Psixologiyaning ahamiyati va metodlari
II. PSIXIKA HAQIDA TA’LIMOT
Download 428.17 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq22G Malikov Azimjon
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAYYORLADI: MALIKOV AZIMJON 22G GURUH TALABASI
II. PSIXIKA HAQIDA TA’LIMOT
Psixologiya eng qadim iy fanlardan bo‘lib, bundan 2,5 ming yil ilgari jon haqidagi ta ’limot sifatida vujudga kelgan. VII—V asrlarda o ‘tgan qadimgi grek faylasuflarining asarlaridayoq kishining jonli va ruhiy hayoti to ‘g‘risida juda ko‘p xilma-xil fikrlar bayon qilinganligini ko'ram iz. Bu masalalar qadimgi Xitoy va qadim gi hind m utafakkirlarining m uhokam alarida ham katta o ‘rin tutadi. Kishining psixikasi haqidagi m untazam ta ’limotni birinchi m arta Aristotel (eram izdan oldingi 384—322-yillar) «Jon haqida» degan kitobida bayon qilgan. Shu sababli Aristotel alohida fan boMgan psixologiyani vujudga keltirgan kishi yoki psixologiya fanining «otasi» hisoblanadi. Uzoq vaqtgacha psixologiya m ustaqil fan boMmay, falsafa tarkibiga kirib kelgan. A lohida ilmiy fan m a’nosidagi «psixologiya» term ini ham yo‘q edi. Bu term in XVI asr oxirida paydo boMib, XVIII asr o'rtalaridan boshlab ham m a ishlatadigan boMib qoldi. Psixologiya XVIII asrning oxirida va XIX asrning boshlaridagina mustaqil fan boMib shakllandi. Qadimgi zam onlardan to bizning zamonim izgacha psixologiya sohasida idealizm bilan m aterializm o'rtasida kurash bo'lib keldi. Psixologiyadagi bu kurash ham isha sinfiy kurashning in’ikosi bo'lib keldi. Psixika, ong nim a degan m asala, shu bilan birga, odam organizm ida psixik jarayonlar bilan fiziologik jarayonlar o'rtasidagi munosabat masalasi ham shu kurashda m arkaziy o'rin n i egallab keldi. Psixika va ong haqidagi ta ’lim ot idealistik va vulgar m aterialistik qarashlar ham da nazariyalarga qarshi kurashda chiniqa bordi. Idealistlar, odam ning psixik hayotini odam tanasi bilan qandaydir nom a’lum yo'l bilan qo'shilib, odam da gavdalangan, jismi yo 'q moddiy bo'lm agan alohida bir narsaning, ya’ni ruh yoki jonning zohir boMishi deb hisoblaydilar. (So'zlashganim izda va adabiyotda ham «odam ning joni» va «odam ning ruhi» degan term in ishlatamiz. Ammo bu term inlarni biz moddiy bo'lm agan alohida bir narsani ifodalash uchun emas, balki «psixika» so'zini qay m a ’noda ishlatsak, o 'sh a m a’noda ishlatamiz). Idealistik psixologiya nam oyandalari psixik jarayonlar bilan fiziologik jarayonlarning o'zaro m unosabati haqidagi m asalani talqin qilishda yo psixofizik parallelizm yoki psixofizik o 'zaro ta ’sir nuqtayi nazarida turadilar. Psixofizik parallelizm tarafdorlari fiziologik va psixik hodisalar birbiriga bog'liq bo'lm agan holda yonm a-yon (parallel ravishda) voqe bo'ladi, deb hisoblaganlar. Bu qarashga ko'ra, odam ning hayot faoliyati qo'shilib ketm aydigan ikki oqim — organik hayot bilan psixik hayotning harakatlanishidan iborat em ish. Psixofizik o 'zaro ta ’sir tarafdorlari ta ’limotiga ko'ra, psixik hodisalar bilan fiziologik hodisalar o 'z tabiati e ’tibori bilan har xil bo'lsa-da, bir- biriga o ‘zaro ta ’sir etadi: fiziologik hodisalar psixik hodisalarni vujudga keltiradi, psixik hodisalar esa fiziologik hodisalarga sabab b o ‘la oladi. Bu qarashga ko'ra, odamfning hayot faoliyati go'yo harakatdagi zanjir b o ‘lib, unda fizik zveno bilan psixik zveno ketm a-ket kelaveradi. Fanga xilof idealistik muhokamalarga qaram a-qarshi o'laroq, dialektik materializm psixik hayot qandaydir alohida, moddiy bo'lm agan bir narsaning zohir bo‘lishi emas, balki materiyaning yuksak darajadagi mahsuli, ya’ni bosh miyaning xossasidir, deb ko‘rsatadi. Demak, psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning alohida xossasi bo'lib, bu xossa obyektiv voqelikni alohida bir yo‘sinda aks ettirish qobiliyatidan iboratdir. Psixik jarayonlar miyaning alohida xossasi bo'lib, faqat m iyaning faoliyatiga bog'liq holda ro'y beradi. Lekin psixikani materiyaning mahsuli deb bilish tushunchasini vulgar materializm namoyandalari targ'ib qilgan soxta (u ham mexanistik) tushunchadan farq qilishi kerak. M exanist va vulgar m aterialistlar tabiatdagi barcha hodisalarni — kimyoviy, biologik, fiziologik hodisalarni, shuningdek, psixologik hodisalarni ham m ateriya zarrachalarining fazoda faqat mexanik sur’atda siljishdan iborat deb bilar edilar. U lar psixik jarayonlarni fiziologik jarayonlardan iborat bir narsa deb tushunar, psixik jarayonlar bilan fiziologik jarayonning ikkovi bor narsa deb hisoblar edilar. Masalan: vulgar m aterializm ning nam oyandalari (Byuxner, M oleshott, Faxz) jigardan o ‘t chiqib turgani singari m iyadan ham fikr chiqib turadi, deb bilar edilar. M exanistlar nazarida, psixik hodisa fiziologik hodisaning o ‘zi-yu, uni odam faqat ichki, subyektiv tom ondan idrok etar emish. Dialektik materializm nuqtayi nazaridan psixika, m ateriyaning m exanik harakati em as, balki harakatdagi m ateriyaning alohida xossasidir. Shuningdek, psixik jarayon moddiy jarayonga bog'liq, degan so'zdan psixika, ong-fiziologik jarayonlardan boshqa bir narsa em as, degan m a’no aslo chiqm aydi. Fikr, ong — voqelikning sifat jihatidan boshqacha, o'ziga xos bir hodisasidir. Psixika, ong — faqat yuksak darajada tashkil topgan m ateriyaning xossasidir. Hayvonlar bilan odam lar organizm iga xos bo'igan nerv sistemasi ana shunday yuksak darajada tashkil topgan m ateriyadir. Psixikaning bevosita moddiy substrati (asosi) - odam ning bosh miyasidir. O dam ning psixikasi, ongi — bosh miya funksiyasidir. Psixika, ong materiya taraqqiyotining faqat yuksak bosqichlarida paydo bo'ladi. M ateriya taraqqiy qilib borgan sari turli qonuniyatlar va xossalar — m exanik, fizik, kimyoviy, biologik va boshqa qonuniyat va xossalar paydo bo'ladi va taraqqiy qiladi, organik olam taraqqiyotining eng yuksak bosqichidagina m ateriyaning psixika, sezgi, ong, tafakkur deb ataladigan alohida xossalari vujudga keladi. O lam taraqqiyoti tarixida psixika, ong boMmagan davr o'tgan. Psixika olam taraqqiyotining eng yuksak bosqichiaridagina paydo bo'ldi. Psixika materiyaning alohida xossasi bo'lib, bu xossa obyektiv voqelikni alohida aks ettirish qobiliyatidan iboratdir. Aks ettirish degan so'zning m a’nosi har xil tushuniladi. Tevarak-atrofdagi voqelikni aks ettiradigan ko'pgina narsalar m a’lum, m asalan, suv aks ettiradi, ko'zgu aks ettiradi va hokazo. Bu misollarda biz fizik hodisa sifatidagi aks etish (in ’ikos)ni ko'ram iz. Psixik hodisalar haqida so'zlashganim izda esa sifat jihatdan boshqacha, o'ziga xos ravishda aks etishini nazarda tutm og'im iz kerak. Bu aks ettirish sezgilarda, xotirada, tafakkurda va boshqa shu kabilarda o 'z ifodasini topadi. Insonning aks ettirish jarayoni o'z mohiyati va xarakteri jihatidan 2 bosqichdan iboratdir: 1) hissiy (aks ettirish) bilish bo'lib, u sezish, hissiy qabul qilish, xotira va tasavvurlardan iboratdir; 2) aqliy bilish bosqichi bo'lib, u tafakkurdan iboratdir. Hissiy bilishning boshlang'ich shakli — sezgidir. Chunki hissiy bilishning boshqa shakllari — hissiy qabul qilish sezgiga nisbatan ancha m urakkab bo'lib, u sezish asosida vujudga keladi. Hissiy qabul qilishning sezishdan farqi shundaki, unda predm etlarning ayrim xossalarni emas, balki predm et bir butun holda aks etadi. Hissiy bilishning yana bir shakli tasaw urdir. Tashqi ta ’sir natijasida vujudga kelgan nerv va miya qobig'ining m a’lum qismidagi qo'zg'alish — sezish, qabul qilish — m a’lum davrgacha o'z izini qoldiradi, y a’ni tashqi ta ’sir to'xtagandan so'ng qo'zg'alishning, sezishning izi saqlanib qoladi. O 'sha ta ’sir etgan predm etga aloqador bo'lgan, unga qandaydir m unosabatda bo'lgan hodisa ta ’siri natijasida izlar yana qayta tiklanishi m um kin. M iya qobig'ida saqlanib qolgan shu fiziologik izlarning tiklanishi, qaytadan qo'zg'alishi tasavvur, xotirani vujudga keltiradi. Insonning bilish jarayoni hissiy bilish bilangina cheklanm aydi. Hissiy bilish yoki jonli kuzatish inson bilishining pastki bosqichida vujudga keladi, bu bosqich asosida ijtim oiy m ehnat jarayonida ikkinchi yuqori bosqich — aqliy bilish, tafakkur paydo bo'ladi. Hissiy bilish orqali obyektiv reallikdan olingan «m ateriallar»ni qayta ishlash, ularni m unosabatlari, ichki xususiyatlarini aniqlash, m uhim va asosiy tom onlarini nom uhim - laridan ajratib olish, ularning qonuniyatlarini ochish aqliy bilish va tafakkurda am alga oshiriladi. O dam bilan uning tevarak-atrofidagi olam o'rtasida doim o o'zaro birbiriga ta ’sir qilish jarayoni bo'lib turadi. Odam bu jarayonda dunyoni o'z psixikasi bilan aks ettiradi. Shu bilan birga, voqelik odam ongida ko‘zgudagi kabi passiv ravishda aks etmay, balki faol ravishda aks etadi: odam tevarak- atrofdagi olam bilan o'zaro bir-biriga ta ’sir ko‘rsatar ekan, shu jarayonda olamga ta ’sir etadi, uni o'zgartiradi va uni o'z ehtiyojlariga moslashtiradi. Psixologiya fani psixikani o'rganar ekan, uni yuksak darajada tashkil topgan materiyaning obyektiv voqelikni aks ettirishdan iborat bo'lgan alohida xossasi deb biladi. M ateriyaning bu xossasi m ateriyaning boshqa xossalaridan sifat jihatdan farq qiladi va materiya taraqqiyotining faqat muayyan bosqichida vujudga keladi. Psixik hodisani, idealistlar ta ’lim bergani singari, fiziologik hodisadan ajratib qo'yish yaramaganidek, psixik hodisani, vulgar materialistlari ta ’lim bergani singari, fizik hodisaga tenglashtirish ham yaramaydi. Psixik hodisa bilan fiziologik hodisa bir butun bo'lib bog'langandir. Buning m a’nosi shuki, psixologik va fiziologik hodisa sifat jihatidan boshqa-boshqa hodisalardir, am m o fiziologik hodisa bo'lm asa, ya’ni nerv sistemasi ishlam asa, psixologik hodisa bo'lishi m um kin emas; shunday qilib, psixologik hodisa ikkilamchi hodisa hisoblanadi. Psixik hodisalar nechog'li m urakkab bo'lm asin, ularni m oddiy nervfiziologik negizidan ayirib o'rganish yaramaydi. Bunday ayirish idealizm ga olib borishi mumkin, xolos. Shu sababli psixikani o'rganishda psixik hayotdagi hodisa va faktlarni ilmiy asosda tushunib olish uchun psixikaning moddiy negizini, ya’ni bosh miya va uning faoliyatini, psixik jarayonlarning nerv-fiziologik mexanizmlarini bilib olish kerak. I.P. Pavlov yuksak nerv faoliyati fiziologiyasiga doir genial asarlarida psixik hodisalar moddiy substratining faoliyatidagi asosiy qonuniyatlarni va ayrim psixik jarayonlarning nerv-fiziologik mexanizmlarini ochib berdi. TAYYORLADI: MALIKOV AZIMJON 22G GURUH TALABASI Download 428.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling