Psixologiyaning boshqaruvda tutgan o‘rni. Boshqaruv haqida tushuncha
Download 97.37 Kb.
|
Психалогия 1 мавзу
Boshqaruv psixologiyasi – boshqaruv maqsadi va vazifa-larni amalga oshirish davomida boshqaruv sub’ekti va ob’ekti o‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatni talqin etadi.
Mutaxassislarning fikricha, boshqaruv psixologiyasi-ning boshqa turkum vazifalari boshqaruv usullarini shakllantirish bo‘lib, ushbu tadbir tashkilotning samarali faoliyatini ta’minlash maqsadidagi ta’sir etish imkoniyatlarini ishlab chiqishdan iboratdir. Adabiyotlar tahlilidan ko‘rinadiki, boshqaruv sub’ekti va ob’ekti masalasi – boshqaruv psixologiyasi fanidagi asosiy tushunchalardan sifatida e’tirof etiladi. Soha mutaxassisla-ri, boshqaruv jarayonini ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan tahlil qilishar ekanlar, boshqaruv sub’ekti sifatida rahbar-ni, ob’ekt tarzida esa, xodimni va mehnat jamoasini tasavvur etish mumkin, deb ta’kidlashadi. Yana ularning fikricha, rahbar o‘z faoliyatini tashkil etishi va o‘zini-o‘zi boshqarishi, uni nafaqat boshqaruv sub’ekti, balki ob’ekti sifatida ham tushu-nish zaruratini kun tartibiga qo‘yadi. Shu bois, rahbarning kasbiy mukammallashuvi, o‘zini-o‘zi boshqarish malakalarini egallashi, tashkilot va xodimlar boshqaruvidagi asosiy mavzulardan biriga aylanadi. Boshqaruvning sub’ekti o‘rganilganda esa (3.1-jadval), odatda boshqaruvchi shaxs yoki odamlar guruhi nazarda tutiladi. Psixologiya ko‘proq boshqaruvchi shaxs faoliyatining psixologik asoslarini o‘rganadi va shu asosda xodimlar ishlarini sama-rali tashkil etish, aniq va to‘g‘ri qarorlar chiqarish uchun qanday psixologik holat va jarayonlarni o‘zida tarbiyalash lozimligi kabi qator muammolarni yechadi. Masalan, konkret hayotiy sharo-itlarda agar boshliq majlis olib borayotgan bo‘lsa, har bir so‘z-ga chiquvchilarning fikrlari, ma’ruzalari va hokazolar orqali, ularning psixologik holatlari aniqlanadi, yangi ish dasturla-ri ishlab chiqiladi, qabul qilingan qarorlarga ko‘ra boshliqning va xodimlarning har biriga alohida ilmiy ko‘rsatmalar va maslahatlar beriladi. Boshqaruv psixologiyasi boshliq faoliyatini analiz qilganda asosiy diqqatni boshqarish uning ehtiyoji yoki qobi-liyatlariga mos yoki mos emasligi, qaysi individual xusu-siyatlariga ko‘ra u boshliq darajasiga ko‘tarildi, ishni muvaf-faqiyatli amalga oshirish uchun u boshqaruvning qay usul-laridan foydalanyapti, xodimlarga psixologik ta’sir ko‘rsa-tish maqsadida u qanday ta’sir uslublarini qo‘llayapti kabi qator masalalarga qaratadi. Boshliq bo‘lish ishiga turli shaxslarning munosabatlari har-xil: kimdir boshliqda bo‘lgan imtiyozlarga qiziqadi, kimdir unga berilajak huquqlarni af-zal ko‘radi, kimgadir yuksak ma’suliyatlarni bo‘yniga olish ma’qul keladi. Shaxsning boshliq funksiyalari haqidagi tasavvurlari qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, boshliq real sharoitlarda odam-lar guruhini aniq maqsad asosida faoliyatga yo‘llash, ularga bosh bo‘lish, turli tadbirlarni amalga oshirish, obro‘ga ega bo‘lish, har bir qilingan ish uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olish kabi qator sifatlar talab qilinadi. Ayniqsa, boshliq uchun turli guruhlardagi, ko‘p holda bir boshliq uchun bir vaqtning o‘zida bir qancha guruhlardagi shaxs-lararo munosabatlarning xarakteriga javobgar bo‘lish qiyin-chiliklar tug‘diradi, chunki o‘sha guruhlarni tashkil etgan har bir shaxsning o‘ziga xos individualligi boshqaruvchi haqidagi ular tasavvurining har xilligi va guruhlarda norasmiy lider-larning borligi boshliqdan odamlar bilan ishlash borasida ham tajribaning, ham psixologik fahm-farosatning va sabr qanoatning bo‘lishini talab qiladi. Shuning uchun ham kundalik hayotimizda ham ilmiy adabiyotlarda tez-tez yonma-yon ishlatila-digan «lider» va «boshliq» tushunchalarining psixologik mazmunlarini tahlil qilib chiqish maqsadga muvofiqdir. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, boshqaruv psixologiyasining predmeti sifatida, boshqaruv jarayonidagi inson faoliyati qabul qilinadi. Bu esa o‘z navbatida, boshqaruv ilmining nazariy tarixiy asoslari, boshqaruv tamoyillari, boshqaruv usullari, gu-ruhlardagi rahbarlik va liderlik masalalari, liderlik uslublari, superliderlik fenomeni, rahbarlik sifatlari, rahbarlikka loyiqlikni baholovchi mezonlar, liderlikning vazifalari, boshqaruvchiga xos kompetensiyalar tasnifi kabi masalalarni ham iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik jihatdan tadqiq etish zaruratini keltirib chiqaradi
Download 97.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling