Psixologiyasi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B
- Bu sahifa navigatsiya:
- PSIXOLOGIYaSI Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oquvchilari uchun Professor G’.B.SHOUMAROV tahriri ostida
- A b d u tla yeva D .U ., Ism oilova N .Z ., Y oldoshev A., N iy a zm e to v a G., Sogin ov N . A ., S olih ova G., S h ou m arov G ‘.B.
- Vasila K arim ova — p six o lo g iy a fanlari dok tori, professor. Oila psixologiyasi
- Sari, oldida: O liy va o ‘rta m axsus ta ’lim vazirligi Orta m axsus, kasb- hunar ta ’lim m arkazi. Y U N E S K O va Y U N F P A . R esp ub lik a «O ila»
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O’RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIM MARKAZ1 YUNESKO va YUNFPA Respublika «Oila» ilmiy-amaliy Markazi OILA PSIXOLOGIYaSI Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun Professor G’.B.SHOUMAROV tahriri ostida TOSHK.ENT - 2003 «SHARQ» NASHR1YOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI 0 - 3 8 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta ’limi markazi tomonidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari uchun o‘quv qo’Ilanma sifatida tavsiya etilgan. A b d u tla yeva D .U ., Ism oilova N .Z ., Y o'ldoshev A., N iy a zm e to v a G., Sog'in ov N . A ., S olih ova G., S h ou m arov G ‘.B. M u h a m m a d D avletshin — p sixologiya fanlari d ok tori, professor, O 'zb ek iston d a xizm at k o ’rsatgan fan arbobi. Vasila K arim ova — p six o lo g iy a fanlari dok tori, professor. Oila psixologiyasi: Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun /G ‘. B. Shoumarov tahriri os- tida./ - Т.: «Sharq», 2003. - 272 b. Sari, oldida: O liy va o ‘rta m axsus ta ’lim vazirligi O'rta m axsus, kasb- hunar ta ’lim m arkazi. Y U N E S K O va Y U N F P A . R esp ub lik a «O ila» ilm iy -a m a liy m arkazi. M u a 11 i f 1 a r: T a q r i z c h i l a r : BBK 88.5ya723 © «Sharq» n a sh riy o t-m a tb a a aksiyadorlik kom paniyasi Bosh tah ririy ati, 2001 yil © «Sharq» n a sh riy o t-m a tb a a aksiyadorlik kom paniyasi B osh tah ririy ati, 2003 yil KIRISh Qadrli o ‘quvchilar, aziz yoshlar, qo ‘lingizdagi «Oila psixologiyasi» o ‘quv qo‘llanmasi 0 ‘zbekistonda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining oila munosabatlari va masalalariga bag ‘ishlangan ilk nishona «mevalari»dan biri bo ‘lib, и Sizni ulkan oilaviy hayot «ummoni»da suza- yotgan «Oila» kemangizni suv osti toshlaridan, yo ‘lingizda uchrashi mumkin bo ‘Igan «aysberg»lardan, hayot okeani- da vaqti-vaqti bilan sodir bo ‘lib turishi muqarrar bo ‘Igan to fonlardan maxsus bilim va malaka tufayli saqlanishga, kema a ’zolaringizni ro ‘y berishi mumkin bo‘Igan oilaviy talofotlardan saqlashga xizmat qiluvchi m a ’lumotlarni о ‘zida mujassamlashtirgan. Inson bolasi dunyoga kelar ekan, и mustaqil harakatlanish, yurish, o ‘qish, yozJshdan boshlab tabiat va jamiyatning barcha murakkab qonunlari bilan yuz- ma-yuz kelganda nimalar qilish kerakligiga o ‘rgatiladi yoki bunga maxsus o ‘qitiladi. Shu bilan birga umri- mizning yarmidan k o ‘pini qamrab oladigan, hayotda chinakam, to'laqonli insoniy baxtni in ’от etadigan yoki aksincha har tomonlama ta ’minlanganligimizga qara- masdan bizning baxtimizni yarimta qiladigan oilaviy hayotdir. Afsuski, yoshlami ana shu murakkab oilaviy hayot jarayoniga tayyorlash bizning davrimizgacha stixiyali ravishda olib boriladi. Ya ’ni bu masala shu vaqtgacha jamiyatda o ‘z holiga tashlab qo‘yilgan edi. Sobiq Ittifoq davrining so‘nggi bosqichlarida yoshlami oilaviy hayotga maxsus tayyorlashga dastlabki urinish ham muvaffaqiyatsiz tugadi. Chunki и vaqtlarda masala- ga ilmiy yondashilmagan, jumladan har bir xalqning о ‘zi- ga xos etnopsixologik xususiyatlari hisobga olinmagan, no- mi psixologiya bo ‘Isada, mazmunan pedagogikaga yaqin turgan qo ‘llanmalar bilan о ‘qitilgan edi. О ‘z.bekistonning mustaqilligi va Prezidentimizning dono siyosati tufayli Respublikada oila muammolari davlat axamiyatiga molik bo‘lgan masalalar qatoridan rasmiy ravishda о ‘rin oldi. 1998-yilni «Oila yili» deb e ’lon qilinishi, «Oila» ilmiy-amaliy markazining tashkil etilishi, Respublikada oila manfaatiga qaratilgan maxsus Davlat dasturining qabul qilinishi, uning mantiqiy davomi sifatida 1999- yilni «Ayollar yili», 2000-yilni «Sog‘lom avlod yili» deb e ’lon qilinishi, viloyatlarda oilaga xizmat qiluvchi turli maslahatxonalaming tashkil etilishi, oila muammolarini ilmiy tadqiq etish maqsadida 0 ‘zbekiston tarixida bi- rinchi bor oila psixologiyasi muammolari bo ‘yicha tadqiqotlar olib boradigan ilmiy kadrlarni tayyorlash maqsadida aspirantura tashkil etilib, ularga aspirant- laming qabul qilinishi yuqoridagi flkrimizning dalilidir. Mazkur о ‘quv qo ‘llanma akademik litsey va kasb-hu nar kollejlarining о ‘quvchilariga m o ‘ljallab, ilk bor yaratilgan sinov darsligi bo ‘lib, и shu mavzudagi boshqa a n ’anaviy darsliklardan birmuncha farq qiladi. Uning farqli jihati shundan iboratki, unda oila psixologiyasi y o ‘nalishida 0 ‘zbekistonda o ‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot natijalari (F.B.Shoumarov, N .A.Sog‘inov, E.Usmonov, X.Karimov, B.Umarov, F.Akramova, R.Samarov, М. О ‘tepbergenov, Yo. Nu ’monova, Sh. Jo ‘raeva, G. Niyoz- metova, F.Ro ‘ziqulov, DAbdullaeva, N.Ismoilova, G.So- lihova, R.Dushanov, M.Nazarova va boshqalar)dan foydalanilgan holda oilaning etnopsixologik va ijtimoiy- psixologik xususiyatlarini batafsil va atroflicha ifodalashga urinildi. Oila psixologiyasini ilmiy jihatdan har tomonlama toiiq ifodalashga harakat qilindi. Shu jumladan, ilgari an ’anaviy tarzda chetlab о ‘tiladigan, ammo yoshlar uchun nihoyatda zarur bo‘lgan, jinsiy hayot masalalari bo ‘yicha ham ilmiy tushunchalar va zarur m a ’lumotlar berildi. Siz o ‘quvchilar diqqatini toliqtirmaslik va m a ’lumot- lam i idrok qilishni osonlashtirish maqsadida mazkur o ‘quv qo‘llanmada hajviy rasmlar, hikmatlar va fikrlar berilgan. 0 ‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undovchi, ijodiy tafakkurini o ‘stiruvchi hajviy aforizmlardan keng foy- dalanildi. Bu o ‘zbek xalqining milliy psixologiyasiga mos bo‘lib, serqirra va murakkab oilaviy hayotga falsafiy hamda hajviy k o ‘z bilan qarashga, tanqidiy va tahliliy fikrlashga, hayotiy qiyinchiliklami yumor bilan yengishga о ‘rgatadi. Ayrim boblami bayon etishda dialogik /savol-javob/ uslubi qo‘llanildi. Fikrimizcha bu qo ‘llanmadagi material- lami samarali о ‘zlashtirishga imkon beradi. Mazkur qo ‘llanma YUNESKO, YUNPFA, Respublika «Oila» ilmiy-amaliy Markazi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Xalq T a ’limi vazirligi xodimlari va respublikamizning yetakchi psixologlari, ilg‘or amaliyotchi o ‘qituvchilar, oilashunos mutaxassislar tomonidan yaratildi. Qo‘llan- maning IX bobida berilgan kontratseptiv vositalar haqida- gi materiallar A. B. Yorqulov tahriri ostida chop ettirilgan maxsus adabiyotdan olindi. Bu tarzdagi о ‘quv qo ‘llanma birinchi bor yaratilganli- gini, и loyiha sifatida bir о ‘quv yili davomida sinovdan о ‘tishini hisobga olib, har bir yangi ishda muqarrar ra~ vishda bo ‘ladigan kamchiliklar uchun mualliflar kitob- xondan uzr so ‘rab, uning takomillashgan variantini tayyorlash maqsadida Siz, azizlaming qimmatli maslahat- laringizhi, fik r va mulohazalaringizni minnatdorchilik bi lan kutadi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling