Psixologiyaning tadqiqot metodlari va


Shakllantiruvchi (ta’limiy) tajriba


Download 468.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana23.01.2023
Hajmi468.08 Kb.
#1111764
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3 Mavzu Psixologiyaning tatqiqot metodlari va tarmoqlari Ma\'ruza (1)

Shakllantiruvchi (ta’limiy) tajriba – psixik jarayon, shaxs holati yoki sifatini 
tadqiq etish va shakllantirish metodi. Masalan, bolalarda ma’lum sinf masalalarini 
echa olish qobiliyatini shakllantirish. Sinaluvchilar tegishli masalalar bilan 
tanishtirilib, ularni echish tartibi tushuntiriladi. So‘ngra ularga zarur malaka va 
ko‘nikmalarni orttirishga ko‘mak beriladi. Tajriba yakunida olingan natijalar 
baholanadi. 
Dala tajribasi o‘z xususiyati bilan laboratoriyadagi bilan o‘xshashdir, faqat u 
insonning real hayotidagi voqelikda o‘tkazilishi bilan farq qiladi. Masalan, oliy 
o‘quv yurtida ta’limning yangi dasturini kiritish bo‘yicha tajriba olib boriladi, 
buning ustiga, dastur o‘quv jarayoniga real tartibda kiritiladi. Tadqiqotchilarni 
tajriba natijasida talabalar bilimining yaxshilanashi yoki ularning avvalgidek 
saqlanib qolishi qiziqtiradi. Buning uchun ular tajribagacha va tajribadan so‘ng 
talabalar bilimini tekshiruvdan o‘tkazadilar va tajribaning samaradorligi yuzasidan 
xulosa yasaydilar. 
Qayd etish tajribasi  deb, vazifasi ma’lumotlarni oddiy ravishda qayd etish va 
ta’riflash, ya’ni, jarayonga tadqiqotchi tomonidan faol aralashuvsiz haqiqatda ro‘y 
beradigan voqelarni qayd etishdan iborat bo‘lgan tajribaga aytiladi. Qayd etish 
tajribasi tabiiy tajribadan vazifalarning real holati oddiy qayd etilishi va olingan 
natijalar o‘zaro tajribagacha va tajribadan so‘ng solishtirilmasligi bilan farq qiladi. 


Masalan, bolalarda xotiraning rivojlanish darajasini aniqlash. Sinaluvchilarga 
materialni eslab qolish va namoyish qilishga doir vazifalar qatori taklif etiladi. 
Ularni bajarish natijalariga ko‘ra, xotiraning rivojlanganlik darajasi aniqlanadi. 
Assotsiativ tajriba – K.G. YUng, M. Vertgeymer va D. Klyayn tomonidan bir 
vaqtda taklif etilgan va shaxs motivatsiyasini tadqiq etishga mo‘ljallangan 
loyihalash metodi. Bu metodda sinaluvchiga rag‘bat so‘zlar to‘plamiga javoban 
miyaga kelgan so‘zlarni iloji boricha tez aytish taklif etiladi. Bunda yuzaga kelgan 
tasavvurlar rag‘bat-so‘z va sinaluvchining javobi o‘rtasidagi bir xil tasavvurlarning 
turi, qaytarilishi, vaqtiga ko‘ra qayd etiladi. 
S.L. Rubinshteyn tajribaning to‘rt xil o‘ziga xos xususiyatiga ta’rif bergan edi. 
Birinchidan, tajribada kuzatuvchi vaziyatga faol aralasha olmaydigan kuzatishdan 
farqli ravishda tadqiqotchining o‘zi o‘rganayotgan hodisani yuzaga keltiradi. 
Ikkinchidan, tadqiqotchi o‘rganilayotgan jarayonning kechishi va ifodalanishi 
sharoitlarini o‘zgartirishi mumkin. Uchinchidan, tajribada o‘rganilayotgan jarayonni 
aniqlash uchun qonuniyatli aloqalarni o‘rnatish maqsadida, alohida sharoitlarni 
o‘zgarishli tarzda istisno qilish imkoni mavjud. Va, nihoyat, to‘rtinchidan, 
tadqiqotchi olingan ma’lumotlarning matematik qayta ishlanishini qo‘llagan holda 
sharoitlarning miqdoriy nisbatlarini ham o‘zgartirishi mumkin. 
Tajriba metodining muhim afzalligi shundan iboratki, bunda tadqiqotchi 
sustkashlikka yo‘l qo‘ymay, uni qiziqtiruvchi psixik hodisaning yuzaga kelishini 
kutib o‘tirmasligi lozim. Tajribada tadqiqotchi sharoitlarni o‘zi yaratganligi uchun 
bu sharoitlarni, hamda, ularning sinaluvchiga ko‘rsatadigan ta’sirini ham 
to‘laligicha hisobga olish imkoniyati tug‘iladi. Sharoitlarning tadqiqotchi tomonidan 
yaratilishi ularni bir necha marta takrorlash imkonini beradi. Bunday takrorlash, bir 
tomondan, olingan natijalarning ob’ektiv tasdiqlanishi bo‘lib xizmat qilsa, ikkinchi 
tomondan, ma’lumotlar to‘planishi va ularni miqdoriy baholash imkoniyatlarini 
ochib beradi. 
Shu bilan birga, tajriba metodining salbiy tomoni uni qo‘llashdagi maxsus 
yaratilgan sharoitlar o‘rganilayotgan psixik holatning tabiiy kechishini izdan 
chiqarishi mumkinligidan iborat (tajriba sharoitlari hayajon, qo‘rquv, o‘zining 
ijobiy tomonlarini ko‘rsatishga intilishni keltirib chiqarishi mumkin), bu esa o‘z 
navbatida olingan ma’lumotlarning buzib ko‘rsatilishiga olib keladi. 
Keyingi yillarda psixologik tashhislash metodlari, test sinovlari keng 
ko‘lamda olib borilmoqda. 
Psixologiyaning ob’ektiv metodlariga, shuningdek, psixologik tashhislash
aniq shaxs, odamlar guruhi, u yoki bu psixik vazifaning holatlari, xususiyatlarini 
baholash yoki aniqlash maqsadida qo‘llaniladigan test sinovlari ham kiradi. 


Test deb, bir xil shaklda tuzilgan, qisqa, vaqt bo‘yicha chegaralangan, miqdoriy 
kattalik bilan ifodalangan individual tafovutlarni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan 
psixologik tashhislash sinoviga aytiladi. Testlar yordamida odamlarni o‘zaro bir-biri 
bilan solishtirgan holda o‘rganish, ular psixologiyasi va hulq-atvoriga baho berish 
mumkin. Test sinaluvchining o‘zini tutishini belgilovchi qat’iy qoida bo‘yicha 
sinaluvchilar bajarishi zarur bo‘lgan vazifalar to‘rlamidan iborat. Testlarning 
bajarilishi javoblarning to‘g‘riligi mezoni bo‘yicha baholanadi. To‘g‘ri bajarilgan 
vazifalar uchun ballar belgilab qo‘yilgan. Testning rag‘bat materiali barcha 
sinaluvchilar tomonidan bir xilda qabul qilinishi kerak. 
Testlarga berilgan javoblarni ishlab chiqishning ma’nosi shundan iboratki, 
olingan ma’lumotlar kalit yordamida baholashning ma’lum ko‘rsatkichlari, masalan, 
shaxsning xususiyatlari bilan solishtiriladi. Aniqlashning so‘nggi natijalari test 
ko‘rsatkichlarida o‘z ifodasini topadi. Ularning tashhislashdagi ahamiyati, odatda, 
ko‘p sonli sinaluvchilarda statistik hisoblash yo‘li bilan olingan ko‘rsatkichlar bilan 
qiyoslash orqali aniqlanadi. 
Testlar bir necha mezonlarga ko‘ra tasniflanadi. Maqsadga ko‘ra, tanlash, 
ajratish, tasniflash teslariga bo‘linadi. Mazmuniga ko‘ra,: a) umumiy qobiliyatlar 
uchun (intellektual va kreativ); b) maxsus qobiliyatlar: shaxs testlari, yutuqlarga 
erishish testlari, mezonli-yo‘naltirilgan testlarga ajratiladi. SHakliga ko‘ra testlar 
individual va guruhli bo‘lib, quyidagi turlarga bo‘linadi: 
- verbal va noverbal (taqdim etilgan vazifalarning shakliga ko‘ra); 
- blankli testlar («qalam va qog‘ozli») – sinaluvchiga taqdim etilish shakliga 
ko‘ra; 
- asbobli testlar (maxsus asboblar yordamida); 
- kompyuter testlari. 
Texnika 
usullari 
nuqtai 
nazaridan 
testlar to‘rt turga bo‘linadi: 
1) 

Download 468.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling