Psixologiyani o’rganish metodlari


Download 7.21 Kb.
Sana11.11.2023
Hajmi7.21 Kb.
#1767269
Bog'liq
Mustafoyeva Pokiza 1

PSIXOLOGIYANI O’RGANISH METODLARI

Bajaruvchi 302-guruh talabasi Mustafoyeva Pokiza

REJA

  • Kuzatish metodi
  • Test metodlari
  • Biografiya va anketa matodlari
  • Hozirgi kunda jahon psixologiyasi fani o'zini o'zi bosh­qarish va kamol toptirish, o'zini o'zi qo'lga olish, o'ziga o'zi buyruq berish, o'zini o'zi tarbiyalashga doir boy materiallar to'plagan, Bu, o'z navbatida, inson munosabati, maqsadi, holati va kechinmalarining o'zgarishi va yangidan yaralishi haqida ilmiy-tatbiqiy ma'lumotlar beradi, kundalik turmush psixologiyasi rang-barangligini ta'minlab turadi. Psixologiya fani inson psixikasini aniqlash, shakllantirish, yangi sharoitga ko'chirish, kamol toptirish, rivojlanish dinamikasini ta'minlash, yangi sifat bosqichiga o'tishini qayd qilish imkoniyati borlig’i bilan o'ta amaliy, tatbiqiy fanga aylangandir. Psixologiya fani sohalari uning amaliyot uchun muhim ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi (huquqshunoslik psixologiyasi, klinik psixologiya, mehnat psixologiyasi, savdo psixologiyasi, sotsial psixo­logiya, pedagogik psixologiya, maxsus psixologiya, sport psixologiyasi va hokazo). Psixologiya amaliy, tatbiqiy jihatdan o'z predmetiga ega bo'lib, amaliy sotsial psixolog, muhandis psixolog, oilaviy psixoterapevt, tibbiyot psixologi, maktab psixologi kabi sohalarni o'z ichiga qamrab olgandir. Psixologiya juda qadimiy va shu bilan birga navqiron fandir. Psixik hodisalarning ilk talqini qadimi yunon olimi Aristotel’ning «Jon haqida» nomli asarida berilgan.Psixologiyani fan sifatida yuzaga kelishi bosqichlarini quyidagi sxemada aks ettirish mumkin.
  • Ma’lumki, jamiyat va tabiat o’rtasidagi munosabatlarni tadqiqot etishga mo’ljallangan fanlardan bittasi psixologiya xisoblanadi. Psixo­logik bilimlarni ijtimoiy hayotning barcha jabxalarida tatbiq etish ko’lami kengayib borishi uning mas’uliyati va yufug’i ortayotganligidan dalolat beradi. Xuddi shu bonis psixolog mutaxassislarga nisbatan ijti­moiy buyurtmaning ko’payishi ularni hozirgi zamon talabiga javob beradigan darajada tayyorlashni taqozo qilmoqda. Istiqlol sharofati tufay­li ilmiy yondashuvlarga, oldingi metodologik muammolarga xolisona munosabatda bo’lish imkoniyati vujudga keldi.

METOD NIMA?

  • . Metod so’zi – yunoncha methodos
  • bo’lib tadqiqot, tekshirish degan ma’noni beradi. Nazarimizda yuqoridagilarga yana
  • yo’l, usul so’zlarini ham kiritish mumkin. Metodlar tadqiqot ishlarida ham, bilim
  • berishda ham qo’llaniladi. Ushbu bobda bilim berish metodlari haqida emas, balki fan
  • uchun, uning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni to’plashdagi
  • qo’llaniladigan tadqiqot metodalri haqida so’z boradi.
  • Psixologiya fanining empirik (amaliy) metodlari turkumidan muhim o’rin
  • egallagan, diagnostik xususiyatli metodlaridan biri – kuzatish metodidir. Mazkur
  • metod fanimizning eng qadimgi tadqiqot vositasi bo’lib hisoblanib, uzoq o’tmish
  • zamonidan to hozirgi davrgacha ilmiy izlanuvchilarning asosiy tekshiruv qurollaridan
  • biri bo’lib, keng ko’lamda foydalanib kelinmoqda.

KUZATISH METODI

  • Kuzatishning texnologiyasi takomillashdi, uning yangi shakllari, vositalari,
  • usullari paydo bo’ldi, xolisonalik (ob’ektivlik) darajasi ortdi, ishonchliligini
  • ifodalovchi mezonlar, o’lchovlar yaratildi. Buning natijasida kuzatish metodi
  • psixologiya fanining universal tadqiqot metodlari qatoriga kiritilib, uning barcha
  • sohalarida qo’llanilmoqda, ayniqsa, tatbiqiylik imkoniyatining yuksakligi, statistik
  • hisoblashga beriluvchanlik xususiyati bilan boshqa metodlardan ajralib turadi.
  • YUqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda uning yoritilmay qolib ketgan
  • jihatlari, tarkiblari, yordamchi jabhalari yuzasidan mulohaza yuritamiz.

TEST METODI

  • Ilmiy psixologik manbalarda qayd qilinishiga ko’ra, intellekt-lotincha so’zdan
  • olingan bo’lib, u odatda aql – idrok, anglash, tushunish, fahmlash degan ma’noni
  • anglatadi. Bizningcha, intellekt shaxsning muayyan darajada mustahkam, barqaror
  • aqliy qobiliyatlari majmuasi tuzilishidan iboratdir.
  • O’z davrida A+SHlik psixolog ę.ęrimen intellekt oltita tarkibdan iborat, degan
  • g’oyani ilgari suradi va ularni quyidagicha tartibda joylashuvini ko’rsatib o’tadi:
  • - sonli operatsiyalariga nisbatan qobiliyatlilik;
  • - lug’at boyligi ko’lami;
  • - geometrik shakllar o’rtasidagi o’xshashlik va farqli tomonlarini ajratishga
  • nisbatan uquvchanlik;
  • - shaxs nutqining tezligi yoki sur’ati;

ANKETA METODI

  • Umumiy psixologiyada keng qo’llaniladigan metodlardan biri bo’lib, unda
  • odamlarning psixologik xususiyatlari narsa va hodisalarga nisbatan munosabatlari
  • o’rganiladi.
  • Anketa odatda 3 xil bo’lib, birinchi xilida anglashilgan motivlarni aniqlashga
  • mo’ljallangan savollardan iborat bo’ladi, ikkinchi xilida esa faqat bittagina javob
  • tanlash sharti bilan har bir savolga bir nechtadan tayyor javoblar ham beriladi.
  • Uchinchi xil anketa sinaluvchiga havola qilinganda kamida to’rt-besh to’g’ri javoblari
  • ballar yordamida baholanadi. Anketa metodidan odamlarning layoqatlarini, muayyan
  • sohaga qiziqishlari qobiliyatlarini, o’ziga, tengdoshlariga katta va kichiklarga
  • munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Anketa orqali shaxslarning xarakter
  • xislatlari, xulq-atvorlarini tekshirish, sirtdan turib baholash mumkin.

Download 7.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling