Psixologiyasi


Download 1.27 Mb.
bet48/78
Sana11.03.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1260068
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78
Bog'liq
Ontogenez psixologiyasi. E. G oziyev

Sh
Biz o‘z tadqiqotimizda umumlashtirishning eng keng tarqalgan uch turi: umumiydan yakkaga, yakkadan umumiyga, yakkadan umumiyga va so‘ngra umumiydan yana yakkaga o‘tish kabi usullar ustida mulohaza yuritib, o‘zbek tili darslarida ularni sinovdan o‘tkazdik.
Birinchi guruh o‘kuvchilarida umumlashtirishning umumiydan yakkaga o‘tish usuli shakllantirildi. O‘qituvchi doskaga ushbu gapni yozdi: "Ravon yo‘llar, baland imoratlar, istirohat bog‘i vahiyobonlar shahrimiz xusniga husn qo‘shmoqda", o‘qituvchi gapni ovoz chiqarib o‘qiydi va predmet nomini biddirgan so‘zlarni gapdan ajratib olib, ularni yonma-yon yozadi. So‘ngra o‘qituvchi predmet nomini anglatib kelgan so‘zlar qaysi so‘roqlarga javob bo‘lishini aytib o‘tadi va ot kategoriyasiga ta’rif beradi: "Predmet nomini bildirib, kim?, nima? so‘rogaga javob bo‘lgan so‘zlar ot deb ataladi". U mazkur tur-kumni aniklab kelgan muhim belgilarni: predmet nomini bildi-rishi va kim?, nima? so‘rog‘iga javob bo‘lishini ko‘rsatadi. Undan so‘ng gapda ishtirok etgan insonga oid nomlarni, jonivorlarning, narsa va jismlarning, voqea-hodisalarning nomlarini, belgi-sifat, harakat-holat nomlarini ajratib tanishtiradi. So‘zlardagi qo‘shimchalar (kelishik, egalik, shaxs), son va tushum, qaratqich kelishiklari differensiasiyasiga to‘xtab o‘tiladi. O‘qituvchi suhbatining oxirida barcha aytilgan so‘zlarni qisqacha xulosalab berishi kerak.
Ikkinchi guruh o‘quvchilarida umumlashtirish yakkadan umumiyga o‘tish usuli shakllantirildi. O‘qituvchi doskaga ushbu gaplarni yozdi: "Vostok" fazo kemasida birinchi bo‘lib kosmosga uchgan inson — Sobiq Ittifoqning fuqarosi Yuriy Alekseyevich Gagarindir. 1991 yilda O‘zbekiston Respublikasi mustaqil deb e’lon qilinishi xalqimizning azaliy ijtimoiy-tarixiy orzusi ushalishidir». So‘ngra u o‘quvchilarga murojaat qiladi: "Gaplarni taqqoslang, predmet nomini bildirgan so‘zlarni topib ayting va ular qaysi so‘z turkumiga xos ekanligini tushuntirib bering". O‘quvchilar o‘qituvchining ozmi-ko‘pmi yordamida predmet nomini bildirgan so‘zlarni sanab o‘tmog‘i, ularning qanday so‘roqqa javob bo‘lishini aniqlamog‘i va "ot" so‘z turkumiga ta’rif bermog‘i lozim. O‘quvchi so‘z turkumini aniqlovchi muhim belgilarni: predmet nomini bildirib, kim? va nima? so‘rog‘iga javob bo‘lishini topishi shart.
Ishning keyingi bosqichida ajratib olingan so‘zlarning qanday qo‘shimchalar bilan kelganligini aytib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, o‘quvchilarga ikkita so‘z birikmasi (maktabning
j
hovlisi; hikoyani tingladik) beriladi. O‘qituvchi bu so‘z birik-malarini taqqoslab, analiz (tahlil) qilishni va tushum, qaratqich kelishiklari differensiasiyasini aytib berishni taklif kiladi. Bu holda o‘quvchi shunday xulosaga kelishi kerakki, agar ot so‘z turkumi ot bilan bog‘lanib kelsa (maktabning hovlisi), qaratqich kelishigi qo‘shimchasi yozilishi hamda ot fe’l bilan (hikoyani ting-ladik) aloqada bo‘lib kelsa, tushum kelishigi qo‘shimchasi qo‘lla-nishi unda o‘z ifodasini topsin.
Uchinchi guruh o‘quvchilarida umumlashtirishning yakkadan umumiyga, so‘ngra umumiydan yana yakkaga o‘tish usuli shakllantirildi. O‘qituvchi doskaga ushbu gapni yozadi: "It bo‘ynini burmasdan g‘alatiroq bukildi, ko‘m-ko‘k och ko‘zlari bilan menga bir qarash qildi-da dumini qisib o‘zini o‘rmonga urdi". O‘quvchi bu gapni mustaqil analiz qilishi (agar ehtiyoj tug‘ilsa, o‘qituvchi yordam berishi maqsadga muvofiqdir), predmet nomini anglatgan so‘zlarni alohida ko‘chirib olishi va qanday so‘roqlarga javob bo‘lishini aniqlamog‘i, ot so‘z turkumiga ta’rif bermog‘i kerak. U otga xos bo‘lgan muhim belgilarni (predmetni bildirib, kim?, nima? so‘rog‘iga javob bo‘lishini) ajratishi lozim. So‘ngra gapdagi insonga oid nomlarni, jonivorlarning, narsa vajismlar hamda voqea-hodisa-larningnomlarini, belgi-sifat, harakat-holat nomlarini bildirgan so‘zlarni bir necha ustunga yozish taklif etiladi. Keyinchalik o‘quvchilardan qo‘shimchalarni aniqlash (shaxs, kelishik, egalik), qaratqich va tushum kelishigi differensiasiyasi to‘g‘risida mulohaza yuritish taklif qilinadi.
O‘quvchi o‘z tashabbusi bilan yoki o‘qituvchi so‘rog‘iga javob berishda yuqoridagi yagona misol asosvda ifodalangan qoidani boshqa bir qancha fanlarga ko‘chirishi lozim. Boshqacha so‘z bilan aytganda, yagona misoldan umumiy qoida chiqariladi. Shu tariqa, o‘quvchilarda yakkadan umumiyga, so‘ngra umumiydan yana yakkaga o‘tish usuli tarkib topadi. Topshiriqning ikkinchi bosqichida o‘quvchiga bir gap topib, uni yuqoridagidek tahlil qilish talab etiladi, qaratqich va tushum kelishigi differensiasiyasiga doir mana bu gap beriladi: havoning harorati kishini kuydiradi.
Umumlashtirish usullarini o‘quvchilarga o‘rgatish o‘zbek tili materiallarini puxta egallashni osonlashtiradi va o‘qitish samaradorligini oshiradi, o‘quvchilarning faolligini, bilishga qiziqish faoliyatini kuchaytiradi va hokazo. Olib borilgan izlanishlarimizning ko‘rsatishiga qaraganda, o‘smir tafakkurini
210
o‘stirishda insho yozish va uni mantiqiy muhokama qilish muhim ahamiyatga ega. Yettinchi sinf o‘quvchisining ijodiy ishidan namuna keltiramiz: "Men Toshkent shahriga yaqin qishloqda istiqomat qilaman. Onam jamoa xo‘jaligida, otam esa kombinatda mehnat qilishadi. Onamlar yetishtirgan noz-ne’matlar xalqimiz dastur-xonini bezatadi. Xalq maqtoviga sazovor bo‘lishdan ham baxtliroq narsa bormi dunyoda, axir?! Ular vaqtli matbuot bilan sinchkov tanishadilar, siyosiy va badiiy jurnallarga obuna bo‘ladilar. Vatan baxt-saodati uchun ter to‘kaman, — deydilar biz bilan suhbatda. Ular o‘zlarining dugonalari bilan erta ketib, kech qaytadilar. Lekin oila g‘amxo‘rligini esdan chiqarmaydilar. Onamlar orden olganlarida uyimizga tabriklash uchun ko‘pgina kishilar kelishdi. Otamlar ikkinchi jahon urushida ishtirok etganlar. Hozirgacha quroldosh do‘stlari bilan xat olishib turadilar. Ularning ko‘ksini 2 ta orden bezab turadi. Suratlari hurmat taxtasidan joy olgan. Bo‘sh vaqt-larida yog‘ochdan o‘ymakar naqshlar yasaydilar. Men ota-onamni behad hurmat qilaman va ular bilan faxrlanaman. Kasbning yomoni bo‘lmaydi, chunki uni sevsangbas, bo‘lgani...".
Inshoni guruh bo‘lib muhokama qilish o‘smirlarni mantiqiy mulohaza yuritishga o‘rgatadi. Masalan: 1) o‘quvchining onasi jamoa xo‘jaligi a’zosi ekanligi va ko‘ksini orden bezab turishi, 2) "Vatan baxt-saodati uchun" ter to‘kishi, 3) jamoa xo‘jaligida baynalminal oilaning yuzaga kelishi, 4) onaning g‘oyaviy-siyosiy ongini o‘stirish uchun tinmay harakat qilishi, 5) farzandda g‘urur tuyg‘usining paydo bo‘lishi, 6) otaning orden sohibi ekanligi va hurmat taxtasidan joy olganligi, 7) Vatan ozodligi uchun frontda jang qilganligi, 8) baynalminal quroldosh do‘stlar aloqasi, 9) bo‘sh vaqtlarda o‘ymakorlik bilan shug‘ullanishi to‘g‘risidagi mulohazalar tafakkur rivoji uchun kuchli ta’sir qiladi.
Endi sakkizinchi sinf o‘quvchisining inshoda ifodalagan fikrlaridan namunalar keltiramiz. "Orzuning cheki yo‘q, deydi xalqimiz. Men bunga to‘la ishonaman. Shu boisdan bo‘lsa kerak, ko‘p kishilarni o‘z idealimdebhisoblayman. Kosmos kahramonlari bilan faxrlanaman. Mehnatsevar sportchilarni yoqgiraman. Kishining salomatligi posbonlariga hurmat bilan qarayman. Dongdor ishchi-xizmatchilarni olqishlayman. Dovyurak Vatan posbonlaridek bo‘lishni orzu qilaman. Mening orzuyim qahramon Sobir Rahimovdek baynalminal, jasur, aql-zakovatli, kamtar kishidek inson bo‘lib voyaga yetishdir. Men ular to‘g‘risida ko‘p materiallar o‘qiyman
211
jismonan toblanaman. Temir irodali Vatanimiz qahramonlari (Ozod Sharafiddinov va boshqalar) men uchun idealdir...".
Inshoni hamkorliqda muhokama qilish ularni milliy-ma’naviy ruhda tarbiyalaydi. Bunda ayniqsa, o‘qituvchining o‘smirlar fikr yuritishiga qaratilgan savollari: "Sobir Rahimovning qaysi xarakter xislatlari barkamol avlod uchun qimmatli?", "Sobir Rahimovning tashkilotchilik va aqliy qobiliyatiga qanday qaraysiz?", "S.Rahimov jasoratining g‘alaba uchun kurashda tutgan o‘rni nimalarda o‘z ifodasini topgan?", "S.Rahimov jasoratining ommaviy tus olishi qanday rol o‘ynadi?" muhim ahamiyat kasb etdi.
Eksperimentlarning birida o‘qituvchi botanika darsida o‘quvchilarga dukkaklilar oilasining umumiy belgilari va ularning yashash sharoiti hamda turi haqida, uning qishloqxo‘jaligida, oziq-ovqat sanoatidagi ahamiyati to‘g‘risida bilim berishga intildi. O‘smirlar fikr yuritish faoliyatini faollashtirish, darsni jonlashtirish maqsadida quyidagi savollar o‘rtaga tashlanadi: 1) Dukkakli o‘simliklar poyasi va barg tuzilishi qanday? 2) Mosh, loviya va no‘xat o‘simliklarining ildiz ko‘rinishi va holati qanday? 3) Boshqa bir yillik o‘simliklardan dukkakli o‘simliklarning qanday farqi bor? 4) Yovvoyi va madaniy dukkakli o‘simliklarga qaysilar kiradi? 5) Yantoqning usti va yer osti qismlari qanday tuzilgan? 6) Quyonsuyak o‘simligi cho‘lda qanday yashashga moslashgan? 7) Dukkaklilarning qanday ahamiyati bor? va boshqalar.
Ayniqsa, o‘quv dasturi materiallarining dunyo voqea va hodisalarining qonuniyati, ularning o‘zaro aloqasi, o‘simlik va hayvonot dunyosining uzviy bog‘liqligi, organizmning tashqi muhitga ohangdoshligi va nihoyat inson tabiatni o‘zgartiruvchi kuch ekanligi kabi muhim tushunchalar bilan bog‘lanishi o‘zining tarbiyaviy ta’sir kuchi bilan alohida ajralib turdi. Ma’lumki, tabiat va jamiyat qonunlari to‘g‘risidagi keng ko‘lamli bilimlarni o‘zlashtirish tafakkur asosini tashkil qiladi.
"Funksiya" mavzusini matematik nuqtai nazardan o‘smirlarga har tomonlama ochib berishda o‘qituvchi jonli misollarga murojaat qildi. U bu bilan qanoat hosil qilgani yo‘q, mavzuning ko‘lamini yanada kengaytirishga harakat qila bordi, uning ahamiyatini atroflicha tushuntirishga intildi. Jumladan, funksiya matematikaga o‘z-o‘zidan kelib qolmaganligi, balki ijtimoiy ishlab chiqarish ehtiyoji va zaruriyatidan kashf qilinganligi, shu yo‘lda olimlar ko‘p yillar izlanishlarda bo‘lganliklarini tushuntirib berishga
212
erishdi. Davr taqozosi bilan, mashina-texnika sanoati rivoj-lanishining turtkisi bilan uning zaruriyat darajasiga ko‘ta-rilganligi o‘qituvchi tomonidan isbotlab berildi. Ayniqsa, o‘t-mishdagi donishmandlardan biri ta’biri bilan aytilgan, mate-matikaga o‘zgaruvchan kattalikning olib kirilishi bilan dialek-tikaga harakat tushunchasi kirib keldi, degan iborani o‘rinli ishlatishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘quvchilarning fikr yuritish faoliyatini jonlantirish maqsadida bilish faoliyatini faollashtirishga qaratilgan savollar sinf kollektivi hukmiga havola qilinib turildi.
Qisqa qilib aytganda, O‘zbekiston Resggublikasi maktablarida olib borilgan tajribalar va kuzatishlar har qanday o‘quv fani materiallarini o‘zlashtirishda (o‘rganishda) tafakkurning ko‘p-qirrali, ko‘pyoqlama tarzda rivojlantirishni amalga oshirishning zaxira va imkoniyatlari hali ko‘p ekanligini ko‘rsatdi. Shu boisdan murakkab, lekin sharafli vazifani maktab ta’dim tizimi amaliyotiga joriy qilish uchun ichki imkoniyatlarni qidirish va ulardan oqilona foydalanish darkor. Ta’limda tafakkur jarayonini rivojlantirish uchun, eng avvalo, o‘qitishni ilmiy asosda rejalashtirish va uni oqilona tashkil qilish lozim. Buning uchun o‘quv fanining o‘ziga xos xususiyatlaridan o‘quvchilarning kamol topganlikdarajasidan, aqliy imkoniyatlaridan kelibchiqqan holda ta’lim jarayoniga yondashish o‘quv-tarbiya samaradorligani oshiradi, XXI asr talabiga javob beradigan har tomonlama taraqqiy qilgan o‘smir o‘quvchilar shaxsini barkamol qilib shakllantirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
213

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling