Psixologiyaliq konfliktologiya uzb
Download 169.41 Kb. Pdf ko'rish
|
pdfslide.net psixologiyaliq-konfliktologiya
3-ma`ruza
Reja: 1.
Shaxsning o`z-o`zi bilan yuzaga keladigan konflikti tushunchasi va ko`rinishlari 2.
Shaxsning o`z-o`zi bilan yuzaga keladigan konflikti sabablari va oqibatlari 3.
Shaxsning o`z-o`zi bilan yuzaga keladigan konfliktlarning oldini olish va bartaraf qilish Tayanch tushunchalar: Shaxsning o`z-o`zi bilan yuzaga keladigan konflikti tushunchasi, ko`rinishlari, shaxsning o`z-o`zi bilan yuzaga keladigan konflikti sabablari, oqibatlari, shaxsning o`z-o`zi bilan yuzaga keladigan konfliktlarning oldini olish, bartaraf qilish
Shaxsning o`z-o`zi bilan yuzaga keladigan konflikt psixologik konfliktlarning ichida eng qiyini hisoblanadi, ya`ni u insonning ichki dunyosida ro`y beradi. Bunday konfliktlar bilan inson har doim to`xnash keladi. Bunday konfliktlar konstruktiv xarakteri jihatidan shaxsning rivojlanishining muhim onlaridan hisoblanadi. Lekin destruktiv ichki konfliktlar shaxs uchun jiddiy xavf tug`diradi, og`ir kechinmalarga ya`ni stresslar natijasida, eng oxirgi nuqtasi suitsidga 9 olib kelishi mumkin. Shuning uchun har bir inson uchun ichki konfliktlarning aniq sababini, ularni bartaraf qilish yo`llarini bilish muhim hisoblanadi. Shaxs muammosiga ijtimoiy-psixologik yondashishning o`ziga xosligi shundaki, u turli guruhlar bilan bo`ladigan turli shakldagi o`zaro munosabatlarning oqibati sifatida qaraladi. Ya`ni, konfliktologiya avvalo biror guruhning a`zosi hisoblangan shaxs xulq-atvori qanday qonuniyatlarga bo`ysunishini, shaxsning muloqotlar sistemasida olgan ta`sirlari uning ongida qanday aks topishini o`rganadi. Guruhning shaxs psixologiyasiga ta`siri qay yo`sinda sodir bo`lishi konfliktologiyada sotsializatsiya, ya`ni ijtimoiylashuv muammosibilan o`zviy bog`liq bo`lsa, bu ta`sirlarning shaxs hatti – harakatlari, xulqida bevosita qanday namoyon bo`lishi ijtimoiy yo`l – yo`riqlar muammosi bilan bog`liqdir. Ana shular asosida shaxsda shakllanadigan fazilatlar va ularning turli tipdagi shaxslarda namoyon bo`lishini aniqlagan holda, shaxs xulq- atvorini boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish ijtimoiy psixolgiyaning asosiy vazifalaridan biridir. Download 169.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling