Psixologiyaning asosiy metodlari
Xar qanday yangidan yuzaga kelgan qo’zg’atuvchi, agar u yetarli darajada intensiv(kuchlanishga ega) bo’lsa, tegishli qo’zg’alish jarayonini yuzaga keltiradi
Download 32.42 Kb.
|
Psixologiyaning asosiy metodlari-fayllar.org
Xar qanday yangidan yuzaga kelgan qo’zg’atuvchi, agar u yetarli darajada intensiv(kuchlanishga ega) bo’lsa, tegishli qo’zg’alish jarayonini yuzaga keltiradi, bu refleks, I.P.Pavlov aytganidek «nima u» degan refleks bilan ifodalanadi, bu esa sodda turdagi diqqatning fiziologik asosidir.
I.P.Pavlov ta’limoti bilan akademik A.A.Uxtomskiy olib borgan tekshirishlari bir–biriga to’g’ri keladi. Agar nerv sistemasiga bir qancha qo’zg’ovchilar bir vaqtda ta’sir qilsa bosh miya po’stida shu ongning o’zida bir necha qo’zg’alish o’choqlari paydo bo’ladi. Shu bilan birga, xar bir qo’zg’alish o’chog’i bosh miya po’stining hamma yog’iga tarqalishga iradiatsiyalanishga moyildir. Shuning uchun ayrim qo’zg’alish o’choqlari o’rtasida to’qnashish va «kurash» sodir bo’ladi. Bu kurash natijasida qo’zg’alish o’choqlaridan biri hukmron (dominanta) bo’lib oladi Mana shu hukmron bo’lib olgan qo’zg’alish o’chog’ini akademik Uxtomskiy «dominanta» deb ataydi. Uxtomskiyning bergan ta’rifiga ko’ra; Dominanta – bu ayni chog’da markazda sodir bo’ladigan reaksiyalar xarakterinni bir qadar belgilab beruvchi hukmron qo’zg’alish o’’chog’idir. Dominantalar mavjud bo’lgan paytda boshqa qo’zg’alish o’choklari («subdominantalar» - nisbatan kuchsiz qo’zg’alish o’choqlari) ko’pincha yo’qolib ketmaydilar. Ular dominantaga qo’shilib, uni kuchaytiradilar yoki dominanta bilan kurasha boshlaydilar. Bu kurash jarayonida subdominanta dominanta bo’lib olishi mumkin, ilgarigi dominanta esa – subdominanta bo’lib qolishi mumkin. Hukmron qo’zg’alish o’chog’i bo’lgan dominanta diqqatimizning ma’lum narsaga yo’naltirilishi va tuplanishining fiziologik asosidir. Psixologiyada ikki xil diqqat turi farq qiladi. Ulardan biri ixtiyorsiz diqqat bo’lsa, ikkinchisi- ixtiyoriy diqqatdir. Ixtiyorsiz diqqat deb to’satdan ta’sir qilgan biror sabab tufayli bizning xohishimizdan tashqari hosil bo’ladigan diqqatga aytiladi. Ixtiyorsiz diqqat odamning har turli ehtiyojlari va qiziqishi bilan bevosita bog’liq bo’lgan diqqatdir. Ixtiyorsiz diqqatning nerv-fiziologik asosini oriyentirovka yoki tekshirish refleksi tashkil qiladi. Ixtiyoriy diqqat deb oldindan belgilangan qat’iy bir maqsad asosida va ongli ravishda diqqatimizni ma’lum narsa hamda hodisalarga qaratilishiga aytiladi. Ixtiyoriy diqqatning nerv-fiziologik asosida miya yarim sharlarining po’stida vujulga keladigan optimal qo’zg’alish manbai bilan ikkinchi signallar sistemasining faoliyati yotadi. Ixtiyoriy diqqatning yuzaga kelishida nutqning roli g’oyat kattadir. Ixtiyoriy diqqat har doim ixtiyorsiz diqqat bilanalmashinib turadi. Ixtiyoriy diqqat paytida odam tez charchaydi, chunki ixtiyoriy diqqat odamdan hamma vaqt iroda kuchini sarflashni talab etadi. Download 32.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling