Psixologiyasi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
Nikohgacha tanishish shartlari va muddatlari
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B
Nikohgacha tanishish shartlari va muddatlari
N ikoh oldi omillari klassifikatsiyasida qayd etib o'tilgan omillardan yana biri yoshlarning oila qurgun- lariga qadar bir-birlarini qancha vaqt bilganliklari, ular qanday sharoitlar va shartlarga ko‘ra tanishib oila qu- rishlaridir. Bu omillar nikoh mustahkamligiga qanday ta ’sir ko‘rsatishi mumkin? Albatta, oila qurishdan oldin bo‘lajak er-xotinlar bir- birlarini m a’lum bir muddat bo‘lajak er yoki xotin sifatida bilib yursalar, bir-birlarining shaxsiy xususiyatlari, indivi dual sifatlari, qiziqishlari, dunyoqarashlari, shaxsiy yo‘nalganliklari haqida adekvatroq tasaw ur va m a’lumot- larga ega bo‘lsalar, bu tasaw ur va m a’lumotlar ularga bir- galikdagi hayotlarida bir-birlarini tushunib, bir-birlariga moslashib ketishlariga yordam berishi mumkin. Hozirgi yoshlarimizga juda yaxshi m a’lumki, oila kodeksiga binoan, nikohdan o'tish uchun ariza bergan- laridan so‘ng bir oy (aniqrog‘i 33 kun) muhlat beriladi. Mabodo, shu fursat mobaynida ular o ‘z niyatlaridan qaytib qolgudek bo‘lsalar, ularning talabi qondirilib, ko‘zda tutilgandek, nikoh qayd qilinmaydi. Hech bir yashiradigan joyi yo‘qki, respublikamizda istiqomat qi- layotgan yoshlarning hammasi ham nikohdan o ‘tishga oid mavjud qonun-qoidalardan yetarh darajada xabar- dor emaslar va ayrim hududlarda hamma vaqt ham bu qoidalarga amal qilinavermaydi. Lekin yoshlarimiz ayniqsa, Siz — o ‘quvchi yoshlarimizga nikoh-oila munosabatlarining qonuniy jihatlaridan ham xabardor bo‘lib qo‘yish foydadan holi emas. 106 Xo‘sh, shu fuqarolik holatini qayd etish bo‘limlari tomonidan berilgan 33 kun muhlat yoshlarimizning bir- birlarini mumkin qadar bilib olishlari uchun yetarlimi? Bo‘lajak er-xotinlar bir-birlarini t o l a bilib olishlari uchun qancha vaqt kerak? Bu yerda gap biror-bir buyumni, texnika yoki kompyuterni emas, odamni bilish haqida ketayapti. Psixologlarning ta ’kidlashicha, odam bu eng murakkab bilish ob’ektidir. Uni hech qachon va hech kim mutloq va batafsil bila olmaydi. Chunki u har kuni rivojlanishda, shakllanishda, o ‘sishda, o ‘zgarishda b o ‘lgan murakkab biologik, fiziologik, psixologik, ijtimoiy psixologik, ijti moiy jarayonlar, holatlar, xususiyatlar majmuini o‘zida mujassamlashtiigan eng oliy va shu bilan birga eng mu rakkab mavjudoddir. Uning sir-sinoatlari koinot sir-asror- laridan ortiq b o ‘lsa ortiqki, aslo kam emas. Shuning uchun bir yil, o ‘n yil birga o‘qigan yoki bolalikdan birga o‘sgan biron-bir o‘rtog‘ingizning xulqida, xatti-harakati- da kuzatiladigan ayrim holatlar hozirgacha ham Sizni hayron qoldirishi yoki odamlar bir umr birga yashab bir- birlarida kutilmagan holatlami, xulq-atvor ifodalanishini ko‘rishi mumkin. Bulardan ko‘rinib turibdiki, odamni to ‘la-to‘kis bilib bolm aydi. Lekin birga turm ush qurib, yaxshi yashab ketish uchun lozim b o ‘Igan m inimum bilimlarga ega bo‘lish uchun bolajak turmush o‘rtoqlar bir-birlarini qan cha vaqt bilishlari kerak? K o‘pchilikda «qancha ko‘p bo ‘lsa shuncha yaxshi-da», degan javob xayolga kelishi mumkin. Haqiqatan ham, nikohgacha tanishish mudda- tining qisqaligi — maqsadga muvofiq emas. Bizning o‘tkazgan tadqiqotlarimiz oila qurgunga qadar bir-birla rini bir oy va undan kam vaqt bilgan er-xotinlar miqdori ajrashib ketgan er-xotinlar orasida ko‘pchilikni tashkil qi- lishini ko‘rsatdi. Shuningdek, bir-birlarini oila qurgunga qadar 5—10 yil va undan ko‘p vaqt bilishlari ham bo‘lajak er-xotinlarga bir-birlariga nisbatan hissiylikning o lm as- lashib qolishiga oUb kelishi ham mumkin ekan. Psixologik adabiyotlarda bolajak er-xotin sifatida bir-birlarini yarim yildan bir yilgacha bilish eng maqbul muddat deb ko‘rsatiladi. Bu vaqtda yigit-qizlar bir-bir- lari haqida nisbatan bilish mumkin bolgan bilimlar, m a’lum otlar minimumiga ega bolishga ulgurishlari 107 mumkin. Albatta bu vaqtni ham ideal vaqt deb hisoblab bo'lmaydi. Bu yerda muhimi yoshlar bir-birlarini qan day jadallikda, qanday maqsadda, qanday vosita, usullar yordamida va qanday «ko‘z» bilan o ‘rganishligidadir. M a’lumki, sevishganlar nafaqat bir-birlariga, hatto olamga ham «rangin ko‘zgu» orqali qaraydilar. Sevik- lisining hatto kamchiliklari, nuqsonlarini ham fazilat deb qabul qiladilar. To‘ydan keyin esa hatto ayrim fazilatlar ham kamchilikdek ko‘rinadi. Shuning uchun yoshlarimiz bir-birlariga (ayniqsa, kamchiliklariga) to'ydan oldin ikkala ko’zlari bilan, to ‘ydan keyin esa yarimta ko‘z bilan qarashlari lozim. Ya’ni to ‘ydan oldin bir-birlarini yaxshi lab, sinchiklab o‘rganishga va to ‘ydan keyin ayrim kam chiliklariga ham e ’tibor bermaslikka odatlanishlari lozim. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling