psixologiyaliq konfliktologiya uzb
-Mavzu: Ijtimoiy tizimda yuzaga keladigan turli darajadagi konfliktlar
Download 169.41 Kb. Pdf ko'rish
|
pdfslide.net psixologiyaliq-konfliktologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
4-Mavzu: Ijtimoiy tizimda yuzaga keladigan turli darajadagi konfliktlar
Reja: 1.
Shaxslararo konfliktlar: pedagogik jarayonda, oilada 2.
Konflikt tuzilishi: tashkiliy, ishlab chiqarish, mehnat innovatsion konfliktlar 3.
Konfliktlarni boshqarish xususiyatlari
Shaxslararo konfliktlar, pedagogik jarayonda konfliktlar, oiladagi konfliktlar, konflikt tuzilishi- tashkiliy, ishlab chiqarish, mehnat innovatsion konfliktlar, konfliktlarni boshqarish xususiyatlari
Shaxslararo konfliktlarga aniq bir izoh berish juda qiyin masala. Lekin, biz konflikt haqida gapirar ekanmiz bizning ko`z oldimizga ikki insonning dunyoqarashlarining to`g`ri kelmasligi natijasida kelishmovchiligi keladi. Shaxslararo konfliktlar o`zlarining o`zgacha alohida xususiyatlari Bilan ajralib turadi, bular quyidagicha. 1. Shaxslararo konfliktlarda insonlar o`rtasidagi qarama-qarshilik birdaniga, hozir vash u erda, ularning shaxsiy motivlarining to`xnashuvi natijasida paydo bo`ladi. Soperniklar yuzma- yuz to`xnashadi. 2. Shaxslararo konfliktlarda ma`lum bir sabablarning umumiy spektri ko`rinadi: umumiy va xususiy, ob`ektiv va sub`ektiv. 3. Shaxslararo konfliktlar konfliktga moyil sub`ektlar uchun o`ziga xo sbir poligon vazifasini bajaradi, ya`ni bu erda ularning xarakterlarini, temperamentlarini, qobiliyatlarini, intellektini, irodasini va boshqa individual-psixologik xususiyatlarini aniqlash mumkin. Shaxsning muloqotga bo`lgan ehtiyojinining to`la qondirilishi uning ish faoliyatiga ham ta`sir ko`rsatadi. Odamlar, ularning borligi, shu muhitda o`zaro gaplashish imkoniyatining mavjudligi fakti ko`pincha odamni ishlash qobiliyatini ham oshirarkan, ayniqsa, gaplashib o`tirib qilinadigan ishlar, birgalikda yonma-yon turib bajariladigan operatsiyalarda odamlar o`z oldida turgan hamkasbiga qarab ko`proq, tezroq ishlashga kuch va qo`shimcha iroda topadi. To`g`ri, bu hamkorlikda o`sha yonidagi odam unga yoqsa, ular o`rtasida o`zaro simpatiya hissi bo`lsa, unda odam ishga “bayramga kelganday” keladigan bo`lib qoladi. Shuning uchun ham amerikalik sotsiolog hamda psixolog Jon Moreno asrimiz boshidayoq ana shu omilning unumdorlikka bevosita ta`sirini o`rganib, sotsiometrik texnologiyani, ya`ni so`rovnoma asosida bir-birini yoqtirgan va bir-birini inkor qiluvchilarni aniqlagan va sotsiametriya metodikasiga asos solgan edi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling