Psixologiyaning maqsadi xulq-atvorni oldindan aytib berishdir
Download 77 Kb.
|
Faktorli yoindoshuv Ayzenk
2-jadval
Ayzenkning shaxs so‘rovnomasi punktlaridan namuna
Ayzenk va Kettel faktorlashtirishda turli xil shaxs so'rovnomalaridan foydalanishi, shaxsni ta’riflashda muhim hisoblangan xususiyatlar sonida farqlar yuzaga kelishining asosiy sababi hisoblanadi. Bu yerda factorli analiz natijalari bevosita olinayotgan ma’lumotlar tipi va manbaasiga bogliqdir. Ayzenkning shu narsaga ishshonchi komil ediki, uning ikki kriteriyasi - introversiya/ekstraversiya va barqarorlik/neyrotizm boshqa ко’plab shaxs so’rovnomalarini o’tkazgan bir qancha tadqiqotchilar tomonidan empirik jihatdan tasdiqlangan. Ushbu nuqtai nazar to‘g‘ri ekanligini isbotlovchi asosiy dalillar ekstravert va introvertlar xulq-atvorini tadqiq etilishi natijasida olingan. Introvert va ekstravertlar о‘rtasidagi farqlar Ayzenk o‘zinin g nazariy konsepsiyalarida katta e’tiborni aniq o’chovlarga qaratdi. Bugungi kunga qadar uning ishlarini katta qismi introversiya-ekstraversiyaga bog‘liq ravishda shaxs xulq-atvorida farqlar mavjud bo'lish yoki bo‘lmasligini aniqlashga qaratilgan edi. Ayzenkning ta’kidlashicha, xulq-atvordagi individual farqlar faktorli analiz orqali aniqlanishi, so‘rovnomalar hamda laboratoriya sharoitlarida o'lchanishi mumkin. Ayzenk nazariyasi doirasidagi test natijalari orqali olingan tadqiqotlarga ko‘ra, bir qator e’tiborga loyiq faktlar keltirilgan. Masalan. ekstravertlar introvertlarga qaraganda, og‘riqqa ancha chidamli bo‘lib, ish paytida suhbat qurish va kofe ichish uchun ko’proq pauza qilishadi. Ulardagi qo‘zg‘alish harakat va faoliyatlarini samarali bo4ishini ta’minlasa, bu narsa introvertlarga to'sqinlik qiladi1. Ekstravertlar va introvertlar o‘rtasidagi ba’zi bir empirik o’rnatilgan farqlar quyida keltiriladi. Introvertlar nazariy va ilmiy ko'rinishga ega bolgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanishni yoqtirishsa (masalan, injenerlik ishlari va kimyo kabi), ekstravertlar esa insonlar bilan ishlashni ma’qul ko‘rishadi (masalan, savdo-sotiq ishlari. ijtimoiy xizmat). •Ta’lim muassasasida intiovertlar ekstraveitlarga qaraganda ko'proq muvaffaqiyatlarga erishishadi. Tlim muassasasini psixiatrik sabablarga ko‘ra qoldiradigan talabalaming aksariyati introvertlar bo‘lsa, akademic sabablarga ko‘ra qoldiradiganlarining asosiy qismini ekstravertlar tashkil qiladi. • Introvertlar ertalab o‘zlarini ancha tetik his qilishsa, ekstravertlarda bunday holat kechqurun kuzatiladi. Bundan tashqari. introvertlar ertalablari yaxshi ishlashadi, ekstravertlar esa kuiming ikkinchi yarmida. Introvertlar va ekstravertlar o‘rtasidagi asosiy farqlardan biri ularning stimullarga bo‘lgan sezgiriigidir. Bu farq “limon tomchisi testi,yordamida oson aniqlanishi mumkin. Agar bir odamning og'ziga 4 tomchi limon suvi tomizilsa, introvertlarda ekstravertlarga qaraganda ikki baravar ko‘p solak ajralar ekan. Bu holat introvert va ekstravertlar fiziolik faoliyati bilan bogliq hisoblanadi. Ayzenkning fikricha, introvert hamda ekstravertlarning stimullarga bo‘lgan reaksiyasidagi farqning asosiy sababi ularning bosh miya stvolidagi retikulyar formatsiyaning faoliyatiga bogliq. Ayzenkning shaxsning to'liq suratini yaratishda qilgan sa’y- harakatalari tahsinga sazovordir. Ko’pchilik psixologlar uni ilmiy asoslangan shaxs strukturasi modelini yaratishda birinchi darajali mutaxassis deb hisoblashadi. O‘zining har bir ishida Ayzenk, individual xulqdagi farqlarni tushuntirishda neyrofiziologik hamda genetik omillar roliga e’tibor qaratgan. Bundan tashqari. uning ta'kidlashicha, ishonchli shaxs nazariyasi yaratishdagi asos — bu aniq o’chov ishlari hisoblanadi. Shuniugdek, uning kriminologiya, ta’lim, psixopatologiya va xulqdagi o‘zgarishlar sohalaridagi tadqiqotlarini alohida tahkidlab o‘tish joiz. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Ayzenk nazariyasining shuhrati ham bundanda yuqoriga ko'tarilib. olimlar tomonidan uni ham nazariy, ham amaliy jihatdan mukammallashtirish davom etadi. Download 77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling