Psixologiyasi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B
m e ’y o r la r
bilan boshqarilmasada bir-birlarini shahvoniy m a’qul ko‘radigan juftlardan iborat unchalik katta bo'lmagan guruhlar tashkil topa boshlaydi. Shunday qilib, est- rusning uzayishi hamma uchun ham qulay, m a’qul bo‘lmagan. Bu esa urug‘ tarkibiga kiruvchi erkaklar o ‘rtasida yana janjallar, qon to ‘kilishlarga sabab bo‘ladi- gan holatlarni keltirib chiqargan. Odamlar jamoasi xo‘jalik faoliyatining jiddiy buzilishi, urug‘ning yashab qolishi uchun xavfning ro ‘yobga chiqishiga olib keldi. Shu tarzda yuzaga kelayotgan jamiyatda, urug‘ ichidagi jinsiy muloqotni boshqarish, biologik instinkt, zoologik 14 individualizmni jilovlash uchun maxsus ijtimoiy me’yor- lar shakllana boshladi. Ana shunday ijtimoiy me’yorlar- dan biri mazkur urug‘ ichida erkak va ayollarning jinsiy muloqotlarini m a’lum bir muddatga (ovga tayyorlanish, ov vaqtlarida) taqiqlovchi jinsiy tabular (ta’qiqlash)ning yuzaga kela boshlaganligidir. Tabu — axloqiy me’yorlarga qaraganda ancha jiddiy va qattiq ta’qiqdir. Axloqiy me’yorlarni buzuvchilarni jamoa jazolashi, uni yo‘q qilib yuborishi ham yoki kechirib tirik qoldirishi ham mumkin bo'lgan. Ko‘pin- cha esa tabularni buzganlar, ular buni bilib qilganmi, yoki bilmaymi bundan qat’iy nazar, so‘zsiz jazolangan, yo‘q qilib yuborilgan. Ishlab chiqarishdagi jinsiy tabulaming yuzaga ke lishi urug£ o ‘rtasida erkak va ayolni maishiy ajratib qo'yish bilan kuzatiladi. Tabu vaqtida erkaklarning nafaqat ayollarga teginishi, balki ularga qarashi, ular bi lan gaplashishi, ular tayyorlagan ovqatni iste’mol qilishi, hatto ular bilan bir tom ostida ya’ni «bir uyda» bo‘lishi ta ’qiqlangan. Dehqonchilikning yuzaga kelishi, mavsumiy dala ishlarining ortib borishi bilan jinsiy tabulardan xoli vaqtlar borgan sari kam muddatli bo‘lib boravergan. Erkaklarda ham, ayollarda ham jinsiy zo‘riqishning jadalligi ortib borgan. Shuning uchun tabulardan xoli qolgan vaqt oralig‘i o‘ziga xos shahvoniy ayshu ishrat- larga aylana borgan. Atoqli psixolog Z.Freyd bu davmi o ‘z navbatida bayramlarga qiyoslagan. Chunki aksariyat bayramlarda, boshqa kunlari taqiqlangan deyarli barcha narsaga ruxsat beriladi. Bu bayramlar hech nima bilan cheklan- magan, jo'shqin jinsiy muloqotlar amalga oshirilgan. Shunday qilib qisqa muddatli estrus yuzaga kelgan, biroq endi bu estrus biologik sabablar bilan emas, ijti moiy sabablar bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu vaqtlarda hali na nikoh va na oila mavjud bo‘lgan. 0 ‘z navbatida tabular keyinchalik nikohning ilk turlaridan bo‘lmish ekzoaam nikohlarni yuzaga kelti- radi (ekzogam nikoh — urug‘lararo, qabilalararo nikoh). Chunki tabular faqat o‘z urug‘i uchungina taalluqli bo‘lib, unda qon-qarindoshlar o‘rtasida jinsiy muloqot ta’qiqlangan, boshqa qabila yoki urug‘ a’zolariga esa 15 taalluqli bo‘lmagan. Shuning uchun erkakiarga qaer- dadir, ovloq joyda boshqa urug‘ga mansub bo‘lgan ayol ni uchratib qolib undan shahvoniy ob’ekt sifatida foy- dalanishi mumkin bo‘lgan. Mabodo erkaklar uzoq mud- dat qishloq xo’jalik ishlari bilan band bo‘lgan vaqtlarida biron bir begona erkak bilan ayollar ham bu ishni qi- lishgan. Tabu davom etayotgan davrda bir urug‘ erkagi o‘z ayollaridan uzoqda, o ‘z kulbasida boshqa urug‘ga mansub ayolni saqlashi mumkin bo‘lgan. Keyinchalik bu tasodifiy aloqalar qabila qoidalarida odatiy, zaruriy, ko‘zda tutilgan odatlarga aylanib bordi. Bu o’rinda odamlarga, bu «boshqa urug‘dagilar» bilan bo‘lgan aloqalardan tug'ilgan nasllar nisbatan bo‘ydor, baquwat, abjir ekanligi sezilib bordi. Bu aynan hozirgi zamon odami gomosapiens shakllana boshlagan davrga to ‘g‘ri keladi. Shunday qilib endogamiya (faqat bir urug‘ vakillari o'rtasidagi jinsiy aloqa)dan, agomiya, ya’ni jinsiy munosabatlarning vaqtinchalik ta ’qiqlanishi orqali ek- zogamiva (turli qabila vakillari o‘rtasidagi muntazam jinsiy aloqa) yuzaga keldi. Bundan nikohning guruhli nikoh (dualno rodovoy) turi yuzaga kelgan. Guruhli nikohda bir urug‘ erkaklari boshqa urug‘ning barcha ayollari uchun er va aksincha, ikkinchi urug‘ning erkaklari birinchi urug‘ ayollarining erlari hisoblangan. Guruhli nikohning yuzaga kelishi nikoh juftlari doirasini m a’lum bir guruh a’zolari bilangina chega- ralab, birmuncha qisqartiradi. Bunday hollarda boshqa urug‘dagi «erkak» bu qabi- laga faqat bitta maqsadda, «nikoh» maqsadidagina ke- lar edi, o ’zlari esa ona oilalarida yashardi va ishlashar- di, ular o ’zlarining «xotin»lari yashaydigan oilada hech qanday huquqqa ega emas edilar. Guruhli nikoh ikki urug‘ning nikoh aloqalaridan iborat bo‘lgan — nikoh munosabatlarining birinchi shakli bo‘lgan. Albatta bunday urug'larni hali moddiy ne’matlar ishlab chiqish emas, balki bolalarni dunyoga keltirishgina bog‘lab turgan. Ishlab chiqarish va bo lalarni dunyoga keltirish munosabatlari bir-biridan ajra- tib qo’yilgan edi. Jinsiy aloqalar esa faqat bir-birlari bi lan mulkiy ishlab chiqarish ishlari bilan boglanmagan odamlar o ‘rtasidagina mavjud bo'lgan. 16 Guruhli nikoh shaxsiy nikoh boim agan, ya’ni unda biron bir doimiy «ег-xotinlik» juftlari mavjud bo'lma- gan. Har bir ayolning nikoh jufti aynan kim bo‘lishi urug' tomonidan belgilanmagan, bu faqat odamlarning xolis xohishlari, istaklarining namoyon bo‘lishi bo‘lgan xolos. Urug' faqat zo‘ravonlik, majburlash hollari kuzatilgandagina aralashishi mumkin bo'lgan, ya’ni har bir individga o‘zi qanday xohlasa, shunday yo‘l tutish huquqi ta ’minlangan. Bunday munosabatlarni hozirgi zamon tili bilan «nikoh», deb atash mushkul, chunki bunday munosabatlar juftlardan na huquq, na majburi- yat va na o'zaro mas’uliyatni talab qilmagan. Shu- ningdek, oila deb atash mumkin bo'lgan, bolalarni bo- qish va tarbiyalash bilan bog'liq bo'lgan alohida bir muhabbat ham bo'Imagan. Tabiiyki, guruhli nikohda u yoki bu bolaning otasi kim ekanligini aniqlash mushkul bo'lgan, shuning uchun bolalaming kelib chiqishi faqat ona tomonidangina hisoblangan. Urug'ning faqat ayolga tegishli tomoni tan olingan. Bolalar faqat o'z onasinigina bilganlar. Ularning singillari, singillarming bolalari, tug'ishgan aka-ukalari va boshqa qarindoshlar ona urug'ini tashkil qilgan. Guruhli nikohning moddiy asosi bo'lib asosan uy xo'jaligini yuritish hisoblangan, chunki bu vaqtga kelib ovchilik hamma vaqt ham urug' ehtiyojini qondira ol- may qolgan. Bu davrda ayol uy xo'jalik ishlari bilan bog'liq bo'lgan barcha ishlarni bajargan va shu bilan bog'liq holda urug' a’zolari o'rtasida o'ziga xos hur matga ega bo'lgan, urug' oqsoqollari kengashida e’ti- borli o'rin egallagan. Matriarxat (onalik) davri bir necha o 'n ming yillar davom etgan. Keyinchalik guruhli nikoh doirasida o'zaro mayllar zaminida yetarlicha doimiy juftlar shakllana boshladi. Bundan paydo bo'lgan juftli nikoh dastawal bir erkak doimo faqat bitta ayol bilan yashashligini bildirmagan. Erkak kishi bir necha ayol bilan bo'lishi mumkin bo'lgan, xuddi shuningdek, ayol ham bir necha erkak bilan muno sabatda bo'lgan. Aniqrog'i, bunday nikohni juftli nikoh emas, balki ibtidoiy-egalitar, ya’ni teng huquqli nikoh deyish to'g'riroq bo'ladi. Tabiiyki, urug'ning bir numcha boobro' a’zolari bir necha ayolga ega bo'hsj^^tW hkitt bo'lgan. Bu davrga kelib ko'p erlilik kam ro^'ijchragan. 17 Bunday juft nikohlar taxminan bundan 25—24 ming yillar muqaddam urug‘ ichida xo‘jalik va iqtisodiy munosabatlarning yangi shakllariga o ‘tish biJan, xususiy mulkchilikning yuzaga kelishi bilan bog‘liq bolgan. Bu yo'lda qo‘yilgan birinchi qadam «sovg'a ayriboshlash» deb atalgan odat bolgan. Dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi bilan urug', qabilaning bir a’zosi mehnatining mahsuldorligi sezilarli darajada origan va bu ortiqcha iste’mol mahsu- lotlarining yuzaga kelishiga olib kelgan. Har bir ishchi o'zi yaratgan mahsulotni qabilaning «umumiy qozoni- ga» tashlaydigan eskicha taqsimot shakli endi ishlab chiqarishni yanada rivojlanishiga to'sqinlik qila boshladi (chunki bu qabilaning порок, dangasa a ’zolarining ham ishlab chiqish faoliyatidan jazosiz qutulib qolishiga olib kelgan). Shuning uchun qabila ortiqcha mahsulotning m a’lum bir qismini qabila mulkiga o ‘zining abjirligi, chaqqonligi, ishlab chiqarish faoliyatida ko'proq mu- vaffaqiyatlarga erishganligi bilan farqlanib turgan a ’zo- lariga «mukofot» tariqasida taqsimlashga ruxsat berish- ga majbur bolgan. Hammaga teng taqsimlash bilan birga asta-sekin odamning imkoniyatiga, uning qabila mulkiga qo'shayotgan ulushi miqdoriga qarab «mehnat haqi» taqsimlana boshlangan. Agar teng taqsimlanishda jamoa mahsulotidan ulush olish «huquqi» mazkur urug'ga taalluqliligiga qarab berilgan bo‘Isa (jamoa mulkiga qancha hissa qo'shgani- dan qat’iy nazar, endi bu «huquq» mahsulot yaratishda- gi ishtirokiga asoslanadigan boldi. Urug‘ning ayrim a ’zolarida ortiqcha mahsulot, shaxsiy mulkning paydo bolishi, oilaning shakllanishi tomon qo‘yilgan yangi qadam bolgan -sovg'a ayri- boshlash»ni yuzaga keltirdi. Erkak kishi boshqa urug'dagi «o‘z ayoliga» o'zining «mukolbtini* sovg'a qilgan, shuningdek ayol ham o'zinikini unga bergan. Toki ular o'rtasida sovg'a ayriboshlash davom elar ekan, erkak bilan ayol o'rtasidagi jinsiy aloqa ham davom etavergan. Sovg'a ayriboshlashning lo'xlalilislu esa ular o'rtasidagi aloqaning ham tugashim biUlirgan. Shunday qilib nikohning yana bir turi individual lull nikoh yuzaga kelgan. Bunda ayolni o'zining qondosh qanndoshltui, ya’ni is o‘z urug‘i erkaklari bilan teng taqsimlash munosabat lari, boshqa urug‘dagi erkaklar bilan esa sovg‘a ayri- boshlash munosabatlari bogiab turgan. Shuni aytib o ‘tish joizki, juftli oilaning yuzaga kelishi, boshidanoq, uni o‘z urug‘iga qarshi qo‘yishni va onalik urug‘i asoslarining buzilishiga olib kelishini bildirgan. Ya’ni erkak kishi o‘z mukofotini boshqa urug‘dagi «o‘z ayoli»va uning bolalariga qanchalik ko‘p bersa, uning o‘z onalik urug‘iga shunchalik kam ulush qolgan. Biroq «er» hali «xotinning» va uning bolalarining yagona boquvchisi bo‘lmagan. Juftli oilalaming yanada asosliroq bo’lishi uchun sovg‘a ayriboshlash noadekvat bo‘lishi kerak edi, ya’ni er xotiniga, xotin eriga berganga qaraganda ko‘proq berishi lozim edi, shunday qilib u (er) xotinning bolalarini boquvchisi bo‘lib qolishi, sovg‘a ayri boshlash munosabatlari boquvchilik munosabatlariga aylanishi lozim edi. Shu bilan birga erkakning xotin va uning bolalari bilan aloqasi muntazam va uzoq muddatli bo‘lib bordi. Nihoyat (dualno rodovoy) qabilalararo nikoh zaminida doimiy o‘rin olgan xo‘jalik birligi — jam oa tashkil topdi, unga erlar o‘z xotinlari va ularning bolalari bilan kirdi. Erkaklar o ‘z singillaridan, ayollar esa mos ravishda o‘z aka-ukalaridan ajralishdi. Yangi iqtisodiy xo‘jalik birligi yoki oilaning yana bir turi — Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling