Psixologiyaning maqsadi xulq-atvorni oldindan aytib berishdir


Download 77 Kb.
bet1/3
Sana13.04.2023
Hajmi77 Kb.
#1355762
  1   2   3
Bog'liq
Faktorli yoindoshuv Ayzenk


G.Ayzenkning shaxs tiplari nazariyasi.
Ayzenk Kettelning: “psixologiyaning maqsadi xulq-atvorni oldindan aytib berishdir”. - degan fikriga qo‘shilib, uning shaxsni tavsiflashda faktorli analizdan foydalanganligini ma’qullaydi. Lekin, Ayzenk faktorli analizni Kettelga nisbatan o‘zgacharoq qo’llagan. Ayzenk fikricha, tadqiqot strategiyasi tadqiqotchini qiziqtirgan qandaydir shaxs xususivatini belgilab, toiiq asoslangan ilmiy farazdan boshlanishi kerak. Unga qarama-qarshi olaroq, Kettelning aytishicha, shaxsni tashkil qiluvclii asosiy elementlar batareya testlari hamda ma’lumotlarni qayta ishlash orqali namoyon qilinadi.
Shunday qilib, Ayzenk nazariyasi Kettelnikiga qaraganda ancha shafqatsiz yondashuvga ega. Ketteldan farqli o’laroq, Ayzenkning ta’kidlashicha, shaxs xulq-atvori namoyon bolishini tushuntirish uchun uchta super belgi (u bularni tiplar deb ataydi) zarurdir. Esingizda bo‘lsa, Kettel shaxs strukturasini tashkil qiluvchi 16 ta belgi yoki faktorni belgilagan edi. Va nihoyat, Ayzenk individ rivojlanishida asosiy e’tiborni genetik omillarga qaratadi. Bu bilan, Ayzenk tashqi muhit ta’sirini inkor qilmagan, balki shaxs xususiyatlari va tiplari avvalo, irsiyatga aloqador ekanligini ko‘rsatmoqchi bo’lgan. Hozirgi paytgacha, genetikaning shaxs xulq- atvoriga qay darajada ta’sir etishi aniqlanmagan bo‘lsa-da, ko‘p psixologlar bu borada Ayzenkning fikrlariga qo‘shilishadi.
Ayzenk nazariyasining mohiyati shundan iboratki, shaxs elementlari ierarxik joylashishi mumkin. Uning sxemasida ekstraversiya singari ma’lum bir shaxs xususiyatlari yoki tiplari keltirilgan bo’lib, ular xulq-atvorga kuchli ta’sir ko'rsatadi. o‘z navbatida, har bir keltirilgan superbelgilar bir qancha tarkibiy belgilardan tashkil topganini ko'rsatgan. Bu tarkibiy belgilar asosiy tipining yuzaki aksi bo‘lishi yoki bo‘lmasam, shu tipga tegishli o‘ziga xos xususiyat sifatida ko‘riIishi mumkin. Va nihoyat, belgilar ko‘p sonli odatiy reaksiyalardan tarkib topgan bo‘lib, ular o‘z navbatida, ko‘plab o‘ziga xos reaksiyalardan shakllanadi.
Misol uchun, biron shaxsni kuzatadigan bo'lsak, agar u boshqa bir inson bilan iliq yuz va samimiy tabassum bilan qo‘l uzatib ko‘rishsa va bu holat har safar kim bilandur uchrashganda sodir bo‘laversa, bu uning odatiy reaksiyasi hisoblanadi.
Ushbu odatiy reaksiya boshqa odatiy reaksiyalar bilan bogMiq bo‘lishi mumkin. Bularga misol qilib, boshqa odamlar bilan suhbatlashish, turli bazmlarga borishni yoqtirish va hakazolarni aytish mumkin. Bu odatiy reaksiyalar guruhi kirishimliIlk xususiyatini shakllantiradi. KirishimliJik bosqichida aktiv va o'ziga ishongan hatti- harakat asosiy hisoblanadi. Umurniy holatda bu xususiyatlar superbelgi yoki tipni tashkil qiladi. Ayzenk uni ekstraversiya deb ataydi. Shaxsning asosiy tiplari Ayzenk insonlar haqida ma’lumotlar olish uchun o‘z-o‘zini kuzatish, ekspert baholash, biogiatik ma’lumotlar tahlili, fizik va fiziologik parametrlar, shuningdek, obyektiv psixologik testlar singari ko‘plab metodlardan foydalangan. Olingan ma’luimotlar shaxs struktiirasini aniqlash uchun faktorli analizda qo’llanilgan. O‘zining dastlabki tadqiqotlarida Ayzenk ikki asosiy tipni ajratgan - introversiya/ekstraversiya va neyrotizni/ barqarorlik (ba’zi holatlarda bu faktor beqaroriik/barqarorlik deb ham ataladi).
Shaxsning bu ikki olchovi ortogonal bo’lib, ular statistik jihatdan bir-biriga bogliq emas. Shunga muvofiq, insonlarni to‘rt guruhga ajratish mumkin. Bunda shaxs o‘zida yuqori yo quyi diapazondagi bir tip bilan yuqori yo quyi diapazondagi ikkinchi bir tip kombinatsiyasini namoyon etadi.
Jadvalda ko'rsatilishicha, har qavsi tip bilan shaxs belgilarini izohlaydigan nomlar birlashtiriladi. Bu 4 guruhni korib chiqishda 2 ta narsani inobatga olish kerak.
Birinchidan, ikkala masofa (diapazon) tiplari me’yoriy taqsimotga ega, uzluksiz hisoblanadi va keng individual farqlar spektrini ko‘rib chiqadi.
Ikkinchidan, har bir tipga mos belgi ta’rifi boshqa hodisalami o‘z ichiga oladi. Ko‘plab odamlar o'lta nuqtaga yaqin bolishga moyil- ikkala tip masofalarida - va shuning uchun jadvaldagi kabi ekstremal tavsifga uncha ega bo’lishmaydi. Ayzenk tomonidan ikki mustaqil parametrlar asosida shaxslaming to‘rt kategoriyasi ta'rifi: Har bir kategoriya o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, introversiya va ekstraversiyaning yuqori va quyi darajasi hamda barqarorlik va neyrotizmning yuqori yoki quyi darajasi kombinatsiyasi natijasi hisoblanadi.
3-jadval





Download 77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling