Psixologiyaning asosiy metodlari


HAYVON PSIXIKASINING RIVOJLANISHI


Download 32.42 Kb.
bet4/10
Sana22.10.2023
Hajmi32.42 Kb.
#1716085
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Psixologiyaning asosiy metodlari-fayllar.org

HAYVON PSIXIKASINING RIVOJLANISHI


  • Psixikaning paydo bo`lishi materiyaning uzoq taraqqiyoti bilan tushuntiriladi. Jamiki materiya, jonsiz anorganiq materiyadan tortib, to materiyaning yuksak hamda murakkab shakli - inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati bulmish aks ettirish xususiyatiga, ya`ni ta`sirlarga javob qaytarish qobiliyatiga ega. Aks ettirish shakllari materiyaning yashash shakllariga bog`liqdir.

Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarning o`zaro mexaniq, fizik yoki ximiyaviy munosabatlari tarzida nomoyon bo`lishi mumkin. Masalan, suvning daryo qirg`oqlarini, qoyalarni yuvishi va emirishi, quyosh nurining oynadan aks etishi (sinib qaytishi). Tirik materiyaga o`tishda harakatning shakllari sifat jihatdan o`zgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik shakllari xosdir. Tirik materiyada aks ettirishning yangi shakli - psixik aks ettirish paydo bo`ladi. Materiyaning evoltsiyasida jonsiz materiyadan jonli materiyaga o`tishni turli nazariyalar turlicha tushuntiradilar. Shular orasidan akademik A.I.Oparin tomonidan ilgari surilgan nazariyani ko`rsatib o`tish mumkin. Oparin gipotezasiga muvofiq, bundan taxminan 2 milliard yillar muqaddam atmosferada kislorod ajralib chiqqan. Bu organiq moddalarda fotoximik reaktsiya va fotosintez jarayonlarning yuzaga kelishiga sabab bo`lgan. Oqibatda KOATSERVATLAR deb atalgan faol oqsil molekulalari paydo bo`lgan. Koatservatlarda hayotning asosiy belgilari - assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari paydo bo`lgan. Koatservatlar tashqi muhitdagi "ozuq" moddalarni tanlab o`zlashtirganlar. Ular YAShASh UChUN ZARUR BO`LGAN (BIOTIK) MODDALARGA ma`lum darajada SESKANISh bilan javob berganlar va hayot faoliyati uchun bevosita kerak bo`lmagan (ABIOTIK) moddalarga nisbatan INDIFFERENT (BEFARQ) munosabatda bo`lganlar.


  • Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarning o`zaro mexaniq, fizik yoki ximiyaviy munosabatlari tarzida nomoyon bo`lishi mumkin. Masalan, suvning daryo qirg`oqlarini, qoyalarni yuvishi va emirishi, quyosh nurining oynadan aks etishi (sinib qaytishi). Tirik materiyaga o`tishda harakatning shakllari sifat jihatdan o`zgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik shakllari xosdir. Tirik materiyada aks ettirishning yangi shakli - psixik aks ettirish paydo bo`ladi. Materiyaning evoltsiyasida jonsiz materiyadan jonli materiyaga o`tishni turli nazariyalar turlicha tushuntiradilar. Shular orasidan akademik A.I.Oparin tomonidan ilgari surilgan nazariyani ko`rsatib o`tish mumkin. Oparin gipotezasiga muvofiq, bundan taxminan 2 milliard yillar muqaddam atmosferada kislorod ajralib chiqqan. Bu organiq moddalarda fotoximik reaktsiya va fotosintez jarayonlarning yuzaga kelishiga sabab bo`lgan. Oqibatda KOATSERVATLAR deb atalgan faol oqsil molekulalari paydo bo`lgan. Koatservatlarda hayotning asosiy belgilari - assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari paydo bo`lgan. Koatservatlar tashqi muhitdagi "ozuq" moddalarni tanlab o`zlashtirganlar. Ular YAShASh UChUN ZARUR BO`LGAN (BIOTIK) MODDALARGA ma`lum darajada SESKANISh bilan javob berganlar va hayot faoliyati uchun bevosita kerak bo`lmagan (ABIOTIK) moddalarga nisbatan INDIFFERENT (BEFARQ) munosabatda bo`lganlar.

  • Biz yuqorida ko`rib o`tgan SESKANUVChANLIK o`simliklardan tortib hayvonlargacha mavjud. Seskanuvchanlik tirik organizlarning biologik ahamiyatga ega bo`lgan (biotik) ta`sirlarga javob qaytarish qobiliyatidir. Sodda, bir hujayrali tirik organizmlardayoq elementar seskanuvchanlik xususiyati bo`lib, ular tashqi muhit ta`siriga harakat bilan javob qaytaradilar.

  • Biotik faktorlarga maxsus harakatlar bilan javob qilish usullariga TROPIZM yoki TAKSISlar deb ataladi. Tropizmlar har xil bo`ladi: fototropizm - tirik organizmning yorug`lik ta`siri ostida harakatga kelishi; termotropizm - tirik organizmning issiqlik ta`siri ostida harakatga qilishga moyilligi; xemotropizm - tirik organizmning ma`lum fizik-ximiyaviy muhitni tanlab olishga bo`lgan moyilligi; topotropizm - tirik organizmning mexaniq qo`zgatuvchi ta`siri ostida harakatga kelishi va h.k. O`simliklar olamida aks ettirishning biologik shakli faqatgina tropizmlardan iborat.

Download 32.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling